• 2.5-rasm Elektron biznesni tashkil etishning biznes-istemolchi modeli Удалено
  • Iqtisod-moliya




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/191
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #252938
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   191
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv

    Удалено:
     



    soblanadi. Bu xaridorga taklif qilinayotgan shunday imkoniyatki, unda 
    kelgusi xarid mezoni mustaqil loyihalashtiriladi. Xususan,
     NIKEiD 
    www.nike.com
     on-line magazini doirasida, xaridorlar o‘ziga yoqqan po- 
    yafzal modelini mustaqil loyihalashtirishlari, taglik qismining qanday 
    materialdan bo‘lishi, rangni tanlash yoki 8 ta belgigacha bo‘lgan biror 
    yozuvni tovarda joylashtirishi mumkin. Bunda, xaridor tomonidan loyi- 
    halashtirilgan tovar variantini o‘sha vaqtning o‘zida kompyuter ekrani- 
    da ko‘rish mumkin. Elektron biznes amal qilish tizimining Business-to- 
    Consumer (B2C) modeli 2.5-rasmda keltirilgan. 
    2.5-rasm 
    Elektron biznesni tashkil etishning biznes-istemolchi modeli 
    Удалено:
     
    ¶ 
    1. 
    2.5-rasmga ko‘ra birinchi firma (kompaniya)da 
    to‘qnashgan shlyuzli 
    Boshqaruv tizimi saqlanib qoladi, ikkinchi firmada esa boshqarish- 
    ning ichki tizimi Internetga ulanmagan. Bu holda birinchi firma bilan 
    o‘zaro avtomatik ravishda ma’lumot almashinuvi bo‘lmaydi. Bunga qa- 
    ramasdan ikkinchi firma birinchi firma bilan elektron biznes tizimini qu- 
    rishning nazariy asoslariga ko‘ra o‘zaro ta’sirga kirishish mumkin va 
    bunga ijtimoiy ta’minot sohasi yaqqol misol bo‘la oladi. 
    Boshqaruvchilar birinchi firma bilan ba’zi interfeyslar (masalan 
    brauzer) yordamida aloqa qilishlari mumkin. Ular birinchi firmadan za- 
    ruriy ma’lumotlarni oladilar (elektron pochta yoki brauzer yordamida) 
    va bu ma’lumotlarni o‘zlarining biznes jarayonlarini amalga oshirish 
    uchun boshqaruv tizimiga kiritib qo‘yadilar. Ikkinchi firma boshqaruv- 
    chilari esa 1-firmaning iste’molchilari bo‘ladi. 
    Elektron biznesni tashkil qilishning 2-biznes iste’molchi modeli- 
    ning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
    1. Sotuvchi (1-firma) savdoni Internet interfeysiga asoslangan av- 
    tomatlashtirilgan savdo tizimi bilan emas, balki o‘zining boshqaruvchi- 
    lari orqali yuritishi; 
    2. Savdo firmasi biznes jarayoni bilan Internet-magazin tashqi in- 
    terfeysi o‘rtasidagi to‘liq bog‘lanishning yo‘qligi. 
    49


