• ElIS to‘lov tizimi
  • -jadval  InterRussia to‘lov tizimining asosiy xarakteristikalari




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/191
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #252938
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   191
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv

    4.6-jadval 
    InterRussia to‘lov tizimining asosiy xarakteristikalari 
    96 


    Xavfsizlik choralari 
    SSL tizimi, Cybercash himoyasi, Thawte Consulting sertifi- 
    kati ishlatiladi 
    Anonimlik 
    Boshqa tizimlardan farqli o‘laroq kredit kartochkasi ma’lu- 
    motlaridan faqat bank xabardor bo‘ladi, bankga esa ular SSL 
    bo‘yicha qo‘shimcha shifr bilan uzatiladi. 
    Sotib oluvchining 
    himoyalanishi 
    Ko‘pchilik boshqa tizimlardan farqli o‘laroq kredit kartoch- 
    kasi ma’lumotlaridan faqat bank xabardor bo‘ladi, bankga 
    esa ular SSL bo‘yicha qo‘shimcha shifr bilan uzatiladi. Bun- 
    dan tashqari, sotib oluvchi o‘z bankiga yoki VISA, yoki 
    MasterCardga sotuvchining noto‘g‘ri harakati bo‘yicha shi- 
    koyat qilishi mumkin. Shu bilan birga, sotuvchilarga sotishni 
    rad etish darajasi sotish miqdoridan 2,5%dan ortiqligi kuza- 
    tilganda jarima solinadi. 
    Sotuvchining 
    himoyalanishi 
    Sotuvchi bir necha darajada himoyalangan. Himoyaning bosh- 
    qa usullari orasida AVS(Address Verification System) ham 
    qo‘llaniladi, agar adres mos tushmasa, sotuvchiga nima qilish 
    kerakligini hal qilish huquqi berilgan. 
    Tizim xususiyati 
    Standart. Kredit kartochkali tizim uchun kartochkalar avto- 
    rizatsiyalash sxemasi bo‘lishi ixtiyoriydir. 
    Ko‘mak 
    Cybercash hisob-kitob markazi, Humbold Bank banki. Hi- 
    sob-kitobni VISA va MasterCard kredit kartochka emitent- 
    lari hisoblanadigan jahondagi barcha banklar amalga oshi- 
    rishlari mumkin. 
    Interrussia to‘lov tizimining asosiy kamchiliklari quyidagilardan 
    iborat: 
    – xaridorning zaif himoyalanganligi; 
    – transaksiyalarning qimmatliligi hamda ro‘yxatga olishda undiri- 
    ladigan badal. 
    ElIS to‘lov tizimi 
    ElIS to‘lov tizimi (El – elektron, I – Internet, S – savdo) 
    ElIS quyidagilar uchun mo‘ljallangan: 
    – Internet tarmog‘ida ta’minlovchining (har qanday tashkilot yoki 
    elektron magazin) xizmat va tovarlarning taqdimoti; 
    – katalogdagi tovar va xizmatlar to‘g‘risidagi axborotni (narx-navo, 
    yangi tovarlarni ro‘yxatga olish) tezkor ravishda (Internet orqali) yangi- 
    lab turish; 
    – elektron magazin mijozlarning tovar va xizmatlari buyurtmalarini 
    bajarish; 
    – menejer-sotuvchilar tomonidan buyurtmalarni ro‘yxatga olish; 
    – savdo jarayoni haqidagi axborotni analitik tahlildan o‘tkazish. 
    – ElIS to‘lov tizimi quyidagilarni ta’minlaydi: 
    97 


    – ta’minlovchi firma infratuzilmasining minimal o‘zgarishlari eva- 
    ziga (xizmat ko‘rsatuvchi personal sonini oshirish, shoxobchalar sonini 
    ko‘paytirish) tovar sotilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan biznesning 
    sifat ko‘rsatkichi yoki tovar turlarining ko‘payishi; 
    – mahsulot sotilayotgan bozorning hajmini oshirish: elektron maga- 
    zin xaridori sifatida kompyuter orqali Internetga ulanadigan har qanday 
    foydalanuvchi bo‘lishi mumkin (manzilidan qat’iy nazar); 
    – kam xarajatli reklama kampaniyasini uyushtirish; 
    – tovar zaxiralarini aniq tartibga solish; 
    – tovarlarning «aylanish sikli» vaqtining qisqarishi; 
    – elektron magazinda yangi tovar paydo bo‘lganligi haqidagi ma’- 
    lumot ushbu tovar katalogga kiritilganidan bir necha soniyadan so‘ng 
    ma’lum bo‘ladi. 
    ElIT to‘lov tizimi chakana savdo bilan birga tovarlar harakatining 
    taqsimlangan korporativ tizimlarida ham biznes-biznes modeli ko‘rini- 
    shida foydalaniladi. Mazkur tizim mustaqil ravishda qo‘llanilibgina qol- 
    may, balki undan Internet orqali elektron to‘lovlarni rasmiylashtirish ti- 
    zimlari bilan birgalikda ham foydalaniladi. 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   191




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval  InterRussia to‘lov tizimining asosiy xarakteristikalari

    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish