• ASSIST to‘lov tizimi ASSIST to‘lov tizimi
  • Iqtisod-moliya




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/191
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #252938
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   191
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv

    Tizimning kamchiligi:
    1024 bitgacha uzunlikda bo‘lgan kalitdan 
    foydalanishni ko‘zda tutuvchi shifrlashning juda qimmat ekanligi. Shu 
    bilan birga, bu tizimni qayta shifrlash imkoniyatini keltrib chiqaruvchi 
    algoritmlarni ishlab chiqish yoki chiqilmasligiga aniq ishonch yo‘qligi. 
    ASSIST to‘lov tizimi 
    ASSIST to‘lov tizimi –
    Kiperblat tizimi to‘lov interfeysi. 1999- 
    yilning aprelida muomalaga kiritilgan. U “Platina” biznes banki (Mosk- 
    va) va “Reskoft” MChJ (Sankt Peterburg) tomonidan yaratilgan va foy- 
    dalaniladi. ASSIST to‘lov tizimi (
    http://www.assist.ru/
    ) kredit kartalar 
    bo‘yicha Internet to‘lov tizimlari amal qilishining xalqaro qoidalar doi- 
    rasida va elektron magazinlardagi xaridlar uchun to‘lovlarning tasdiq- 
    langan jarayonlariga ko‘ra ish yuritadi. Tovarni xarid qilish jarayoni 
    Amerika va Yevropa magazinlaridan hecham farq qilmaydi. Oldindan 
    ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Elektron magazindagi xaridni to‘lash 
    uchun mijozga biror xalqaro to‘lov tizimi (VISA, EuroCard/MasterCard, 
    Diners Club, JCB i American Express) lardan birining kredit kartochkasi 
    bo‘lishi kifoya. Kartochka har qanday xalqaro yoki O‘zbekiston biznes 
    81


    banklari tomonidan muomalaga chiqarilishi mumkin. Kartochka to‘g‘ri- 
    sidagi barcha ma’lumotlar shifrlangan tarzda avtorizatsiyalashgan ser- 
    verga beriladi. Xaridor to‘lovni qaysi valutada amalga oshirganligiga qa- 
    ramasdan, magazin hisob raqamiga faqat so‘mlarda kelib tushadi. Ma- 
    gazin so‘m yoki AQSh dollariga hisob talabini qo‘yishi mumkin (bun- 
    day holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ushbu kundagi 
    kursi bo‘yicha konvertatsiya amalga oshiriladi). 
    To‘lov vositasida kredit kartochkalaridan foydalanilganligi bois
    transaksiyalar oralig‘i istalgancha bo‘lishi mumkin. Mijozning dasturiy 
    ta’minoti sifatida har qanday web brauzerni olish mumkin. Qo‘shimcha 
    hech qanday dasturiy ta’minot o‘rnatish talab etilmaydi. 
    Server dasturiy ta’minot sifatida DynaSite dan foydalanadi. ASSIST ti- 
    zimida maxfiy, shifrlangan ma’lumotlar yordamida qayta ishlash uchun mi- 
    jozdan bankka o‘tkazish vaqtida to‘lovlarning xavfsizligi ta’minlanadi. Olin- 
    gan maxfiy mijoz ma’lumotlarini qayta ishlash (karta rekvizitlari, ro‘yxatga 
    olish ma’lumotlari va boshq.) “Platina” bankining Cyber-Plat tizimi back-of- 
    fice da amalga oshiriladi. Shunday qilib, mijozning bank va shaxsiy ma’lu- 
    motlarini, shuningdek, uning boshqa elektron magazinlarda qilgan xaridlari 
    to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni hech kim, xatto sotuvchi ham ololmaydi. 
    Elektron magazinga to‘lovni qayta ishlash natijalari haqidagi ma’lu- 
    motlarni berishda, 512 bit uzunlikda ochiq tarzda bo‘lingan kriptografiya 
    ko‘rinishidagi notekis algoritm asosidagi raqamli imzolardan foydalaniladi. 
    Bunday uzunlikdagi kalitni soxtalashtirish juda mushkul bo‘lib, uni ochish 
    juda katta mablag‘ talab etadi (mutaxassislar fikricha, 8 mln AQSh dollari). 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   191




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish