|
Universiteti samarqand filiali 5-mavzu kriptografiyaning asosiy tushunchalariBog'liq e
CYSF16MBK
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
kriptotahlilga taalluqli, kriptotizimni buzishdir. “Shifrlash” umumiy atamasi
shifrlash va rasshifrovkalash jarayonini bildiradi.
Kriptotizimlarni buzish usullari kriptotahlil (cryptanalysis)ni o‘rganish
predmeti hisoblanadi. Kriptografiya va kriptotahlil uzviy bog‘langanliklari
sababli, ularni ko‘pincha birgalikda yagona fan – kriptologiya (cryptology)
(kryptos - mahfiy, logos- ilm) sifatida qabul qilinadi.
Kriptotizim (cryptosystem) – ochiq matnni, har biri mos algoritm va kalit
orqali aniqlanuvchi, shifrmatnga qaytariluvchan o‘zgartirishlar oilasi.
Kalit
(key), yoki kriptoo‘zgaruvchi (cryptovariable) –
o‘zgartirishlar oilasidan birini tanlashni ta’minlovchi kriptografik
algoritmning qandaydir parametrlarining muayyan qiymati.
Kriptotizimning “qora quti” sifatidagi ko‘rinishi 5.1 – rasmda
keltirilgan.
5.1-rasm. Kriptotizimning “qora quti” sifatidagi ko‘rinishi
Kriptotizimni ikki tarkibli algoritm va kalitdan iborat ekanligiga asoslangan
holda Kerkgoff prinsipini eslatib o‘tish lozim. Ushbu prinsipga binoan
faqat kalit sir saqlanishi, shifrlash algoritmi esa ochiq bo‘lishi lozim. Bu degani,
agar niyati buzuq algoritmni bilgan taqdirda ham tizim obro‘sizlanmaydi.
Kalitni esa almashtirish mumkin. Klod Shennon ushbu prinsipni “Dushman
tizimni biladi” deb ta’riflagan.
Aksariyat hollarda foydalanuvchilar ma’lumotni shifrlash va kodlash
tushunchalarini bir xil deb tushunishadi. Aslida ular turlicha tushunchalardir.
Kodlash – ma’lumotlarni osongina asliga qaytarish uchun hammaga (hattoki
hujumchiga ham) ochiq bo‘lgan sxema yordamida ma’lumotlarni boshqa
formatga o‘zgartirish. Kodlash ma’lumotlardan foydalanish qulayligini
ta’minlash uchun amalga oshiriladi va hamma uchun ochiq bo‘lgan
sxemalardan foydalanadi.
Shifrlash jarayonida ham ma’lumot boshqa formatga o‘zgartiriladi. Biroq,
uni faqat ma’lum shaxslar (rasshifrovkalash kalitiga ega bo‘lgan shaxslar) qayta
o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi. Shifrlashdan asosiy maqsad ma’lumotni
HISOB
4
KIBERXAVFSIZLIK
ASOSLARI
|
| |