• 3.1.-jadval An’anaviy va Internet-iqtisodiyoti modellariga xos xususiyatlarning farqlari
  • Internet – butunjahon tarmog‘i




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/191
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #252938
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   191
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv

    Internet – butunjahon tarmog‘i. 
    Internet-iqtisodiyot (raqamli iqtisodiyot) 
    Internet-iqtisodiyot butun jahon tarmog‘i bo‘lgan Internetga bo‘ysu- 
    nuvchi elementdir 
    Chunki bu iqtisodiyot turini amalga oshirishning texnik-texnologik 
    vositachisi, aynan Internet tarmog‘i hisoblanadi. Elektron biznes esa, o‘z 
    vaqtida, Internet biznesning tarkibiy qismidir. Elektron savdo esa, elekt- 
    ron biznesning bir tarkibiy qismi sifatida faoliyat yuritadi. Quyida ko‘rsa- 
    tilgandek, elektron biznes tizimi bevosita tovar va xizmatlar savdosidan 
    tashqari keng miqyosdagi ishbilarmonlik faoliyatini o‘z ichiga oladi. 
    Internet-iqtisodiyot an’anaviy iqtisodiyotdan bir qator belgilariga 
    ko‘ra farqlanadi. Ushbu farqlar tizimlashtirilgan holda 3.1 jadvalda o‘z 
    aksini topgan. 
    3.1.-jadval 
    An’anaviy va Internet-iqtisodiyoti modellariga xos 
    xususiyatlarning farqlari 
    56 


    Xaridorlar pullarining saqlanishini ta’- 
    minlash muammosining yo‘qligi 
    Foydalanishga qabul qilingan naqd pul- 
    siz to‘lov tizimining ishonchliligi bilan 
    bog‘liq bo‘lgan xaridorlarning elektron 
    pullarini saqlash muammosining mav- 
    judligi 
    Potensial xaridorlarning turli magazin- 
    lardagi ma’lum bir turdagi mahsulotlar 
    nomenklaturasi bilan tanishib chiqishi- 
    ning ko‘p vaqt talab qilgani uchun (shu 
    hisobda transportda) qiyinligi 
    Potensial xaridorlar tomonidan bir turli 
    elektron magazinlardagi turdagi mahsu- 
    lotlar ko‘rsatkichlariga qiyosiy baho be- 
    rish va ularni tanlash yengillashadi 
    O‘z o‘rnida, elektron biznes modeli ham savdoning an’anaviy mo- 
    delidan farq qiladi. Elektron biznes modelining an’anaviy ko‘rinishdagi 
    savdo modelidan farqlovchi asosiy belgilari quyidagilardir: 
    1. Biznes faoliyatining bevosita maxsus muhit hisoblangan Inter- 
    net tarmog‘ida amalga oshirilishi; 
    2. Mahsulotlar sotish va xizmatlar ko‘rsatishning onlayn usulidan 
    (ya’ni real vaqt jarayonida) foydalanish; 
    3. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarni maxsus naqd pul- 
    siz to‘lov tizimlari (jumladan aralash tizimlardan ham) orqali amalga 
    oshirish; 
    4. Sotib olingan mahsulot yoki xizmatlar uchun to‘lovlarda alohida 
    pul ko‘rinishi – elektron pullardan foydalanish; 
    5. Biznes ishtirokchilarining turli qallobliklardan (maxfiy ma’lu- 
    motlarni o‘qish, uni o‘zgartirish) himoya qilish maqsadida maxsus das- 
    turlardan foydalanish; 
    6. Zamonaviy Internet texnologiyalaridan foydalanish; 
    7. Internet tarmog‘ida xaridorlar uchun zarur bo‘lgan tovar va xiz- 
    mat turlarini qidirishni yengillashtirish va tezlashtirishda maxsus navi- 
    gatorlarni qo‘llash; 
    8. Elektron biznes bozorining xalqaro toifaga ega ekanligi. 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   191




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish