|
12. O’rniga qo’yish shifrlashlar? 13. Quyidagi ochiq matnni Affin kriptotizimi yordamida shifrlang ( a=3; b=4; m=26); Ochiq matn hellouzbekistan
|
bet | 1/2 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 33,15 Kb. | | #131631 |
Bog'liq KU javoblari 11 12 13 Islomov
Savollar:
11. Qadimda yevropa va osiyo mamlakatlari hukmdorilarning shifrlash usullarini taqqoslash tahlili?
12. O’rniga qo’yish shifrlashlar?
13. Quyidagi ochiq matnni Affin kriptotizimi yordamida shifrlang ( a=3; b=4; m=26);
Ochiq matn HELLOUZBEKISTAN
12. . Agar shifrlash jarayonida ochiq ma’lumot alfaviti belgilari shifr ma’lumot alfaviti belgilariga almashtirilsa, bunday akslantirishga asoslangan shifrlash algoritmi o‘rniga qo‘yish shifrlashsinfiga kiradi. Agar shifrlash jarayonida ochiq ma’lumot alfaviti belgilarining o‘rinlari almashtirilsa, bunday shifrlash algoritmi o‘rin almashtirish shifrlash sinfiga kiradi. Ko‘rinib turibdiki, o‘rin almashtirish shifrlash algoritmlarida ochiq ma’lumotni tashkil etuvchi alfavit belgilarining ma’nosi shifr ma’lumotda ham o‘zgarmasdan qoladi. Aksincha, o‘rniga qo‘yish shifrlash algoritmlarida shifrma’lumotni tashkil etuvchi alfavit belgilari ma’nosi ochiq ma’lumotnitashkil etuvchi alfavit belgilarining ma’nosi bilan bir hil bo‘lmaydi. Shifrlash jarayonida o‘rniga qo‘yish va o‘rin almashtirish akslantirishlarining kombinatsiyalaridan birgalikda foydalanilsa, bunday shifrlash algoritmi kompozitsion shifrlash turkumiga kiradi. O‘rniga qo‘yish shifrlariga sezar usuli, Affin tizimidagi sezar usuli va Polibiya kvadrati usullarini olish mumkin. Quyida sezar va Polibiya usullari haqida to‘liq to‘xtalib o‘tilgan. Sezar usuli. sezar shifri oddiy siljitish shifrining bir qismi hisoblanadi. Bu shifrni rimlik imperator Gole Yuliy sezar o‘ylab topgan. Shifrlashda matnning har bir harfi boshqa harf bilan quyidagi qoida asosida almashtiriladi. Harflarni almashtirishda kelayotgan yozuv harflarini k-ga siljitib almashtiriladi. Bu erda M – butun son hisoblanib, ochiq matni belgisini biror alfavitdagi o‘rni, S – butun son bo‘lib, shifr belgini biror alfavitdagi o‘rni.C=(M+k)modm, m - alfavit uzunligi. Deshifrlash ifodasi esa M=(C-k)modm ifoda bilan ifodalanadi. Yuliy sezar bevosita k = 3 bo‘lganda ushbu usuldan foylangan. Sezar usulining kamchiligi bu bir xil harflarning o‘z navbatida, bir xil harflarga almashishidir. Masalan, matn sifatida T0=KOMPUTER so‘zini va K=3 deb oladigan bo‘lsak sezar usuli natijasida quyidagi shifrlangan yozuv hosil bo‘ladi: T1 = NRPSXWHU.
13.
Shifrlash.Ushbu usulda ma’lumotlarni shifrlash uchun “ HELLOUZBEKISTAN ” ochiq matni olinib, kalit sifatida a=3 va b=4 olindi. Alfavit uzunligi m=26 ga teng. Bu holda shifrlash funksifsining umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:𝑦 = 𝐸(𝑥) = (3𝑥 + 4)𝑚𝑜𝑑26. Yuqoridagi jadvalga asoslanib quyidagini olish mumkin:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
12. O’rniga qo’yish shifrlashlar? 13. Quyidagi ochiq matnni Affin kriptotizimi yordamida shifrlang ( a=3; b=4; m=26); Ochiq matn hellouzbekistan
|