Zamonaviy iqtisodiyot fanidan tayyorlagan iii-mustaqil ish




Download 421.3 Kb.
bet2/3
Sana11.11.2022
Hajmi421.3 Kb.
#30036
1   2   3
Bog'liq
3-mustaqil ish ZI
8 sinf 1 variant (4 varaq ), Maqola 111, Ayollar shimini tikish, UkrJCIZ8FUtKPUnnLmQsbqCbljc7fGoLiu4DMKLU, 5-Topshiriq, 20-21-maruza, Dilnoza amaliy, N.Ulukova maqola 2, Axborotlarni himoyalash usullari. Reja, 2 5359486970516998398, 1 leksiya, Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ар, коллоквиум, Амалий иш 3 КА 955dfbb38184ee4988aca98712bcee90
Narx shakllanishi - tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — Narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy fa-oliyat subʼyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda —
firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining 3 asosiy
— erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud. Erkin Narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va maʼmuriy Narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash Narx shakllanishideb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi.
Narx shakllanishining bozor real sharoitiga asoslangan 5 asosiy qoidasi mavjud; harajatlarni qoplash qoidasi — narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish harajatlari toʻla qoplanib, tadbirkorga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoida amal qilmasa, firma zarar koʻradi yoki tadbirkor xech bir daromad olmay oʻz ishini toʻxtatadi. Harajatlarni qoplash zarurati narxning eng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past boʻlishi iqtisodiyot uchun maqbul emas; foydani maksimallashtirish qoidasi — narx oʻrtacha harajatlardan yuqori qilib belgilanishi, tovar shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerak. Firma oʻz tovariga narx qoʻyganda foydani maksimallashtirishni moʻljallaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi; ra-qobatda yengish qoidasi —belgilangan narx darajasi haridorlarni oʻziga ogʻdirib, raqibni bozordan si-qib chiqarish imkonini berishi zarur. Buning uchun oddiy tovarlar narxi vak,-tincha past belgilanadi, foyda kamayadi, lekin yoʻqotilgan foyda raqobatda yengish uchun xizmat qiladi. Mazkur qoida nufuzli tovarlar narxini yuqoriroq belgilanishini bildiradi, chunki ularning haridorlari puldor tabaqa hisoblanadi; peshqadamlik qoidasi — turdosh (oʻrinbosar), yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar narxi peshqadam firma belgilagan narxga binoan shakllanadi. Boshqa firmalar narxni peshqadam narxini moʻljalga olib unga yaqin qilib belgilaydi. Bu qoida odatda oligopoliya bozorida amal qiladi. Bunday bozorda firmalar ozchilik boʻlib narxlarni bir-biriga yaqin belgilagan holda, asosan, sifat va servis bilan raqobatlashadi.
Narx quyi va yuqori chegara oraligʻida shakllanadi. Agar quyi chegarani harajatlarni qoplash zarurati belgilasa, yuqori chegarani isteʼmolchilarning harid qobiliyati belgilaydi. Narx yuqori chegaradan chiqib ketsa haridorlarning puli yetmay, tovarlar sotilmaydi, quyi chegaradan past boʻlsa firmalar zararga uchrab, yopilib ketadi. Narx shakllanishining eng muhim talabi uning bozor sharoitiga moslanishi va oʻzgaruvchan boʻlishidir. Narx belgilashga davlatning aralashuvi bozor qoidalariga zid. Shu sababli davlat bozor narxlarini erkinlashtirib, bozor qoidasidan tashqarida yuzaga keladigan mono-pol narxlarni chegaralab turadi.
Markaziy bankda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligi va mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta'minlash masalalariga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi.


Bank tizimi vakillari ishtirokida tashkil etilgan mazkur anjumanda O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni tarkib toptirish, xalqimiz uchun farovon hayot barpo etish, xalqaro maydonda munosib o'rnimizni egallashda Bosh Qomusimiz mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilayotgani ta'kidlandi.

