• Xaridorning to‘lovlari magazindan o‘tganligi haqidagi so‘rovnoma
  • CyberPlat tizimining bank plastik kartochkalari egalariga xizmat ko‘rsatish texnologiyasi. Plastik kartochka egasini ro‘yxatga olish
  • Hisob raqamidan ko‘chirma




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet68/191
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #252938
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   191
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv

    Hisob raqamidan ko‘chirma 
    Xaridor o‘z hisob raqamidagi mablag‘lar haqidagi ko‘chirmani o‘zi- 
    ga tegishli bo‘lgan elektron-raqam usulida imzolangan so‘rovnoma or- 
    qali oladi. Bank Xaridorning kodi va elektron-raqam imzosini (ERI) tek- 
    shiradi. Tekshiruvning ijobiy natijalari olingan holda Bank Xaridorga 
    ERI yordamida imzolangan va kriptografik tarzda o‘zgartirilgan tekstni 
    o‘z ichiga olgan so‘rovnomani yo‘llaydi. Xaridor, xabarni olgach, Bank 
    imzosi va va ko‘chirmaning aksincha o‘zgartirilganligini tekshiradi. Xa- 
    ridor ko‘chirmani o‘z kompyuterining xotirasida saqlab qoladi. 
    Xaridorning to‘lovlari magazindan o‘tganligi 
    haqidagi so‘rovnoma 
    Xaridor CyberPlat tizimidagi o‘z kodini ko‘rsatgan holda mazkur 
    Magazinda amalga oshirilgan to‘lovlari haqida ma’lumotlarni rasmiy ra- 
    vishda so‘rab oladi va olingan kod asosida Magazin mazkur Xaridor to‘- 
    lovlari haqida axborotni taqdim etadi. 
    CyberPlat tizimining bank plastik kartochkalari egalariga xizmat 
    ko‘rsatish texnologiyasi. Plastik kartochka egasini ro‘yxatga olish 
    1. VISA, Eurocard, Mastercard, Diners Clud, JSB (bundan buyon – 
    Xaridor) bank plastik kartochkalari egalari CyberPlat to‘lov tizimida 
    ro‘yxatga olinadi. 
    2. Ro‘yxatga olinish vaqtida Xaridor quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsa- 
    tadi: o‘ziga tegishli bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlar (ismi-sharifi, otasining 
    ismi, elektron pochta manzili, pochta manzili, telefon), o‘z kartochkasi- 
    ning parametrlarini (kartochkaning qaysi to‘lov tizimga tegishliligi, kar- 
    tochkaning raqami, uning amal qilish muddati, kartochka egasining kar- 
    tochkada ko‘rsatilgan transkripsiyadagi ismi-sharifi). Kartochkadagi 
    89


    ma’lumotlar himoyalangan tarzda Xaridorni ro‘yxatga olish uchun fa- 
    qatgina Bankka beriladi, ushbu ma’lumotlar Magazinga Xaridor bilan 
    operatsiyalarni amalga oshirishda taqdim etilmaydi. 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   191




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish