Tizimda ro‘yxatdan o‘tish uchun WM Keeper dasturining ikki ver-
siyasidan birini o‘z kompyuteringizga o‘rnatishingiz kerak bo‘ldi WM
Keeper - Classic yoki Light. WebMoney Transfer tizimidan foydala-
nuvchilar qatoriga qo‘shilish uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:
WM Keeper Classic mijozlar dasturining installatsion arxivi ShKga
ko‘chirib olinadi.
5
Olingan faylni u joylashgan papkadagi fayl nomida
installatsiya qilish lozim. Installatsiya jarayonida ekranda paydo bo‘luv-
chi ko‘rsatmalarga rioya qilish kerak.
Installatsiyadan so‘ng vazifalar paneli (ekranning chap tomonidagi
quyi burchak) da «Пуск» («Start») menyusidagi WM
Keeper belgisini
bosib, dasturni ishga tushirish kerak. Paydo bo‘lgan dialog darchasida
ro‘yxatdan o‘tish yoki tizimga kirish taklif qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tishni
tanlash lozim. Shundan so‘ng bizga maxfiy kalitli fayllar va hamyonlar
joylangan fayllarni saqlash uchun kompyuter xotirasidagi joyni ko‘rsa-
tish va dasturni ishga tushirish uchun parol tayinlash taklif qilinadi.
Qatorlarni to‘ldirib «Создат»ni tanlash kerak.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni o‘z-o‘zidan amalga oshadi. Tizimga ki-
rish uchun zarur bo‘lgan betakror WM-identifikator beriladi. Uni, uning
parolini yozib olish lozim va albatta kalitli fayldan ehtiyot shart nusxa
ko‘chirib oling. Dastur o‘rnatilgach, u R-, Z-, E- va Y-rusumli hamyon-
lar yaratadi. Hamyonlardan tizimda hisob-kitoblarni
amalga oshirish
uchun foydalanishingiz mumkin. WM Keeper dasturini ishga tushirish
ham start menyusidan amalga oshiriladi. Ekranda WM-seyf tasviri pay-
do bo‘lgach, «Вход» («Kirish»)ni tanlab, ro‘yxatga o‘tish paytida ta-
yinlangan o‘z WM-identifikatoringiz va parolingizni kiritish lozim. Das-
tur sertifikatlashtirish serveriga ulanishini (Online holati) kutish kerak va
natijada o‘z WM-hamyonlarini va tizimdagi operatsiyalarga kirish imko-
niyatiga ega bo‘ladi.
WM Keeper Classic dasturi Windows 98 SE, Windows Me, Win-
dows 2000, Windows XP, Windows 2003 operatsion sistemalarida ish-
laydi. Windows 98 da ishlash uchun qo‘shimcha Distributed Component
Object Model (DCOM) o‘rnatish lozim. DCOMning
oxirgi versiyalarini
Microsoft kompaniyasining saytidan topish mumkin (DCOM98 1.3).
WM Keeper Classic dasturining ruscha versiyasi bilan ishlashda tegishli
operatsion sistemaning ruscha tahriridan mahalliylashtirilgan inglizcha
versiyadan foydalanish lozim.
5
WM Keeper Classic dasturining arxivini www.webmoney.uz saytidan yoki
www.tillo.uz saytidan ko‘chirib olish kerak.
79
WM Keeper Classic dasturi ShKga o‘rnatish uchun minimal talablar:
· Taktli chastotasi 166 MHz bo‘lgan Pentium protsessori
· 32 Mb li operativ xotira
· SVGA 800x600 16 color (aksariyat skinlar uchun - hi-color)
· Qattiq diskda 4 Mb bo‘sh joy
· Sichqoncha
· Modem yoki alohida tarmoq
orqali Internetga ulanish
5.5 va undan yuqori versiyali Microsoft Internet Explorer brauzeri
WM Keeper Classic dasturi haqida mufassalroq ma’lumot:
· WM Keeper Classicni proksi-server orqali ulash bo‘yicha tavsiyalar
· WM Keeper Classic interfeysining mufassal tavsifi
· WM Keeper Classic tarixi
· eToken Pro dan foydalanish
· ruToken dan foydalanish
· WM
Keeper Phone Plugin tavsifi
WM Keeper Classic muttasil takomillashtirilmoqda. Dasturning
joriy versiyasi - 3.0.0.2. Installatsion faylni downloads sahifasidan yoki
quyidagi ishoralar bo‘yicha yuklash mumkin:
· WebMoney Keeper 3.0.02 (ruscha versiya) - 1,9 Mb;
· WebMoney Keeper 3.0.02 (inglizcha versiya) - 1,9 Mb.
WM Money to‘lov tizimida WebMoney Keeper Classic dasturiy
ta’minotidan tashqari WebMoney Keeper Light dasturiy ta’minotidan
ham foydalanishimiz mumkin.
WM Keeper Light dasturni foydalanuvchining kompyuteriga o‘r-
natishni talab qilmaydi va tizim ilovalarining serverida bajariladi. Ish na-
80
tijalari himoyalangan https-ulanish orqali mijoz brauzeriga uzatiladi
(128 razryadli SSL qo‘llaniladi).
WM Keeper Light bilan ishlash
uchun kompyuterga WebMoney
Transfer sertifikatini o‘rnatish va brauzerni ishga solish kifoya. WM
Keeper Light brauzerlarning har xil versiyalarini quvvatlaydi, shu bois
har qanday platformada ishlash mumkin. Microsoft Internet Explorer
yoki Netscape da ro‘yxatdan o‘tish va shaxsiy sertifikat olish mumkin va
www.wmcert.com saytida bajariladi. Operada ro‘yxatdan o‘tish va shax-
siy sertifikat olish uchun «Сервис-Настройки-Сет» menyusidagi
Opera
ko‘rsatkichlarida brauzer identifikatsiyasini o‘rnatish lozim: Mozilla 5.0
sifatida ifodalanadi.
WM Keeper Light server ilovasini ishga tushirish uchun shaxsiy
sertifikat o‘rnatish va https://www.light.webmoney.ru saytiga kirish lozim.
WM Keeper Light interfeysining tavsifini ishga solingan dasturda
menyuning «Помощ» («Yordam») bandidan topish mumkin. Dastur bi-
lan ishlash paytida tug‘ilgan savollarga javob olish uchun «?» belgili
ikonkalardan ham foydalaniladi - sichqoncha ularga to‘g‘rilanganida in-
terfeys elementiga (ustun yoki satrga) tegishli tavsif paydo bo‘ladi.