• ZAMONAVIY IQTISODIYOT FANIDAN TAYYORLAGAN III-MUSTAQIL ISH Bajardi: Murodullayev J Qabul qildi: Ubaydullayev G’
  • Zamonaviy iqtisodiyot fanidan tayyorlagan iii-mustaqil ish




    Download 421.3 Kb.
    bet1/3
    Sana11.11.2022
    Hajmi421.3 Kb.
    #30036
      1   2   3
    Bog'liq
    3-mustaqil ish ZI
    8 sinf 1 variant (4 varaq ), Maqola 111, Ayollar shimini tikish, UkrJCIZ8FUtKPUnnLmQsbqCbljc7fGoLiu4DMKLU, 5-Topshiriq, 20-21-maruza, Dilnoza amaliy, N.Ulukova maqola 2, Axborotlarni himoyalash usullari. Reja, 2 5359486970516998398, 1 leksiya, Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ар, коллоквиум, Амалий иш 3 КА 955dfbb38184ee4988aca98712bcee90

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI


    KI ” FAKULTETI III - BOSQICH
    AX-12-20 GURUH TALABASINING
    ZAMONAVIY IQTISODIYOT
    FANIDAN TAYYORLAGAN
    III-MUSTAQIL ISH


    Bajardi: Murodullayev J
    Qabul qildi: Ubaydullayev G’

    QARSHI – 2022
    Mavzu:.Talab va taklif nazariyasi.
    Reja:
    1.Jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
    2.Biznes va tavakkalchilik.

    1. Raqobat va narxning shakllanishi.

    2. O’zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar soliq siyosatlari. 5.Zamonaviy bank tizimining o’rni va ahamiyati.

    Jahon xoʻjaligi - turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining bozor munosabatlari zamirida bir-birini taqozo etgani holda umumjahon yaxlitligini tashkil etishi; jahondagi oʻzaro aloqador milliy xujaliklar va xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmui. J. x. bozor iqtisodiyoti rivojining mahsuli sifatida 19- asrning oxiri — 20-asr boshlarida shakllandi. Xalqaro mehnat taqsimoti turli mamlakatlar milliy xujaliklarini ixtisoslashishiga olib keladi, yaʼni muayyan mamlakatda u yoki bu soha ustuvor rivojlanadi. Ixtisoslashuv mamlakatda kanday tabiiy resurslarning borligiga va shu yerdagi i. ch. tajribasiga bogʻliq. Ixtisoslashuv harajatlarni kamaytirib, tovarlarni sifatlii. ch. imkonini berganidan xalqaro aloqalarni zaruratga aylantiradi.

    J. x.dagi iqtisodiy aloqalar har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining mustaqilligi; mamlakatlar iqtisodiy munosabatlarining bozor qoidalari asosida olib borilishi; iqtisodiy aloqalar uning ishtirokchilar uchun zaruriy manfaatli boʻlishi; milliy xoʻjaliklar manfaatlarining uygʻunligiga tayanib, ixtiyoriy ravishda va sharoit yetilganda oʻzaro integratsiyalashuvi tamoyillariga asoslanadi.

    J. x. aloqalari koʻp qirrali boʻlib, savdo-sotiq, xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, kapital chiqarish va uni kiritish, ochiq iqtisodiy zonalar tashkil etish, ish kuchi migratsiyasini uyushtirish, birgalikda ilmiy-texnikaviy loyihalarni moliyalashtirish, axborot almashish, sayyohlik sohasida hamkorlik qilish kabi shakllarga ega.

    J. x.da xalqaro tashkilotlar tenglikka asoslangan va oʻzaro manfaatli iqtisodiy aloqalar va hamkorlik urnatishga xizmat qiladi.

    J. x. aloqalari bevosita turli mamlakatlardagi firmalar, banklar va davlat idoralari oʻrtasida, shuningdek, bevosita — xalqaro tashkilotlar ishtirokida amalga oshiriladi. Bular jumlasiga Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Osiyo rivojlanish banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti va b. kiradi.