    Internet orqali har qanday tovarni sotish yoki ma’lum xizmatlarni 
    ko‘rsatish mumkin. Biznes-biznes bozori ularning Internet orqali sota- 
    yotgan tovar, xizmatlar nomi va tarkibiga bog‘liq emas. Shunga qara- 
    masdan, biznes-iste’molchi bozori uchun yetarlicha iqtisodiy foyda kel- 
    tirmaydigan tovar va xizmatlar turlari mavjud. 
    Elektron biznes modelining uchinchi ko‘rinishi biznes-administra- 
    tsiya – firmalar va davlat tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan barcha keli- 
    shuvlarni o‘z ichiga oladi. Masalan AQShda hukumat rejalashtirayotgan 
    taxminiy xaridlar to‘g‘risidagi ma’lumot Internet tarmog‘ida e’lon qili- 
    nadi. Shunga ko‘ra, har qanday kompaniya o‘z takliflarini elektron ko‘- 
    rinishda jo‘natishi mumkin. E’longa qo‘shimcha ravishda, boshqaruv or- 
    ganlari bo‘ladigan savdo-sotiq jarayoni uchun qo‘shimcha qiymat soli- 
    g‘ini sotuvchiga qaytarish kabi imkoniyatlarni ham taklif qilishlari 
    mumkin. Elektron biznes tashkil qilishning ushbu modeli hozirda bosh- 
    lang‘ich ri-vojlanish davrida turibdi. 
    Elektron biznes tizimini qo‘llashni tashkil qilishning keyingi modeli 
    iste’molchi-administratsiya bo‘lib, u hozirgi kunda ishlab chiqilmoqda 
    va bunga ijtimoiy ta’minot sohasi yaqqol misol bo‘la oladi. 
    Qo‘shimcha, iste’molchi-iste’molchi modeli (Consumer-to-Consu- 
    mer, C2C) bir web-saytga tashrif buyurishlari umumiylashgan holda, is- 
    te’molchilarning bir-biri bilan bo‘ladigan muomalalarini o‘zida aks et- 
    tiruvchi bo‘limdir. Elektron biznesning bu sohasiga har qanday elektron 
    magazinlarni kiritish mumkin. 
    Biror web-sayt doirasida qiziqishlari bir xil bo‘lgan foydalanuvchi- 
    lar jamiyati vujudga keladi. Misol tariqasida bunday barqaror jamiyatlar 
    sarasiga elektron kimoshdi savdolarini kiritishimiz mumkin. Ular sifat 
    va son tarkibi bo‘yicha oldindan aniq bo‘lgan juda yaxshi reklama may- 
    doniga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilar, odat- 
    da, o‘z qiziqishlariga ko‘ra aniq guruhlarga ajraladilar; kimdir avtomobil 
    kimoshdi savdosiga, kimdir esa kitoblarning kimoshdi savdolariga ko‘p- 
    roq qiziqadilar. 
    Elektron biznes soha mutaxassislari fikrlariga ko‘ra aniq va doimiy 
    salohiyatli xaridorlarni o‘z atrofida jamlagan saytlardagi reklamalar sa- 
    maradorligi boshqalarga nisbatan ancha yuqori. 
    Elektron savdo faoliyati jarayonida davlat (Government) ning ishti- 
    roki natijasida yangi Biznes-davlat (Business-to-Government (B2G)), 
    Davlat-fuqaro (Government-to-Citizens (G2C)) va davlat-davlat (Go- 
    vernment-to-Government (G2G)) kabi yangi modellar vujudga keldi. 
    50


    Biznes-davlat (Business-to-Government (B2G)) modelini amalga 
    oshirish orqali davlat apparati faoliyatini saqlab turish va moliyalashtirish 
    uchun soliq to‘lovchilarning xarajatlarini ozaytirish va mablag‘larini tejash 
    ta’minlanadi. AQSh federal hukumatining 1999-yil 1-dekabrdagi farmo- 
    nida quyidagilar alohida ta’kidlab o‘tiladi: “...Departament boshliqlari fe- 
    deral xizmatlarni zaruriy tovar va mahsulotlar bilan ancha arzon va tez 
    ta’minlashning qayerda imkoni bo‘lsa, shu yerda elektron biznesdan foy- 
    dalanishni targ‘ib qilishlari kerak, chunki bunda soliq to‘lovchilar xarajat- 
    lari ancha kamayadi”. AQSh hukumati har yili zaruriy tovarlarni sotib 
    olish uchun 225 mlrd AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ sarflaydi. 
    Boshqaruv organlari faoliyati bo‘yicha kerakli ma’lumotlar olish- 
    ning erkinligi va ochiqdan-ochiq ekanligi elektron biznesning Govern- 
    ment-to-Citizens (G2C) modelining qo‘llanilishi bilan uzviy bog‘liq. 
    O‘zbekistonda axborotlashtirish sohasidagi ishlar 2000-2002-yillar- 
    dan boshlab sezilarli darajada rivojlana boshladi. Respublika 2003-2004- 
    yillarda “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”, “Elektron hujjatlar aylani- 
    shi to‘g‘risida”, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun hujjatlari qabul qi- 
    lingan. Internetda O‘zbekiston Respublikasining rasmiy axborot resursi, 
    ya’ni Portal uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) tashkil etilgan (
    www.gov
    .uz) 
    2.6-rasm. U bugungi kunda bir nechta davlat organlarining asosiy sahi- 
    falariga kirish imkonini beradi. Portalning bosh sahifasidan respublika 
    rahbariyatining, vazirlik va boshqa idoralarning web-sahifalariga to‘g‘ri- 
    dan-to‘g‘ri o‘tish mumkin. Shuningdek, Portalda respublika to‘g‘risidagi 
    ma’lumotlar keltirilgan, yangiliklar muntazam ravishda yoritib boriladi. 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   191




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish