xarajat, boshqa tizimlarga qaraganda ancha ozdir. Shuning uchun ham,
bunday tizimdagi hisob-kitoblarda kredit kartasining ularga mayda – 1
AQSh dollaridan kam bo‘lgan hisob-kitoblarda dadil qo‘llash
imkonini
beradi (bunday kichik to‘lovlar – mikroto‘lovlar deb yuritiladi). Muta-
xassislar fikrlariga ko‘ra, Internet tarmog‘ida ma’lumotlar sotish hajmi-
ning asosini, aynan, mikroto‘lovlar ta’minlab beradi. Bundan tashqari,
raqamli naqd pullarda pul sarflagan mijoz haqida hech qanday ma’lumot
bo‘lmasligi bilan, egasi nomining to‘la sir bo‘lishini ta’minlaydi. Bunday
raqamli pullarning yana bir turi raqamli cheklarni ham keltirish mumkin.
Raqamli naqd pullar (Smart Card turi) – raqamli pullar sohasida ya-
ratilgan mukammal tizimlardan biri - Smart Card texnologiyasiga asos-
langan tizimdir. Zamonaviy smart karta o‘zining protsessoriga,
xotira-
siga, dasturiy ta’minotiga ma’lumotlarni kiritish va chiqarish tizimiga
ega bo‘lgan kichkina kompyuterdir. Har qanday smart kartada ham ra-
qamli naqd pullar bo‘lavermaydi. Hozircha smart karta ularni ro‘yxatdan
chiqarilganligi yoki mijoz haqidagi ma’lumotlarni o‘ziga olgan oddiy-
gina debet kartasi sifatida foydalanilmoqda (shartli ravishda “elektron
hamyon” deb ataladi). Smart Card ga asoslangan raqamli naqd pullar za-
ruriy maxfiylik va anonimlikni ta’minlasa-da, to‘lovni tasdiqlash to‘g‘-
risida markaz bilan bo‘ladigan aloqani ta’minlash zaruriyatini ko‘zda
tutmaydi.
Bu ularning PC (ShK – shaxsiy kompyuter)
asosida qurilgan bosh-
qa tizimlardan asosiy farqidir. Fayl pullarni diskdan ko‘chirib olish yoki
o‘chirib tashlashning iloji yo‘q. Shuning uchun ham, transaksiyalar nol-
ga intiladi. Shu bilan birga, bunday tizimni taklif qiluvchi
kompaniyalar,
kartani bankomatda “to‘ldirish” yoki pulni naqd qilib olish holatlarini
hisobga olmaganda, transaksiyalar ustidan nazorat o‘rnata olmaydilar va
ular uchun to‘lovlarni qabul qilmaydilar. Hozirgacha, bunday kartalar
real hayot jarayonlari; kafe, kino va boshqa
joylarda xizmat haqi uchun
to‘lovlarda ishlatilib kelingan (pilot dasturlarida). Lekin tez orada (aniq-
rog‘i, ularni o‘qish uchun hozirda ishlab chiqilayotgan ShK uchun peri-
feriy qurilmalar keng tarqalgan sharoitda) ular Internetdagi hisob-kitob-
lar uchun yaroqli bo‘ladi.
Hisob-kitoblar turiga ko‘ra, to‘lov tizimlarini quyidagi 3 asosiy gu-
ruhga ajratishimiz mumkin:
– kredit sxemalar;
– debet sxemalar
– “elektron pullar”dan foydalanuvchi sxemalar.
66
Yuqorida
keltirilgan, to‘lovlarni amalga oshiruvchi har bir tizim
o‘zining afzalliklari bilan birga, ba’zi kamchiliklardan ham holi emas.
Ularning har biriga quyida to‘xtalib o‘tamiz.