|
Iqtisod-moliyaBog'liq A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quvParametrlar
Izoh
1. Ko‘pvalutalik.
Tizim bir vaqtning o‘zida 255 xildagi turli valutalar bilan
ishlashi mumkin
2. Mumkin bo‘l-
gan to‘lovlar dia-
pazoni.
Bir martada mijoz boshqa har qanday mijozga 0,01 kopeyek va
undan yuqori bo‘lgan summani to‘lashi mumkin. Real to‘lov-
larning quyi chegarasi sog‘lom fikr va bank uchun komissiya
to‘lovlari summasi miqdori bilan belgilanadi.
unda bank mijozga o‘z kompyuteriga o‘tkazishga ulgurgan elektron
pullarni o‘z xohishiga ko‘ra ishlatilishiga qarshi turishi va tizimdagi
barcha to‘lovlarni to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
Agar mijozga o‘z pullarini PayCash tizimidan tashqariga olib chi-
qish talab etilsa, u mablag‘ning ma’lum qismi yoki hammasini o‘z hisob
raqamidan oddiy bankdagi hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq
beradi. Masalan, naqd pulsiz bank o‘tkazmasi yordamida oddiy maga-
zinda to‘lovni amalga oshirish yoki ularni naqd pulda olish. PayCashda,
Internet tarmog‘idagi naqd pul to‘lov tizimilari kabi, to‘lov tizimi ishti-
rokchilari o‘rtasida to‘lov vositasi sifatida bank tomonidan chiqarilgan
elektron pul majburiyatlaridan foydalaniladi. PayCash to‘lov tizimining
ishlash sxemasi quyidagicha ko‘rinishga ega. Bo‘lajak mijoz “hamyon”
yordamida bankda hisob raqam ochadi (hisob raqam Internet tarmog‘ida
shaxsiy kompyuter yordamida ochiladi). Keyin u tanish usullar orqali
shu hisob raqamga pulni o‘tkazadi (masalan, bank kassasiga naqd pul
topshirish, bank yoki pochta o‘tkazmalari, kredit kartalar yordamida).
Shundan keyin u rasmiy mijozga aylanadi. PayCash tizimi doirasida
hisob-kitob qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun, mijoz o‘z kompyu-
terida “hamyon” yordamida bir yoki bir necha to‘lov daftarchalari hosil
qiladi. Undan keyin esa, yana “hamyon” yordamida bankdagi hisob ra-
qamidan bir to‘lov daftarchasiga, ya’ni o‘z kompyuteriga ma’lum miq-
dorda pul o‘tkazadi. Bunda bank qaysi to‘lov daftarchasiga pul o‘tkazil-
ganini aniqlay olmaydi. U (ya’ni bank) to‘lov daftarchalarining aniq
kimga tegishli ekanini ham bilmaydi. Shundan keyin mijoz o‘z daftar-
chasidagi pul mablag‘laridan Internetda anonim tarzda to‘lovlarni amal-
ga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Har bir to‘lov bank tomonidan alohida
avtorizatsiya qilinadi.
PayCash to‘lov tizimini umumiylashtiruvchi tavsifi 4.2-jadvalda
keltirilgan.
|
| |