Tizimning afzalligi:
Web Money tizimidagi to‘lovlar anonim bo‘l-
gani sababli, pul harakati ustidan nazorat qilib bo‘lmaydi, elektron biz-
nes ishtirokchilari biri ikkinchisiga qachon va nima uchun pul o‘tkaz-
ganini bilib bo‘lmaydi.
Web Money tizimida identifikator taqdim etiladi, bu degani ro‘y-
xatga o‘tish vaqtida WebMoney Transfer tizimi ishtirokchisiga ish olib
borish uchun zarur bo‘ladigan 12-raqamli unikal WM-identifikator taq-
dim etiladi. WM-identifikator tizim foydalanuvchisining unikal belgi-
lanishi hisoblanadi.
WM-identifikator egasi o‘zi mustaqil ravishda foydalanish parolini
kiritadi va maxfiy kalitlar saqlanadigan fayllar va hamyonlarning saqla-
nish joyini belgilaydi. U dasturning ma’lumotlar qismiga o‘zi haqidagi
ma’lumotlarni
kiritishi, zarur bo‘lganida ularni o‘zgartirishi mumkin.
Tizimda identifikatsiyadan tashqari Siz WM-identifikator yordami-
da maxfiy kalit va uning paroli asosida autentifikatsiya jarayonini ham
olib borasiz. Maxfiy kalit Sizning mulkingiz hisoblanib, boshqa shaxs-
larga berilmasligi kerak.
WM-identifikator egasining shaxsini aniqlash uchun tizimda WM-
attestatsiya tadbiri olib boriladi.
Tizim foydalanuvchilariga o‘zlarining ilovalarini
ishlab chiqishlari
shartida identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonlarini avtomatlashti-
rilgan tizimda olib boriladi.
Xavfsizlik xizmati WebMoney Transfer texnologiyasi Internet tizi-
mi orqali ma’lumotlarni ayir boshlovchi dasturlarga qo‘yiladigan xavf-
sizlik talabga to‘la javob bergan holda ishlab chiqilgan. Muayyan cho-
ra-tadbirlar orqali foydalanuvchilarning ma’lumotlari va mablag‘larining
xavfsizligining ta’minlovchi samarali tizim ishlab chiqilgan.
Tizimda qo‘llaniladigan xavfsizlik chora-tadbirlaridan
bir qanchasi-
ni ko‘rib chiqamiz.
WM Keeper dasturiga kirish uchun foydalanuvchining 12-raqamli
unikal WM-identifikatorini va parolini (foydalanuvchi tomonidan kiriti-
ladi), shuningdek, maxfiy kalitlar va hamyonlar saqlanadigan fayllarning
kompyuter xotirasidagi saqlanish joyini bilish talab qilinadi.
Dasturning tuzilish arxitekturasi o‘zga
foydalanuvchilarning WM-
hamyonlaridan noqonuniy foydalanish va hisobida mablag‘lar mavjud
bo‘lmagan WM-hamyonlardan hisob-kitoblarni amalga oshirish holat-
larining oldini oladi (bundan kredit kartalari orqali to‘lovlarni amalga
oshirish tizimlari mustasno).
77
Dasturning barcha operatsiyalari —WebMoney larni hamyonlarda
saqlash, hisob raqamidan ko‘chirma, foydalanuvchilar
RSA simon algo-
ritmlardan foydalangan holda kodlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Har bir seans uchun amalga oshiriladigan operatsiyalarning maxfiyligini
ta’minlash uchun unikal seans kalitlari ishlatiladi.
Dastur doirasida aloqa uzilishlari uchun turg‘unlik oliy darajada.
Agar biror bir operatsiya samarali amalga oshirilmasa, u tizim tomoni-
dan inobatga olinmaydi. Transaksiyalarni amalga oshirish vaqtida mab-
lag‘lar doim biror bir tomonning WM-hamyonlarida joylashgan bo‘ladi.
Oraliq holat tizimda mavjud emas. Bundan ko‘rinib
turibdiki, WM-mab-
lag‘larining yo‘qotilishi kabi holatning vujudga kelishi umuman mum-
kin emas.
O‘rnatilgan texnologik mexanizmlardan tashqari tizimda foydala-
nuvchilarning o‘zlari tomonidan o‘rnatiladigan qo‘shimcha xizmatlar
ham mavjud.