    J. x.ni tashkil etuvchi milliy xoʻjaliklar ikki yoʻsinda guruxlashtiriladi: 1) rivojlanish yoʻnalishlari buyicha mamlakatlar bozor iqtisodiyooʻti rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyoti tizimiga oʻtish davrida yoki iqtisodiy transformatsiya bosqichidagi mamlakatlarga ajratiladi; 2) iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga kura mamlakatlar yalpi milliy mahsulot (YAMM) koʻrsatkichlari buyicha 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi: daromadi past (axoli jon boshiga yillik YAMM koʻrsatkichi 987 AQSH dollari), daromadi

    oʻrtacha (5323,2 dollar) va daromadi yuqori (22921,3 dollar) boʻlgan mamlakatlar (1999).


    MDH mamlakatlari orasida Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozogʻiston, Oʻzbekiston daromadi oʻrtachadan pastroq boʻlgan mamlakatlar guruhini tashkil etadi. MDHning boshqa mamlakatlari daromadi past (eng kam taraqqiy etgan) mamlakatlar hisoblanadi. J. x. da sanoati rivojlangan 6 mamlakat: AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya yetakchi oʻrinni egallaydi, 90- y.lar oʻrtalarida jahon sanoat i. ch.ning 60%, tovarlar eksportining 63% va xizmatlar eksportining 47% shu mamlakatlar hissasiga toʻgʻri kelgan.

    J. x.da kishilarning turmush darajasi iqtisodiyotga bogʻliq holda jiddiy farqlanadi. Boy mamlakatlarda yuksak turmoʻsh darajasi mavjoʻd boʻlgani xolda qoloq mamlakatlarda kambagʻallar aholining katta qismini tashkil etadi. 21-asrga kelib boʻ ikki guruh mamlakatlaridagi turmush darajasining farqi 12 martadan ziyodroq boʻldi. Qoloq mamlakatlarda daromadning nisbatan koʻp qismi isteʼmolga sarflansa-da, daromadning kam boʻlishi xisobidan bu mamlakatlarda turmush darajasi pastligicha qoladi.

    Hoz. davrda J. x.ning rivojlanishi 3 yoʻnalishda bormoqda: 1) J. x.ga kiruvchi mamlakatlar safi kengayib, uning tarkibiga 90-y.larda sobiq sotsializm tizimidan ajralib chiqqan 25 ta yosh mamlakat xoʻjaligi qoʻshildi. Mustaqillik tufayli Oʻzbekiston ham J. x.ga kirib keldi, jahon iqtisodiyotining teng huquqli ishtirokchisiga aylandi, xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻldi, jahon savdosida ishtirok etib, 1996—2001 y.larda, uning tashqi savdo oboroti 63,3 mlrd. dollarni tashkil etdi; 2) J. x.da i. ch.ning oʻsishi yuz bermoqda. 1998 y. dunyoda yaratilgan jami tovar va xizmatlar qiymati 36,5 trln. dollar boʻlsa, 2001 y. kelib 40 trln. dollardan ziyod boʻldi; 3) J. x.da iqtisodiy integratsiya (iqtisodiy ishtirokchilar faoliyatining birlashib ketishi) va globalizatsiya (jaxron iqtisodiyotining oʻmoʻmbashariy toʻs olishi, milliy iqtisodiyotlarning har biri oʻning tarkibiy qismi boʻlib qolishi) yuz berib, sifat oʻzgarishlari yuzaga kelmoqda.





    1. x. xar bir mamlakat milliy iqtisodiyoti va jahon iktisodiyotining rivojlanish omili hisoblanadi. J. x. doirasida oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari fan-texnika taraqqiyotini jadallashtiradi, ish koʻchi sifatini oshiradi, eng yangi maqsulotlarni oʻzlashtirish, resoʻrslarni tejash, mehnat oʻnumdorligini oshirishga yoʻl ochadi.

    Bozor munosabatlariga o‘tish kichik biznesdagi har qanday xo‘jalik subyekti uchun noaniqlik va tavakkalchilikning oshib borishi bilan bog‘liq. Tadbirkorlik muhitini doimiy ravishda kuzatish va nazorat qilish kerak bo‘ladi. Bu esa xo‘jalik tavakkalchiligini boshqarish imkonini beradi va ishbilarmonlik faoliyatining samaradorligini oshiradi.