Sir emas, O'zbekiston barcha jabhalarda erishayotgan yutuqlarda Asosiy qonunimizning qoida va normalariga og'ishmay amal qilinayotgani muhim omil bo'lmoqda. Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan milliy iqtisodiyotning negizini turli mulk shakllari tashkil etishi va ularning teng huquqliligi va bab- baravar muhofaza etilishi, daxlsizligi, mulkdorning tadbirkorlik erkinligi va o'z mulkidan o'z xohishicha tasarruf etish huquqi, bankka qo'yilgan omonatlarning sir tutilishi bank tizimining barqaror rivojlanishini ta'minlayotgan omillardir. Xususiy mulk asosida tashkil etilgan tijorat banklari davlat banklari bilan bir qatorda moliya bozorida faoliyat ko'rsatmoqda. Banklar mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, jamiyat farovonligini oshirishga qaratilgan davlat va hukumat dasturlari ijrosini ta'minlovchi yetakchi tizimga aylandi.

Jahon moliya-iqtisodi retsessiyaga uchragan bir paytda mamlakatimiz moliya-bank tizimi o'zining barqaror va ishonchli ekanini, rivojlanishning to'g'ri va oqilona yo'li tanlaganini dunyo hamjamiyatiga isbotlab berdi.

Bunda Konstitutsiyaning 124-moddasida belgilanganidek Markaziy bankning respublika bank tizimini boshqarish huquqi va bu huquqdan samarali foydalanishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Markaziy bank milliy taraqqiyot va jahon tajribasini e'tiborga olgan holda bank tizimi qonunchilik bazasini mustahkamlash, liberallashtirish va mas'uliyatini oshirish, olib borilayotgan islohotlar izchilligini ta'minlash, banklar va tadbirkorlik tuzilmalari o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan keng ko'lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Bugungi kunda Markaziy bank tizimda qonunchilik va huquqiy tartibni ta'minlash, kredit tashkilotlari va mijozlar manfaatlarini himoya
qilishga qaratilgan me'yoriy yo'l-yo'riqlarga qat'iy rioya qilinishida nazoratning turli shakllaridan samarali foydalanib kelmoqda.


Prezidentimiz tomonidan taqdim etilgan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ta'kidlanganidek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning sur'ati va mantiqiy talablaridan kelib chiqqan holda, erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan bir qator qonunlar qabul qilishni hayotning o'zi taqozo etmoqda. Binobarin, xususiy mulkni iqtisodiyotga safarbar etish va uni himoya qilish, bank tizimi infrastrukturasini takomillashtirish, moliya bozori va kichik biznesni rivojlantirish, ko'rsatilayotgan xizmatlarni takomillashtirishga oid bir qator qonunchilik hujjatlariga tegishli o'zgartishlar

Jumladan, bank tizimi barqarorligini yanada mustahkamlash, tijorat banklarining investitsion faolligini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, moliyaviy nobarqaror va iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash va ularga strategik investorlarni jalb qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol moliyaviy qo'llab-quvvatlash, bank infratuzilmasini rivojlantirish orqali aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga ko'rsatilayotgan zamonaviy xizmatlar ko'lamini kengaytirishga yo'naltirilgan qator vazifalar belgilab olingan. Ularni ijrosini ta'minlash bank tizimining har bir xodimidan o'z ishiga katta mas'uliyatni his etgan holda yondashishni talab qiladi.

Anjumanda so'zga chiqqanlar Asosiy Qonun va Konsepsiya, ular asosida qabul qilingan direktiv hujjatlar bank tizimi faoliyatini erkinlashtirish va raqobat muhitini rivojlantirish, kredit tashkilotlari faoliyati shaffofligini ta'minlash, tadbirkorlik sub'ektlari huquq va manfaatlarini himoya qilish, pirovardida aholi turmush farovonligini yuksaltirishda mustahkam huquqiy asos bo'lib xizmat qilayotganini ta'kidladilar.

Download 421.3 Kb.
1   2   3




Download 421.3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy iqtisodiyot fanidan tayyorlagan iii-mustaqil ish

Download 421.3 Kb.