Iii bob. Bo‘LG‘usi tarix o‘qituvchilarida tarixiy ideallarga doir bilimlar asosida umummadaniy kompetentlikni rivojlantirish samaradorligi




Download 1.05 Mb.
bet1/11
Sana30.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#47691
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-bob
30-вариант., bolt, mahliyo1, Tilovova Parvina, Doc1, zamonaviy tarmoq operatsion tizimlari va ularni taxlil qilish, Yapmak, 107-15 ТТЕ ва ТЛ гурух журнали 2016-2017, 1-Topshiriq, 1-slayd, 2-17-2-11-28-sonli xatga 2-ilova, Якуний назорат баллари қўйлиш жадвали2, 3.1. Avtoreferat.Azizov O.E.(тах кейинги) 24.02.23, 2-lab. konstruksiya

III BOB. BO‘LG‘USI TARIX O‘QITUVCHILARIDA TARIXIY IDEALLARGA DOIR BILIMLAR ASOSIDA UMUMMADANIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI

3.1. Tajriba-sinov ishlari mazmuni va metodikasi

Zamonaviy pedagogikada tarix o‘qitish metodikasini takomillashtirish, bo‘lg‘usi tarix o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish va shu asosida zamonaviy kompetentliklarni shakllantirish vazifalari dolzarblik kasb etmoqda. Pedagogik jarayon samaradorligi esa olib borilayotgan tadqiqotlarning tajriba-sinov ishlari samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi. Turli yo‘nalishlarda ko‘plab tadqiqotlarning olib borilishi va eksperiment jarayonidan muvafaqiyatli o‘tishi pedagogimk jarayon uchun yangi bir metodika yoki nazariy asos bo‘lib hizmat qiladi.


Mazkur tadqiqot ishi ham bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida umummadaniy kompetentlikni rivojlantirish jarayonini zamonaviylash-tirish asosida takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu yo‘lda tarixiy ideallarga doir bilimlarni rivojlantirish, tarixiy ideallarga bo‘lgan dunyoqarashni kengaytirish asosida amalga oshirishni maqsad qiladi.
Pedagogika fanlari doirasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarning muhim, o‘ziga xos jihati – muayyan muammo xususidagi mavjud ahvolni har tomonlama, puxta o‘rganish, uning mohiyatini chuqur tahlil etish hisoblanadi. Shu tahlid muayyan muammo yuzasidan uning mohiyatidan kelib chiqib, tadqiq etilayotgan muammoning ijobiy yechimini topishga yo‘naltirilgan faoliyat mazmuni, maqsadi va vazifalari belgilanadi. Manbalarni o‘rganish chog‘ida pedagogik tajriba muvaffaqiyatini ta’minlashda bir qator shartlarga rioya etish lozimligi anglab etildi. Shu bois tajriba-sinov ishlarini tashkil etishda quyidagi shartlarga rioya qilindi:

  • tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi;

  • tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi;

  • tadqiqot ob’ektlari va usullarining to‘g‘ri tanlanishi;

  • tajriba o‘tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi;

  • zarur pedagogik shart-sharoitlar (jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi;

  • tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta ishlash1.

