Iqtisod-moliya




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/191
Sana24.05.2024
Hajmi3,23 Mb.
#252938
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   191
Bog'liq
A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv

4.2-jadval. 
PayCash tizimining asosiy parametrlari 
73 


3. To‘lovning 
diskretligi. 
To‘lov summasi 0,01 kopeyek, AQSh dollari uchun esa 0,001 
sent aniqlikda istalgan raqam bilan ifodalangan bo‘lishi mum- 
kin. 
4. Himoyalanganlik. Tizimning barcha qatnashchilari bir-birlaridan va tashqi «tash- 
rif»lardan himoyalanganlar, chunki ularning ixtiyorlarida o‘z- 
larining haq ekanliklarini isbotlash va vijdonsiz hamkorlarni 
fosh etish uchun texnik vositalar mavjud. Raqamli imzolar 
uchun 1024 bitlik kalitlari bilan RSA algoritmi qo‘llaniladi. 
5. Xavfsizlik. 
Tarmoq bo‘yicha qayta uzatishda barcha ma’lumotlar krip- 
tografik davralarda barqaror obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan usul- 
lar bilan shifrlanadi. Bunda 1024 bitdan qisqa bo‘lmagan ochiq 
kalitlardan va 128 bitdan qisqa bo‘lmagan simmetrik kalitlar- 
dan foydalaniladi. Shuning uchun ham kerakli hisob-kitoblar 
yordamida shifrlangan ma’lumotlarni yo‘lda ushlab olishning 
ehtimoli juda kam. 
6. Aloqadagi uzi- 
lishlarga nisbatan 
barqarorligi. 
Agar moliyaviy operatsiyaga xizmat ko‘rsatayotgan qaydaydir 
ma’lumot almashinuv protokoli muvaffaqiyatli yakuniga yet- 
magan bo‘lsa ham tomonlarning hech biri pulini yo‘qotmaydi. 
7.Operatsiyalar da- 
vomiyligi. 
Agar bankda Pentium-200 rusumli kompyuterdan foydalanila- 
yotgan bo‘lsa, mijoz tomonidan initsiallashtirilgan har qanday 
operatsiyani u 0,1 dan 0,5 sekundgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 
bajara oladi. 
8. Mijoz kompyu- 
terida elektron pul- 
larning hayot vaqti. 
Mijoz kompyuteriga o‘tkazilgan elektron pullar operativ to‘lov 
qobiliyatini bank shifrlari o‘zgartirilgunga qadar saqlab turadi. 
Shifrlar o‘zgartirilishining davriyligi bir necha yilni tashkil eti- 
shi mumkin. Mijoz elektron pullarini sarflash uchun yetarli 
vaqtga ega bo‘ladi. Mijozning yo‘qotilgan to‘lov qobiliyatini 
tiklash varianti ham ko‘zda tutilgan. 
9. Masshtablanish. 
Pentium-200/64MB/5GB kompyuteridan foydalanishga asos- 
langan bank serveri bir sutkada 150 000 gacha transaksiyalar- 
ni (to‘lovlar va shunga o‘xshash operatsiyalarni) amalga oshi- 
rishi mumkin. 
10. Teng huquqli- 
lik. 
Barcha mijozlar amalda teng huquqlidir, xususan, ulardan har 
biri pul to‘lashi ham, pul olishi ham mumkin. 
11. To‘lovlarning 
bir-biri bilan 
bog‘liqligi. 
Bank o‘z vositalari yordamida ma’lum to‘lovda qatnashuvchi 
pullar qaysi schyotdan kelganini bila olmasa ham u bir to‘lov 
kitobchasidan (kimga tegishliligi noma’lum) amalga oshirilgan 
barcha to‘lovlarni aniqlashning prinsipial imkoniyatiga ega. 
To‘lovlarning bunday bog‘liqligi xususiyati mijoz anonimligi- 
ga muayyan tajovuzdir. Bu tajovuzni kamaytirish uchun mijoz 
vaqti-vaqti bilan eski kitobchalardan foydalanishni to‘xtatib 
yangi to‘lov kitobchalarini ochishi mumkin. 
12. To‘lovlarning 
anonimligi. 
U ikki darajada ta’minlanadi. Birinchidan, bankda schyot ochi- 
layotgan vaqtda mijoz o‘zi to‘g‘risida hech qanday axborot 
74 