    Tadbirkorlik muhitiga siyosiy vaziyat, iqtisodiy axvol, qonunchilik asosi, halkning ijtimoiy-madaniy saviyasi tarmoqlarning ilmiy texnika taraqqiyoti darajasi, tabiiy-iqtisodiy sharoit va bozorning o‘ziga mos tarkibi, ya’ni konyunkturasi ta’sir ko‘rsatadi. Agar ko‘rsatilgan ishbilarmonlik muhitining har bir elementini tahlil qilsak, u holda ularning hozirgi kichik bazis darajasini qoniqarli deb hisoblash mumkin va u respublikada kichik biznesning taraqqiyotini ta’minlay oladi. Ammo, mulkni himoya qiluvchi va shartnomalarga amal qilishni kafolatlovchi, qonunchilik tizimining yo‘qligi, tovarlar harakatining qat’iy tartibga solinishi, eksport uchun maxsus ruxsatnoma litsenziya berish tizimining murakkabligi, eksport uchun boj to‘lovlarining mavjudligi kichik biznesda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tavakkalchiligini sezilarli darajada oshiradi.


    Tavakkalchilik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarga qaramay amalga oshiriladigan faoliyatdir. Shuning uchun, tavakkalchilik deganda bevosita u bilan bog‘liq bo‘lgan xavf-xatar ham tushuniladi. Tavakkalchilik tushunchasi murakkab va ko‘p qirralidir va uni bir so‘z bilan ifodalash qiyin. Umumiy holda xo‘jalik tavakkalchiligi bu inson faoliyatidagi noaniqlik va ziddiyat holati o‘lchovidir, u xavf-xatar, omadsizlik va zarar ko‘rish bilan tavsiflanadi.Tadbirkor uchun xos bo‘lgan xususiyat, bu shartli tavakkalchilikga borish, ya’ni foyda ko‘rishni ko‘zlashdir.

    Xo‘jalik tavakkalchiligining quyidagi turlarini keltirish mumkin:


      • ishlab chiqarish (ob-xavo, texnik, texnologik taqsimlash, tashkiliy, kutilmagandagi o‘lim xavfi, boshqaruv va boshqalar);

      • dallolchilik (daromadni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qotish xavfi, bilvosita pulni va mulkiy zarar ko‘rish xavfi, fuqarolik javobgarligining paydo bo‘lish xavfi va boshqalar);

      • tijorat (mahsulot yetkazib beraolmaslik xavfi, sota olmaslik xavfi, yo‘qotish xavfi va boshqalar);

      • moliyaviy (kredit, mulkiy, sug‘urta, valutaviy, bank, transaksion, tuzilmaviy, rasmiy, depozit, narxga bog‘liq bo‘lgan nolikvid, iqtisodiy, tavakkalchilik ustamasi va boshqalar);

      • innovatsion (ijtimoiy, ilmiy texnika taraqqiyoti natijalarini joriy qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilik).

    Barcha tur va tur ichidagi guruhlarga kiruvchi xo‘jalik tavakkalchiliklarini noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishning darajasiga, tavakkalchilik holatining davriga, uning kelib chiqish manbaiga, tavakkalchilikning aniq sabablari va unga yo‘l qo‘yish darajasiga qarab alohida guruhlarga birlashtirish mumkin

    Xo‘jalik tavakkalchiligining bir necha muhim belgilari bo‘lib, ular ichidan quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: qarama-qarshilik, muqobillik, noaniqlik. Tavakkalchilik holatining noaniqligi, uni bir xil ma’noda tushunish mumkin emasligidan kelib chiqadi. Unga sabab axborotning yetishmasligi, tasodifiy omillar ta’siri, raqobatdagi ishbilarmonlar manfaatlarining mos kelmasligi, sheriklarning bir-biriga qarshi harakati va boshqalardir.

    Xo‘jalik tavakkalchiligining yuqorida ko‘rsatilgan tomonlarini e’tiborga olish ishbilarmon uchun tavakkalchilik holatiga kirish naqadar maqsadga muvofiq ekani to‘g‘risida qaror qabul qilish imkonini yaratadi. Murakkab holatda qolganda u xo‘jalik faoliyatining ba’zi bir shart va omillarini o‘zgartirib kutilmagan xodisalar yoki ko‘riladigan zarar extimolini kamaytirishi mumkin.

