NAZARIY
BILIMLAR
Tuzuvchilar: Axborot xavfsizligi
kafedrasi mudiri.
dots Zaynalov N.R.
HISOB
2
KIBERXAVFSIZLIK
ASOSLARI
CYSF16MBK
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
qilaolmaslik xususiyati xabar oluvchining, xabar jo‘natuvchisining oldin
jo‘natgan xabar muallifligidan tonishiga urinishidan, himoyalanishini
tavsiflaydi. Ushbu xususiyat faqat ochiq kalitli kriptografiya vositalari yordamida
ta’minlanadi.
Kriptografiyaning yuqorida qayd etilgan masalalari qator
kriptografik primitivlardan foydalanib amalga oshiriladi:
- simmetrik kriptotizimlar;
- ochiq kalitli kriptotizimlar;
- kriptografik xesh funksiyalar;
- raqamli imzolar;
- raqamli sertifikatlar.
Quyida keyingi bayonlarda ishlatiluvchi asosiy atamalarga oydinlik
kiritiladi.
Alfavit deganda axborotni ifodalashda ishlatiluvchi bilgilarning chekli
to‘plami tushuniladi. Zamonaviy kriptotizimlarda ko‘pincha atigi ikkita simvoldan
(0, 1) iborat ikkili alfavit ishlatiladi. Shuningdek, o‘ttiz oltita belgidan (harfdan)
iborat o‘zbek tili alfavitini, o‘ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alfavitini,
yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alfavitini, ikki yuzi ellik oltita
belgidan iborat ASSII kompyuter belgilarining alfavitini ham misol sifatida
keltirish mumkin.
Matn yoki xabar – alfavit elementlaridan tartiblangan nabor. Ochiq matn
(plaintext) – shifrlashga atalgan dastlabki xabar. Shifrmatn (cipher text) – ochiq
matnni shifrlash natijasi.
Shifrlash (encryption, enciphering) – ochiq matnni shifrmatnga
o‘zgartirish jarayoni.
Rasshifrovkalash (decryption, deciphering) – shifrmatnni ochiq matnga
o‘zgartiruvchi teskari jarayon.
Deshifrlash (breaking) – kalitni bilmasdan turib shifrmatn bo‘yicha ochiq
matnni tiklash jarayoni.
Rasshifrovkalash bilan deshifrlash orasidagi tafovutga e’tibor
qarataylik:
agar rasshifrovkalash kriptografik
algoritmdan
foydalanilganda standart shtatli muolaja hisoblansa, deshifrlash, ko‘proq
HISOB
3
KIBERXAVFSIZLIK
ASOSLARI
|