Bo‘lg‘usi tarix o‘qituvchilarida tarixiy ideallarga doir bilimlar asosida umummadaniy kompetentlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadqiqotning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan amaliy tajribani tashkil etishda ilmiy-pedagogik faoliyat quyidagi tarzda tashkil etildi:
1. Talabalar bilan suhbat, savol-javollarni uyushtirish orqali ularning umummadaniy kompetensiya mohiyatini qay darajada anglashlari, tarix yo‘nalishida tahsil olayotgan hamda kelgusida bevosita kasbiy faoliyatini ana shu soha bilan bog‘lash istagida bo‘lgan shaxs sifatida tarixiy ideallarni baholay olishlari o‘rganildi; shuningdek, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish asosida tarix yo‘nalishi talabalarining umummadaniy kompetentligini rivojlantirish yo‘lida o‘quv yurtida olib borilayotgan pedagogik islohotlar samaradorligi tahlil qilindi;
2. Bo‘lg‘usi tarix o‘qituvchilarida tarixiy ideallarga doir bilimlar asosida umummadaniy kompetentlikni rivojlantirishda muvaffaqiyatga erishish imkonini beradigan metodlar tanlanib, ularning imkoniyati tahliliy o‘rganildi; ana shu asosda ilmiy-pedagogik faoliyatning amaliy natijalarini kafolatlovchi maxsus metodika ishlab chiqildi;
3. Ko‘p bosqichli tajriba-sinov ishlari yo‘lga qo‘yilib, har bir bosqichda muayyan vazifalar hal qilindi; har uch bosqich tajriba-sinov ishlarining natijalari o‘zaro qiyosiy o‘rganildi, yakuniy natijalar tajriba ishlarining, shu bilan birga umumiy amaliy natijalarga muvofiq tadqiqotning samaradorligi matematik-statistik tahlil qilindi.
Dastlab tajriba-sinov ishlarining maqsad va vazifalari aniqlashtirilib oldindi. Tajriba-sinov ishlarining maqsadi – bo‘lg‘usi tarix o‘qituvchilarida tarixiy ideallarga doir bilimlar asosida umummadaniy kompetentlikni rivojlantirishni tanlab, ularning ta’sirini o‘rganish, shuningdek, bu borada samarali natijalarni qo‘lga kiritish imkonini beradigan shakl, metod va vositalarni sinovdan o‘tkazish.
Maqsadga erishish yo‘lida quyidagi vazifalar belgilab olindi hamda sinov ishlari jarayonida ularning ijobiy natijalanishi ta’minlandi:
1) bo‘lg‘usi tarix o‘qituvchilarida tarixiy ideallarga doir bilimlar asosida umummadaniy kompetentlikni rivojlantirishning mavjud darajasini baholash;
2) bo‘lg‘usi tarix o‘qituvchilarida tarixiy ideallarga doir bilimlar asosida umummadaniy kompetentlikni rivojlantirish jarayonida ko‘zga tashlanayotgan kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
3) tashxis natijalarini o‘rganish asosida bo‘lg‘usi tarix o‘qituvchilarida tarixiy ideallarga doir bilimlar asosida umummadaniy kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi maxsus metodikani ishlab chiqish;
4) bo‘lg‘usi tarix o‘qituvchilarida tarixiy ideallarga doir bilimlar asosida umummadaniy kompetentlikni rivojlantirishga doir maxsus metodikani sinovdan o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy masalalarni hal qilish va tajriba ishlarini tashkil etish;
5) uch bosqichli sinov ishlarining izchil, uzluksiz, tizimli tashkil etilishini ta’minlash va nazorat qilish;
6) sinov ishlari natijalarini tahliliy o‘rganish va tajriba ishlari samaradorligi to‘g‘risidagi xulosani shakllantirish;
7) tajriba-sinov ishlarining umumiy natijalariga asoslangan holda Bo‘lg‘usi tarix o‘qituvchilarida tarixiy ideallarga doir bilimlar asosida umummadaniy kompetentlikni yuqori saviyada rivojlantirish istiqbollarini belgilashga xizmat qiladigan ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Yuqorida qayd etilgan vazifalarni ijobiy hal qilish yo‘lida olib borilgan ilmiy-amaliy pedagogik faoliyat mohiyatiga ko‘ra quyidagi bosqichlarga ajratildi (3.1-jadval).
Tadqiqot ishini tashkil etish jarayonida muammo doirasida amalga oshiriluvchi tajriba-sinov ishlari bir butun, yaxlit tizimning yadrosi, asosi sifatida namoyon bo‘ladi.
3.1-jadval
Bo‘lg‘usi tarix o‘qituvchilarida tarixiy ideallarga doir bilimlar asosida umummadaniy kompetentlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy pedagogik faoliyat bosqichlari



Bosqichlar

Ilmiy-amaliy pedagogik faoliyat mohiyati

1.