    Tavakkalchilikni baholashda taxminiy hisoblar uslubiy asos sifatida qabul qilinadi. Xo‘jalik tavakkalchiligi tavsifiy elementlarining o‘zini namoyon qilish shakllari yaxshi va yomon natijalar kelib chiqishi extimolining bir xilligi bilan belgilanadi. Bu turdagi extimollik me’yorlashgan oraliqda noldan (to‘la muvaffaqiyatsizlik) to birgacha (100% to‘la muvaffaqiyat) o‘zgaradi va aynan u tavakkalchilik darajasini belgilaydi.

    Tavakkalchilik darajasining o‘lchovi tavakkalchilik koeffitsiyenti yordamida aniqlanadi1 (tavakkalchilik indeksi):


    Ut =M/M*
    bu yerda: M -salbiy noaniqlik ko‘rsatkichlarining kutilgan miqdori ya’ni taxminiy zarar miqdori.
    M* - ijobiy noaniqlik ko‘rsatkichlarining kutilgan miqdori, ya’ni ishbilarmonlikning rejalashtirilgan daromadi yoki foyda.

    Ijobiy sohada xodisaning yuz berish extimoli oshsa, tavakkalchilik kamayadi, qolaversa, ijobiy sohada daromadlar ko‘paysa yoki salbiy sohada yo‘qotishlar kamaysa ham tavakkalchilik kamayadi. Aks holda tavakkalchilik ortib


    boradi. Tavakkalchilik koeffitsiyenti bu sohadagi o‘zgarishlarni hisobga olingan noaniqlik chegarasida aks ettiradi.
    Tavakkalchilik koeffitsiyentini qo‘llab tavakkalchilikning empirik shkalasini tuzish mumkin. Agar berilganlar yetarli bo‘lsa, unda real iqtisodiy sharoit uchun tavakkalchilik koeffitsiyentining miqdori qanday bo‘lishi kerakligini aniqlash mumkin.

    Tavakkalchilikga baxo berishda ko‘p turli statistik, xisob analitik va ekspert uslublariga asoslangan usullardan foydalanadilar. Statistik usul amaldagi hollarda yuz bergan yo‘qotishlar dinamikasini ko‘zatishga imkon yaratadi va ular asosida, yoki zarar ko‘rish extimolligining egri chizig‘i chiziladi, yoki tavakkalchilik harajatlarining miqdor ko‘rsatkichi topiladi. Ekspert usuli ekspert yordamida baholash nomi bilan mashxur. U mutaxassislarni, tajribali ishbilarmonlarni jalb qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar analitik ekspertizani bir necha ekspertlar olib borsa, ularning har biri tavakkalchilik extimoli va yo‘qotish saviyasini o‘zi alohida baholashi kerak. Shundan keyin o‘rtacha miqdorlar hisoblanishi mumkin. Bu ma’lumotlar daromadni yo‘qotish saviyasining ekspertizaviy egri chizig‘ini ko‘rish uchun ishlatilishi mumkin.

