To‘lovlar debet sxemasining kamchiliklari




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/191
Sana24.05.2024
Hajmi3,23 Mb.
#252938
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   191
Bog'liq
A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv

To‘lovlar debet sxemasining kamchiliklari 
Debet sxemasi asosidagi to‘lovlar xavfsizligining zaruriy darajasini 
ta’minlash muammosi hozirga qadar o‘z yechimini topgani yo‘q. Bunda 
muammo, kredit sxemalariga o‘xshab, to‘lovlarda SET protokolining 
xavfsizlikni ta’minlashda samaraliroq tizim ekanligida emas, balki bu 
sxemalar ortida VISA yoki MICROSOFT nomlarining turmayotganida- 
dir. Zaruriy xavfsizlik darajasini ta’minlash maqsadida bunday nomdor 
firmalarning qo‘llab-quvvatlamaganligi – to‘lovlar debet sxemasini 
67


mashhur bo‘lib ketmayotganining sabablaridan biridir. Shunga qara- 
masdan mayda to‘lovlar sektorida (muammo unchalik dolzarb bo‘lma- 
gan) debet sxemalar kredit sxemalar bilan muvaffaqiyatli raqobat qili- 
shi mumkin. 
Elektron pullardan foydalanuvchi sxemalar: O‘z mohiyatiga ko‘ra 
bunday sxemalar ham debet sxemalar tarkibiga kiradi. Ikki xil turdagi 
raqamli naqd pullar mavjud: smart-kartalarda saqlanuvchi va kompyu- 
terning qattiq disklarida saqlanuvchi. (Misol tariqasida Digicash, Net- 
cash, Cybercoinlarni keltirish mumkin) elektron hamyon bo‘yicha ham- 
ma hisob-kitoblarni bank yoki boshqa kliring kompaniyasi amalga oshi- 
radi. Elektron pullar tizimida kartochkadagi yoki kompyuter qattiq dis- 
kidagi yozuvlarga muvofiq, summalar u yoki bu valutaga o‘tkaziladi. Bu 
mablag‘lar erkin konvertatsiyalanib, sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi alo- 
qa kanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilishi mumkin. Elektron pullar 
bilan kliring operatsiyalari o‘tkazilmaydi. 
Elektron to‘lovlarning bu sistemasi o‘z mohiyatiga ko‘ra naqd pul- 
larga o‘xshashdir. To‘lov amalga oshiriladigan tizim provayderida ol- 
dindan naqd pul kupyuralarining elektron analoglari sotib olinadi. Ma- 
salan, Digicash kompaniyasi ishlab chiqqan elektron pullarning hayot 
sikli quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
Avvalambor, mijoz o‘z kompyuterida o‘z imzosi bilan, seriya no- 
meri va nominallarini aniqlagan holda tasdiqlab, elektron kupyuralar ya- 
ratadi keyin pulni jo‘natadi va u yerda pullar hisob raqamiga real pul 
ko‘rinishida tushgandan so‘ng, faqatgina nominallarini bilgan holda, u 
kupyuralarni imzolaydi va uni qayta mijozga jo‘natadi. Xarid qilishda 
mijoz bu kupyuralarni sotuvchiga jo‘natadi. (Bunda sotuvchi xaridor ha- 
qida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, xaridor o‘z kupyuralar 
seriya nomerini faqatgina o‘zi bilgani uchun ham xaridni o‘zi amalga 
oshirganini doimo isbotlab bera oladi). Sotuvchi ushbu kupyuralarni 
bankka taqdim etadi va bank ularning haqiqiyligini tekshirganidan so‘ng 
xaridor hisobiga o‘tkazib beradi. Hozirda Digicash tizimini turli mamla- 
katlarda bir qancha banklar qo‘llab kelmoqdalar. Masalan, 1998-yilning 
4-may kuni Bank Austria o‘z mijozlariga Digicash kompaniyasi ishlab 
chiqqan Internet to‘lov tizimida qo‘llaniladigan elektron pullarni taklif 
qildi. Xususiy shaxslar bilan operatsiyalarda eng katta bank sanaladigan 
Bank Austria e-Cash texnologiyasini 1997-yil aprelida litsenziyalangan. 
Mijozlar biror bank bilan kelishuv imzolayotganida, ular dasturiy ta’- 
minotni o‘z kompyuterlariga olishlari va bankning web-manzili (
www.
 
bankaustria.com
) orqali on-line tartibda o‘z elektron pullarini faollashtirib 
68


olishlari mumkin. Shundan keyin bank bilan ishlaydigan turli magazinlar- 
dan xarid qilishni boshlash mumkin. 
“Elektron pullar”dan foydalanuvchi sxemalarning afzalligi: 
– bu tizim mikroto‘lovlarni amalga oshirishda qo‘l keladi; 
– to‘lovlarning maxfiyligi ta’minlanadi. 

Download 3,23 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   191




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To‘lovlar debet sxemasining kamchiliklari

Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish