HISOB
6
KIBERXAVFSIZLIK
ASOSLARI
CYSF16MBK
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
Ochiq kalitli kriptografik algoritmlar asosida ma’lumot almashinish uchun
dastlab, jo‘natuvchi qabul qiluvchining ochiq kalitiga ega bo‘lishi kerak. Qabul
qiluvchining ochiq kalitidan faqat ma’lumotni shifrlash uchun foydalaniladi va
u bilan shifrmatnni rasshifrovkalashning imkoni mavjud emas.
Xuddi
shuningdek, shaxsiy kalit bilan ma’lumotni shifrlash imkoni ham mavjud emas.
Shifrmatnni rasshifrovkalash esa faqat shaxsiy kalit egasiga joiz. Demak,
shaxsiy kalit egasi tomonidan xavfsiz saqlanishi va o‘zidan boshqa hech kimga
ma’lum bo‘lmasligi kerak.
3. Xesh funksiyalar. Ma’lumotni xeshlash uning yaxlitligini
kafolatlash maqsadida amalga oshirilib, agar ma’lumot uzatilishi
davomida o‘zgarishga uchrasa, uni aniqlash imkoni mavjud bo‘ladi. Xesh-
funksiyalarda odatda kiruvchi ma’lumotning uzunligi o‘zgaruvchan,
chiqishda esa o‘zgarmas uzunlikdagi qiymatni qaytaradi.
Zamonaviy xesh
funksiyalarga MD5, SHA1, SHA256, O‘z DSt 1106:2009 larni misol sifatida
keltirish mumkin.
Odatda kriptografiyada ma’lumotlarni shifrlashda
(rasshifrovkalashda) ikki turdagi akslantirishlardan foydalaniladi. Ulardan
biri o‘rniga qo‘yish (substitution) akslantirishi, ikkinchisi o‘rin
almashtirish
(permutation) akslantirishi.
O‘rniga qo‘yish akslantirishi. Ushbu akslantirish sodda va
zamonaviy simmetrik kriptografik algoritmlarning asosi hisoblanadi. O‘rniga
qo‘yish akslantirishida, ochiq matn simvollari bir alfavitdan olinib, unga mos
shifrmatn simvollari boshqa bir alfavitdan olinadi.
Sodda ko‘rinishda olingan o‘rniga qo‘yish
akslantirish amali asosida
shifrlash uchun olingan matn quyida keltirilgan. Ushbu sodda shifrlash usuli
Sezar nomi bilan mashhur. Masalan, agar ochiq matn “HELLO” ga teng bo‘lsa,
unga mos holda shifrmatn “KHOOR” ga teng bo‘ladi. Mazkur holda shifrmatn
alfaviti ochiq matn alfavitidan 3 ta pozisiyaga surish natijasida hosil qilingan
va shuning uchun shifrlash kalitini 3 ga teng deb hisoblash mumkin (5.1-jadval).
Rasshifrovkalash jarayonida esa shifrmatn simvollari shifrmatn alfavitidan olinib,
unga mos ochiq matn alfavitidagi simvollarga almashtiriladi. Masalan, shifrmatn
“ILUVW” ga teng bo‘lsa, unga mos ochiq matn “FIRST” ga teng bo‘ladi.
5.1-jadval