Tashxis bosqichi

1. Tarix yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv fanlarining talabalarda umummadaniy kompetensiyani rivojlantirishdagi imkoniyatlarini o‘rganish.
2. Bo‘lg‘usi tarix o‘qituvchilarida tarixiy ideallarga doir bilimlar asosida umummadaniy kompetentlikni rivojlantirish yo‘lida tarix fanlarini o‘qitishning mazmunini tahlil qilish.
3. Asoslovchi tajribani tashkil qilish (talabalarning faoliyatini kuzatish, ular ishtirokida anketa, suhbat va savol-javoblarni uyushtirish orqali ularda tarixiy ideallarga oid bilimlarning qay xolatda shakllanganlik darajasini baholash).
4. Tarix yo‘nalishi fan o‘qituvchilari hamda pedagogik amaliyot bo‘yicha mas’ul shaxslarning fikr-mulohazalari asosida talabalarda umummadaniy kompetensiyani rivojlanganlik darajasiga berilayotgan bahoning ob’ektivligini aniqlash.

2.

Tayyorgar
lik
bosqichi

1. Bo‘lg‘usi tarix o‘qituvchilarida tarixiy ideallarga doir bilimlar asosida umummadaniy kompetentlikni rivojlantirishga doir maxsus kurs dasturi va metodikani ishlab chiqish.
2. Maxsus metodikani sinovdan o‘tkazish uchun tajriba maydonlarini belgilash.
3. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etishga yordam beradigan metodist-o‘qituvchilar guruhini shakllantirish va ularning vazifalarini tushuntirish.
4. Sinov ishlariga jalb etiladigan respondent talabalar sonini aniqlashtirish, ular ishtirokida nazorat va tajriba guruhlarini tashkil qilish.

3.

Tajriba bosqichi

1. Shakllantiruvchi tajribani tashkil etish.
2. Metodist-o‘qituvchilar bilan tajriba jarayonini tahlil qilish, erishilayotgan yutuq va muvaffaqiyatsizliklarning sabablarini o‘rganish, zarur o‘rinlarda maxsus metodika mazmuniga o‘zgartirishlar kiritish.
3. O‘zgartirishlar asosida maxsus metodikani sinovdan o‘tkazish.

4.

Nazorat bosqichi

1. Ta’kidlovchi tajribani tashkil etish.
2. Uch bosqichli tajriba-sinov ishlari natijalarini umumlashtirish.

5.

Tahlil bosqichi

1. Uch bosqichli tajriba-sinov ishlari natijalarini qiyosiy tahlil qilish.
2. Ta’kidlovchi tajriba natijalariga muvofiq nazorat va tajriba guruhida qayd etilgan ko‘rsatkichlarni matematik-statistik tahlil qilish.
3. Matematik-statistik tahlil asosida tadqiqotning samaradorligini baholash.

Muayyan muammo doirasida tashkil etilayotgan tajriba-sinov ishlarining puxta, mukammal ishlab chiqilgan maxsus kurs dasturi asosida olib borilishi, avvalo, ushbu muammoning ijobiy yechimga ega bo‘lishini kafolatlasa, ikkinchidan, tadqiq etilayotgan muammo yuzasidan bildirilayotgan nazariy g‘oyalarning ilmiy jihatdan asoslanishi hamda ularning haqqoniyligini ta’minlaydi2. Shunga ko‘ra tadqiqot jarayonida bo‘lg‘usi tarix o‘qituvchilarida tarixiy ideallarga doir bilimlar asosida umummadaniy kompetentlikni rivojlantirishga oid dasturni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.


Bo‘lg‘usi tarix o‘qituvchilarida tarixiy ideallarga doir bilimlar asosida umummadaniy kompetentlikni rivojlantirishda quyidagi metod va vositalardan foydalanildi:

Download 1.05 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1.05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iii bob. Bo‘LG‘usi tarix o‘qituvchilarida tarixiy ideallarga doir bilimlar asosida umummadaniy kompetentlikni rivojlantirish samaradorligi

Download 1.05 Mb.