yetakchi bo‘lmish
iBill
(Internet Billing Company) kompaniyasi qo‘l-
laydi – bu kompaniya 8 ming korporativ mijozga (tovar va xizmat so-
tuvchilariga) va o‘n minglab individual mijozlarga (plastik kartochka
egalariga) xizmat ko‘rsatadi. Ammo
iBill
hozirgi kunga qadar nisbatan
kam quvvatli O‘Reilly firmasining WebSite Internet-serverini qo‘llayot-
gan bo‘lsa, Instant to‘lov tizimi hozirgi kundagi
eng katta quvvatga ega
bo‘lgan Microsoft Internet Information Server 4.0. dan foydalanmoqda.
Bajaradigan funksiyalar ro‘yxati
To‘lov tizimi xaridorga tovar uchun to‘lovni quyidagi ikki usul or-
qali amalga oshirish imkonini beradi: kredit kartochka orqali va mijoz-
ning real hisob raqamiga mos kelishi mumkin bo‘lgan virtual hisob ra-
qami yordamida bajariladi. To‘lov tizimi internet tarmog‘i orqali to‘lov
xizmatlarini ko‘rsatuvchi virtual bankdan
foydalanish hollarida hisob
raqam haqiqatan virtual bo‘lishi mumkin. Mazkur tizimlar, odatda, ush-
bu usullardan birini qo‘llashga imkon beradi. Masalan, Cy bank va Digi-
Cash faqat virtual hisob raqamlardan foydalanib (DigiCash virtual hisob
raqamlarni emissiyasini markazlashgan holda ro‘yxatga
olish tizimiga
aynan o‘xshash bo‘lgan «raqamli pullar» deb nomlanuvchi pullardan
foydalanadi), kartochkalar bo‘yicha to‘lovlarni ta’minlamaydi. Ma’lum
CyberCash, DigiCash to‘lov sistemalarini ayrim sabablarga ko‘ra, ya’ni
qimmatligi, o‘rnatish va foydalanish nuqtayi nazaridan texnologik mu-
rakkab hisoblanganligi, yuridik qiyinchiliklar va h. k. bilan bog‘liq bo‘l-
ganligi uchun tatbiq etish ancha muammoli vazifadir.
To‘lov tizimi tarkibida sotuvchilarga o‘z mollarini qiyinchiliklarsiz
sotish imkonini beruvchi elektron magazin – CyberMall ham mavjud.
O‘z Internet-serveri va dasturiy ta’minotiga ega bo‘lgan sotuvchilar e’ti-
boriga to‘lov tizimi sotuvchining web-saytini zarur to‘lov
funksiyalari
bilan ta’minlovchi oddiy interfeysni taklif etadi.
To‘lov tizimi kredit kartochkalari orqali amalga oshiriluvchi to‘lov-
larning xavfsizligini ta’minlaydi. Bir marotaba kartochkasini ro‘yxatdan
o‘tkazib, bank yoki sotuvchiga taqdim etganidan so‘ng ushbu bank yoki
sotuvchini registrator sifatida tan olgan boshqalarga ham tovar olish
maqsadida to‘lovlarni o‘tkazishi mumkin. Bu esa yirik xizmat ko‘rsa-
tuvchi va tovar sotuvchilarga (uyali aloqa kompaniyalari,
Internet-pro-
vayderlar va b.) banklar va boshqa sotuvchilardan qat’iy nazar Internet
orqali xavfsiz ravishda to‘lovlarni qabul qilish yo‘lida o‘ziga tegishli
bo‘lgan mijozlar bazasini yaratishga, kichik
sotuvchilarga esa yirik so-
tuvchilar mijozlar bazasidan foydalanish imkonini yaratib beradi. Kva-
93
yer-banklar o‘ziga qarashli bo‘lgan mijozlari bilan bir qatorda boshqa
banklar tomonidan emissiya qilingan plastik kartochkalar egalarini ham
ro‘yxatga olishlari mumkin. Bu esa chakana savdo hajmlarining o‘sishi-
ga hamda o‘zining merchant-mijozlariga (tovar va xizmatlarni sotuvchi
firmalar) va plastik kartochkalar egalariga istiqbolli bo‘lgan yangi xiz-
matlarni, ya’ni Internet orqali plastik kartochkalar yordamida
xavfsiz
operatsiyalar yuritishiga imkon beradi.
Boshqa to‘lov tizimlar kabi ushbu to‘lov tizimi sotuvchilarga tas-
diqlanmagan kartochkalarni ham qabul qilish imkoniyatini beradi. Bu hol-
da xavfsizlikni ta’minlash to‘lov tizim zimmasiga yuklatiladi. Sotuvchilar
ba’zi sabablarga ko‘ra (qalbaki, yo‘qotilgan va h.k.) kartochkalarni muo-
malada bo‘lishini cheklab qo‘yishi mumkin,
bundan keyin esa ushbu kar-
tochkalar bilan operatsiyalar olib borish taqiqlanadi. Agarda ushbu raqamli
kartochka qiymatsiz bo‘lsa, u ro‘yxatga olinmaydi.
Mazkur tizim debet toifasiga mansub bo‘lib, bank mijozlariga real
vaqt rejimida o‘zaro hisob-kitob olib borish imkonini beradi.