bermasligi mumkin. Ikkinchidan, har qanday to‘lov uchun 
bank qaysi schyotdan pul olinganligini aniqlash imkoniyatiga 
ega emas, chunki elektron pullarni hisob raqamlaridan to‘lov 
kitobchalariga o‘tkazishda mijozlar yashirin imzo texnologi- 
yadan foydalanadilar. 
13. Elektron poch- 
taning qo‘llab-quv- 
vatlanishi. 
Tizim to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirishni ko‘zda 
tutsa ham, unga ayrim cheklovlar bilan elektron pochtani qo‘l- 
lab-quvvatlash unsurlari kiritilishi mumkin. 
PayCash to‘lov tizimining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: 
1. PayCash, yuqorida ta’kidlanganidek, Internet muhitida naqd pul 
to‘lovlar tizimidir; 
2. Ushbu to‘lov tizimining muhim ijobiy tomoni – undan foydala- 
nishning oddiyligida; 
3. Uning qo‘llanilishi kredit kartochkalaridan foydalanishni bekor 
qiladi; 
4. To‘lovlar ancha xavfsiz, eng muhimi esa anonim tarzda amalga 
oshiriladi; 
5. Foydalanuvchi odatiy naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshi- 
ruvchi PayCash tizimida hisob raqamga ega bo‘ladi; 
6. PayCash tizimi bilan ishlash O‘zbekiston qonunchiligiga zid 
emas, undagi moliyaviy operatsiyalarning hammasi qonuniy va belgilan- 
gan tarzda, buxgalteriya hujjatlari asosida yuritilishi mumkin; 
7. PayCash bir bankka tegishli bo‘lmasdan, mahalliy va global to‘- 
lov tizimlarini yaratiishga tayyor ochiq tizimdir. Bu esa, kelajakda Pay- 
Cash ga ulanish uchun mijozga bankni o‘zgatirishi talab etilmaydi; 
8. Har qanday tizim ishtirokchisi; ham to‘lovchi, ham to‘lovni qabul 
qiluvchi bo‘la oladi. Bu esa, PayCash tizimi “hamyon”lari egasiga o‘z pul 
mablag‘larini boshqarishda keng imkoniyatlar ochib berishi bilan birga, 
Internet orqali to‘lovlarni qabul qilishni tashkil etishni osonlashtiradi. 
PayCash tizimi kamchiliklari esa quyidagilardan iborat: 
1. Agar oddiy savdoda qallobni topish ehtimolligi ma’lum darajada 
bor bo‘lsa, anonim tizimda pul o‘tkazishda bu zanjir uziladi va aybdor 
jazosiz qoladi; 
2. Shartli ravishda “hamyon” deb ataluvchi dasturiy ta’minot hozir- 
cha tashqi aralashuvdan to‘liq himoyalanmagan. Masalan, diskdagi hech 
qanday ma’lumot shifrlanmagan, kirishga kalit so‘zi uchun ma’lum che- 
garalar qo‘yilmagan, operatsion tizim tomonidan svop-fayldagi tanqidiy 
ma’lumotlarni diskka yozishni himoyalash bo‘yicha xavfsizlik choralari 
ko‘rilmagan va boshq. Agar begonalarning (“troyanlar” va viruslar) komp- 
75 


yuterga kira olmasliklarini hisobga olmasak, to‘lov tizimlari mijozlarining 
manfaatlari yetarlicha himoyalanganini ko‘ramiz. 
3. Ma’lumotlarni shifrlashda juda qimmat tizimdan foydalanganligi. 

Download 3,23 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   191




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish