Ўzbekiston respublikasi




Download 0.92 Mb.
bet1/15
Sana20.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#74674
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik-1
8 sinf 1 variant (4 varaq ), Maqola 111, Ayollar shimini tikish, 3-mustaqil ish ZI, UkrJCIZ8FUtKPUnnLmQsbqCbljc7fGoLiu4DMKLU, 5-Topshiriq, 20-21-maruza, Dilnoza amaliy, N.Ulukova maqola 2, Axborotlarni himoyalash usullari. Reja, 2 5359486970516998398, 1 leksiya, Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ар, коллоквиум, Амалий иш 3 КА 955dfbb38184ee4988aca98712bcee90

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Umumiy psixologiya kafedrasi


Ochiq axborot tizimlarida
axborot-psixologik xavfsizlik
fanidan ma'ruzalar matni
Tuzuvchi: Bozorova Z.E

Toshkent-2010


Taqrizchilar: psixologiya fanlari nomzodi, dosent S.X.Jalilova
psixologiya fanlari nomzodi A.I.Rasulov

Bozorova Z.E. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Ma'ruza matni. T.: "IQTISOD - MOLIYA" nashriyoti, 2010, -64 bet.


Mas'ul muharrir: psixologiya fanlari doktori, professor


N.S.Safaev

Bugun jamiyatda axborotga bo’lgan talab va ehtiyoj ortib borayapti. Buning natijasida axborot va kommunikasiya sohasi ham misli ko’rilmagan o’zgarishlarga yuz tutmoqda. Keyingi 50 yilda axborot uzatish 300 ming marotaba tezlashgan. Narx esa ming barobar arzonlashgan.


Bunday tezlik va arzonlashish Yer yuzida yagona axborot makoni paydo qilishga sharoit yaratdi. Shu bilan bir paytda soha taraqqiyotining uzviy qismi sifatida bizning diyorimizda ham OAVning "nodavlat sektori" vujudga keldi. Xalharo Internet tarmoqidan foydalanuvchilar safi ham kengayib bormoqda.
Ammo OAV bugungi kunda xabar yetkazuvchi vositadan ko’ra ko’proq, qurolga aylananayotgani masalaning ikkinchi jihatidir.
Yaqin o’tmishda bir davlat ikkinchisini zabt etish uchun miltiq, tank va shu kabi qurollardan foydalangan bo’lsa, hozirga kelib bu kabi yaroqlarning ahamiyati kun sayin pasayib borayapti va ularning o’rnini ommaga axborot tarqatish bilan shuqullanuvchi - televidenie, radio, gazeta kabi vositalar egallayapti.
Bundan ko’rinadiki, hozirgi zamonaviy dunyoda biror xalqni yoki mamlakatni tobe qilmoqchi bo’lgan kuch uchun ularni burungidek qirib tashlashiga hojat yo’q, ularning ongini zabt etish kifoya qiladi.
Ushbu ma'ruza matnida talabalarda ochiq axborot tizimlarida aylanib yuruvchi axborotlarga nisbatan immunitetni shakllantira olish uchun shu kursni butun mazmun mohiyati ochib berilgan.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti uslubiy kengashi tomonidan oliy o’quv yurtlari talabalari uchun ma'ruza matni sifatida tavsiya etilgan

© IQTISOD – MOLIYA


Kirish
XX asrning ikkinchi yarmi tezkor, keng ko’lamdagi axborot tizimi va telekommunikasiya texnologiyalarining rivojlanish davri sifatida, ular hayotning deyarli barcha jabqalariga va inson faoliyatiga kirib borishi, shuningdek, axborot makonining globallashuvi, butun jahon rivojiga ta'sir ko’rsatgan va ko’rsatayotgan omil sifatida e'tirof etiladi. E'tiborli jihati, mamlakat ichidagi va tashqi dunyodagi faol axborot almashuviga odamlar ehtiyojining juda ortib borishidir. Axborot sohasining bunday tezlik bilan rivojlanishi, uning potensiali va imkoniyatlarining o’sishi, uning jamoatchilik va davlat hayotidagi turli xil yo’nalishlarda keng tarzda ishlatilishi, yangi XXI asrdagi odamzot taraqqiyotini aniqlab beruvchi muhim omillarning biri bo’la oladi. Shuningdek, oxirgi yillarda axborot resurslari davlatlararo to’qnashuv, geosiyosiy maqsadlarga erishish uchun maydon sifatida faol foydalanilmoqda. Bu ayniqsa, mazkur sohada sezilarli darajada manfaat keltiradigan zamonaviy axborot texnologiyalarga ega rivojlangan davlatlarga xosdir.
Bugungi kunda kundalik xalharo munosabatlarda "axborot urushi", "axborot qarama-qarshiligi", "axborot bosimi" va h.k. kabi tushunchalar ko’p ishlatilayotganligi aholini axborot xurujidan himoyalash bo’yicha choralar ko’rish muhimligini yanada oshiradi. Ushbu muammoning dolzarbligi yana shundaki, hozirda odamlar ongi (shaxs, ijtimoiy guruh, jamiyat) ma'lum darajada ommaviy axborot vositalarining faoliyati va axborot resurslarining ta'siridadir. Shuning uchun, ayniqsa ochiq axborot tizimi sharoitida shaxs, jamiyat va davlatning axborot, axborot-psixologik xavfsizligi bilan bog’liq muammolarni qal qilishning ahamiyati yanada oshadi. Ayni vaqtda, axborot tizimi imkoniyatlarini milliy manfaatlarni himoyalash va rivojlantirish, shuningdek, global axborot makonida davlatning manfaatlarini amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratish yo’lida foydalanish juda muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, axborot sohasi - jamoatchilik sohasidagi mustaqil yo’nalish sifatida - rivojlanishning boshlanqich bosqichida, tabiiyki, axborot-psixologik xavfsizlikni ta'minlash masalalarini o’rganish, bu borada yetuk mutaxassislarni tayyorlash ilm-fan faoliyatida deyarli yangi yo’nalish hisoblanadi. Ushbu ma'noda jahonda biz o’rganishimiz, taqlil qilishimiz va davlatning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda foydalanishimiz lozim bo’lgan ma'lum darajada tajriba to’plangan.
Bugungi kunda manqurtlarni yaratish uchun, Chingiz Aytmatov yozganidek, tuya terisini odam taqirboshiga kiydirilishi shart emas. Chunki Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, endi sodir bo’ladigan urushlar jang maydonlarida emas, mafkura poligonlarida yuz beradi. Shu jihatdan haralsa, hozirgi zamonda yoshlar ko’proq vaqtini xorij ko’rsatuvlarini tomosha qilishga sarflashi kichik muammo emas. Ularning miyasi, butun ongi o’sha ko’rsatuvlardagi muammolar bilan to’lib qolgan. Ushbu ma'ruza matni talabalarda ochiq axborot tizimida axborot oqimini qabul qilishda samarali psixologik himoyalashi (o’z-o’zini himoyalashda) uchun maqorat va bilimni (nazariy, uslubiy) shakllantirishdir. OTMning gumanitar fakultetlarida (psixologiya, sosiologiya, falsafa, jurnalistika, huquqshunoslik, siyosatshunoslik, tarix, filologiya) mazkur kursni chuqur o’rganish kelajakda shaxsni, olgan bilimlardan foydalanib jamiyatni va davlatni ma'lum soha yo’nalishida axborot-psixologik himoyalashga, shuningdek, ushbu sohadagi bilimlarni yuqori darajada ilmiy-uslubiy tadqiq qilishga yo’naltiradi.


Download 0.92 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 0.92 Mb.