HISOB
1
KIBERXAVFSIZLIK
ASOSLARI
CYSF16MBK
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
5-MAVZU
Kriptografiyaning asosiy
tushunchalari
Reja:
1.
Kriptografiya bo’limlari
2.
Kriptografiya tarixi
3.
Kriptografik akslantiishlar
Kalit so’zlar:
asosiy
terminlar, kriptografiya bo’limlari, kriptotizim,
Kerkxofs
prinsipi, Kriptografiya tarixi, kriptografik akslantiishlar, bir martali bloknot.
Muhim axborotni muayyan adresatga,
boshqalarga bildirmasdan, uzatish
masalasini uchta usul yordamida hal etish mumkin:
− adresatlar orasida axborotni uzatishning
mutlaqo ishonchli yashirin
kanalini yaratish evaziga. Ammo, buni real sharoitlarda amalga oshirish
murakkab;
− uzatish kanalini yoki trafikni niqoblash orqali uzatish faktining o‘zini
berkitish evaziga;
− axborotni shunday o‘zgartirish lozimki,
uni faqat qonuniy qabul
qiluvchi tiklay olishi mumkinligi evaziga.
Aynan uchinchi variant kriptografiyani o‘rganish predmetini tashkil etadi.
Hozirda kriptografiya doirasida yechiladigan masalalarga quyidagilar
taalluqli:
- axborotning konfidensialligini ta’minlash;
- axborotning yaxlitligini ta’minlash;
- autentifikatsiya
usullarini amalga oshirish;
- harakatni rad qila olmaslikni ta’minlash.
Konfidensiallik xususiyati simmetrik va ochiq kalitli (asimmetrik)
kriptotizimlar evaziga ta’minlanadi. Yaxlitlik xususiyati kriptografik xesh
funksiyalar va raqamli imzolardan foydalanib amalga oshiriladi.
Autentifikatsiya
qismtizimi
turli
kriptografik
primitivlar
(cryptographic
primitives) asosida amalga oshirilishi mumkin.
Harakatni rad