    Tavakkalchilikda hisobga olinishi zarur bo‘lgan va xavf-xatarni keltirib chiqaradigan muhim omillar quyidagilardir: tadbirkorlik sohasi; tabiiy ofat; o‘g‘irlik; reket; biznes rejani shakllantiruvchi shaxslarning omilkorlik darajasining pastligi, biznes bo‘yicha sheriklarning vijdonsizligi yoki mol-mulksizligi. Shartnomada aldanish xavfi yoki qarzdorning to‘lash qobiliyati yo‘qligi xodisasi bilan duch kelish, qarzni qaytarmaslik va boshqalar haqikatda yuz berishi mumkin bo‘lgan xodisalardir. Yuqorida keltirilgan omillar muqobil taktikaviy qarorlarni tavakkalchilik elementlarini hisobga olgan holda tanlashda so‘zsiz o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu ta’sir ikki xil namoyon bo‘ladi. Birinchidan, xo‘jalik vaziyatining elementlarining o‘zaro ta’sirlashuvi orqali vaziyatning rivojlanish jarayonida taktik qarorlar qabul qilinadi va amalga oshiriladi. Ikkinchidan, ta’sir ishbilarmon va biznesdagi boshqa ishtiroklarning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq elementlar orqali namoyon bo‘ladi. Qaror qabul qilishda salbiy omil bo‘lib vaziyat qo‘ygan masalaning murakkabligi va yangiligi hisoblanadi. Bu ko‘p hollarda ishbilarmonni sarosimaga soladi, ba’zida qo‘rquv samarasini bunyod etadi, ma’lumotlarni ratsional tahlil qilish va amalda to‘g‘ri qaror qilish imkonidan maxrum qiladi. Bu ayniqsa, xavf-xatar yuqori bo‘lgan holda yaqqolrok ko‘zga tashlanadi. Biroq, bir qator hollarda, ishbilarmon tavakkalchilik elementlari bilan bog‘lik bo‘lgan xo‘jalik qarorlarini o‘z xis-tuyg‘ulari bo‘yicha, o‘z bilganicha qabul qiladi, amalga
    oshiradi va bir qator harakatlar majmuasini bajargandan keyingina o‘z qilmishi va avvalgi vaziyatga baxo beradi.

    Tadbirkor hamma vaqt esda tutishi kerakki, tavakkalchilik ba’zi holda muvaffaqiyat keltirsa, boshqa holatda — bankrotlikga olib kelishi mumkin. Salbiy holatni bartaraf etish va xavf-xatarga muvaffaqiyat bilan bardosh bera olish uchun, uni, birinchi navbatda to‘la aniqlash, tavakkalchilikni kamaytirish dasturini ishlab chiqish, turli zaruriy tadbirlarni o‘tkazish, ishbilarmonning xavf-xatarda qolishi maqsadga muvofiqligi yoki uni sug‘urtalash zarurligini aniqlash kerak. Kichik darajadagi tavakkalchilikda, odatda, zararni korxonaning o‘zi qoplaydi va buning uchun, zarur fondlar bunyod etiladi. O‘rta va kichik darajadagi tavakkalchilikni esa, sug‘urtalash maqsadga muvofiqdir.

    Sug‘urtalash chora-tadbirlari xavf-xatar oqibatida yuzaga keladigan yo‘qotishni (kutilmagan holatlarda mol-mulk, mablag‘lar va ishlab chiqarishni) to‘la yoki qisman qoplash (tabiiy ofat, avariyalar, baxtsiz xodisalar, xonavayronlikga uchragan shartnomachilarning o‘z majburiyatlarini bajarmasligi va boshqa holatlar yuz berganda) yoki yo‘qotishlarni iloji boricha ko‘proq sonli yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida taqsimlash yo‘li bilan qoplash kabi usullarda amalga oshirilishi mumkin. Ishbilarmon va korxona uchun tavakkalchilikni himoya mudofaa tadbirlari bilan bartaraf etish yoki sezilarli moliyaviy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarni o‘z yelkasiga olishga xoxish bo‘lmagan paytda sug‘urtalash maqsadga muvofiqdir.

    Sug‘urtalashda ikki tomonning ishtiroki majburiydir — sug‘urta fondini bunyod etish va uni ishlatish bilan shug‘ullanuvchi maxsus tashkilot va sug‘urtalanuvchi ushbu fondga belgilangan to‘lovni to‘lovchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Ular orasidagi munosabat sug‘urta shartnomasi (polis) asosida tashkil topadi.



    Tavakkalchilikni pasaytirish maqsadida qilinadigan sug‘urtalash ixtiyoriy tartibda o‘tkaziladi. Tadbirkorning har qanday faoliyati, odatda, sug‘urtalanishi mumkin. Ammo, bu ba’zi bir, xavf-xatar yuqori bo‘lgan hollardagina amalga oshiriladi.


    Download 421.3 Kb.
      1   2   3




    Download 421.3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zamonaviy iqtisodiyot fanidan tayyorlagan iii-mustaqil ish

    Download 421.3 Kb.