xaridorlarni
reklama yordamida jalb qilish; bu yerda asosiy omil
magazinning qayerda joylashganligidir;
savdo peshtaxtalari va magazinga kirish
joyining chiroyli qilin-
ganligi; bu bosqichga alohida e’tibor qaratiladi;
Magazinga kirgan xaridorni, savdo zalining ichki
qismini did bi-
lan yasatish va qulay tashkil qilish bilan, o‘ziga jalb qilish;
Xaridorning o‘ziga zarur bo‘lgan tovarni tanlashi;
sotuvchi yor-
damida tovarni qancha oddiy va tez tanlashi, xaridorga kelgusi xaridlar
uchun qaror qabul qilishi yoki qilmasligiga shunchalik bog‘liq.
Elektron magazinda yuqorida sanab o‘tilgan
bosqichlar umuman
boshqacha tarzda yo‘lga qo‘yilgan. Elektron vitrina (peshtaxta) va ma-
gazinga kirish birgalikda tashkil qilingan. Barcha reklama ma’lumotlari
elektron magazinning peshtaxtasida joylashtirilgan. Bunda xaridorga ke-
rakli tovarni qayerdan va qanday olishi to‘g‘risida sodda va lo‘nda ko‘r-
satilgan ma’lumotlar bo‘lishi zarur.
2. Xaridorlarga psixologik ta’sir qilish usuli bilan
.
Elektron sav-
do tizimida sotuvchilar xaridorlarga psixologik ta’sir qilish imkoniyati-
dan mahrumdir. Xaridorga o‘zining chiroyi va respektabelligini namo-
yish qilish bilan ta’sir qilish bundan mustasno.
3. Tovar haqida ma’lumot berish usuli bilan.
Oddiy savdo
jara-
yonida tovar bilan tanishuvni bevosita amalga oshirish mumkin. Elek-
tron magazinda esa bunday tanishuv xaridorlarning tovar haqidagi ma’-
lumotlarni diqqat bilan o‘rganishlari va uning ko‘rsatilgan sifatlarining
naqadar to‘g‘ri ekanligiga e’tibor berishlarini talab etadi.