|
Universiteti samarqand filiali 5-mavzu kriptografiyaning asosiy tushunchalariBog'liq e
CYSF16MBK
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
maxfiyligini ta’minlash bo‘lib, uni qayta o‘zgartirish ba’zi shaxslar
(rasshifrovkalash kalitiga ega bo‘lmagan shaxslar) uchun cheklangan
bo‘ladi.
Kriptografiya va steganografiya fan sohalari o‘xshashlikga ega
bo‘lganligi sababli, aksariyat hollarda ularni chalkashtirish kuzatiladi.
Steganografiya – bu maxfiy xabarni sohta xabar ichiga berkitish orqali aloqani
yashirish hisoblanadi. Boshqacha aytganda, steganografiyaning asosiy g‘oyasi –
maxfiy ma’lumotlarning mavjudligi haqidagi shubhani oldini olish.
Kriptografiyada jo‘natuvchi faqat ochiq matn ko‘rinishidagi xabar yuborishi
mumkin. Bunda u xabarni ochiq tarmoq (masalan, Internet) orqali uzatishdan
oldin shifrlangan matnga o‘zgartiradi. Ushbu shifrlangan xabar qabul
qiluvchiga kelganida yana oddiy matn ko‘rinishiga qaytariladi. Umumiy
holda ma’lumotni shifrlashdan asosiy maqsad (simmetrik yoki ochiq kalitli
kriptografik tizimlar asosida - farqi yo‘q) – ma’lumotni maxfiyligini qolganlardan
sir tutish.
Kriptografiyaning tarixi. Ma’lumotlarni shifrlashning dastlabki
ko‘rinishlaridan ming yillar avval foydalanib kelingan. Yaqin o‘n yilliklarga
qadar foydalanilgan shifrlar klassik shifrlar deb atalgan. Kriptografiyani fan
sifatida taraqqiy etishini aksariyat adabiyotlarda bir necha davrlarga ajratib,
turli yondashuvlarga asoslanib o‘rganilgan. Masalan, ba’zi manbalarda
hisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar foydalanilgan shifrlar – klassik
shifrlar davriga tegishli deb olingan.
Undan keyingi davr esa zamonaviy shifrlar davri deb yuritiladi. Biroq,
hisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar bo‘lgan davr juda uzoq bo‘lgani bois,
ularni ham qismdavrlarga ajratish muhim ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun,
kriptologiyani fan sifatida shakllanishini quyidagi davrlarga ajratish mumkin:
1. Qadimiy davr (qadimiy davr klassik shifrlari). Ushbu davrda klassik
shifrlar asosan bir alfavitli o‘rniga qo‘yish va o‘rin almashtirish akslantirishlariga
asoslangan. Masalan, Sezar, Polibiya kvadrati usullari.
2. O‘rta davr (o‘rta davr klassik shifrlari). Ushbu davrda shifrlar asosan
ko‘p alfavitli o‘rniga qo‘yishga asoslangan bo‘lib, ularga Vijiner, Atbash
usullarini misol sifatida keltirish mumkin. Ushbu davrdagi shifrlarning,
birinchi davr shifrlariga qaraganda, bardoshligi yuqori bo‘lgan.
3. 1 va 2 – jaxon urushlari davri (1 va 2- jaxon urushlari davridagi
klassik shifrlar). Ushbu davr kriptotizimlari asosan elektromexanikaga
asoslangan bo‘lib, radioto‘lqin orqali shifrmatnni uzatish (Morze alifbosi)
amalga oshirilgan. Mazkur davrga oid shifrlash usullariga Zimmermann
HISOB
5
KIBERXAVFSIZLIK
ASOSLARI
|
| |