Har bir magazinda o‘ziga biriktirilgan tovarlarga bo‘lgan buyurtma-
larni rasmiylashtiruvchi bir necha sotuvchi terminallarini o‘rnatish; so-
tuvchilarga tovarlarni «biriktirish» sotuvchilar soni, yil fasliga ko‘ra
muayyan tovarlarga bo‘lgan talabga qarab o‘zgartirilishi mumkin.
Buyurtmalarni yo‘naltirish (marshrutizatsiya), ya’ni turli sotuvchi-
larga biriktirilgan bir necha tovar turlarini
jamlovchi buyurtma sotuv-
chilar orasida kelishilgan ketma-ketlikda manzilga yetkazilishi mumkin;
buyurtmani oxirgi navbatda olgan sotuvchi boshqa sotuvchilar
rasmiy-
lashtirgan hujjatlarni nazorat qilishi mumkin.
Buyurtmalarning qabul qilib rasmiylashtirilishi va sotuvchilar faoli-
yatini nazorat qiluvchi o‘zini-o‘zi boshqaruvchi terminal «master-so-
tuvchi» (bosh menejer) ni ajratib chiqarish.
Tegishli guruh yoki muayyan adresatga bevosita yo‘llash maqsadida
taklif va shikoyatlarni qabul qilish.
Serverga birinchi marotaba mehmon sifatida (magazinning yangi
«mijozlari») tashrif buyurgan shaxslarga elektron kataloglar foydalanish
va tovarlarning tavsifi bilan tanishib chiqish imkoniyati, buning uchun
«mijozlar» ro‘yxatdan o‘tishlari lozim emas.
Mijoz ilk bor buyurtmasini rasmiylashtirayotganda
uni soddalashti-
rilgan holda ro‘yxatga olish. Bunda mijozlar, ularning rasmiylashtiril-
gan va rasmiylashtirilmagan buyurtmalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi
yakka-yakka tartibda olib boriladi. Tizim har bir foydalanuvchini Micro-
soft cookie qo‘llamagan holda ismi va paroli orqali tanib oladi. Shu sa-
babli mijoz shaxsiy ma’lumotlarni olib, nazorat qilish imkoniyatiga ega
hamda yangi buyurtmalarni har qanday joy va kompyuterlardan rasmiy-
lashtirishi mumkin (ushbu tizimda ish joyning emas, balki mijozning av-
torizatsiyasi amalga oshiriladi).
Tovar narxlari bir vaqtning o‘zida bir necha valutada ko‘rsatiladi,
bunda rasmiylashtirilgan umumiy buyurtmaning qiymati joriy valuta
kurslariga binoan rublda ko‘rsatiladi (rasmiylashtirilgan buyurtma jo‘na-
tiladigan vaqtga ko‘ra).
Mijozlarning turli toifalari uchun narxlar tizimlarini (chegirmalar)
belgilash imkoniyati (masalan, yakuniy iste’molchilar bo‘lmish diler va
sheriklar uchun narx-navolar).
Sotuvchi tomonidan buyurtmadagi tovarlar hajmini yoki umumiy
qiymatini hisobga olgan holda belgilanayotgan chegirmalari asosida bu-
yurtmaning yakuniy qiymatining shakllantirilishi.
Mahsulot birligini hisobga olgan holda
hamda uning qadoqlanish
usuliga asosan buyurtma hajmini shakllantirish.
99
Omborxonadagi qoldiqlar haqida ma’lumotlarni taqdim etish (alo-
hida ko‘rsatilgan mijozlar uchun).
Buyurtmaning bajarilishi, to‘liq bajarilmaganligi, bajarilishining ke-
chiktirilishi yoki buyurtmaning alohida bandlarini bajarish imkoniyati
yo‘qligi haqida mijozlarni tezkor xabardor qilish (buyurtmaga
asosan
shakllantirilgan tovar partiyasining jo‘natilishi).
Qisman bajarilgan buyurtmalar haqidagi axborotni saqlash; mijoz ish-
tirokida qisman bajarilgan buyurtmaning bajarilmagan bandlarini aniq-
lashtirgach, vakolatli sotuvchi ushbu buyurtmani bekor qilishi mumkin.
Elektron magazindan foydalanayotgan ishlab chiqaruvchilar hamda
tovar va xizmatlar bilan ta’minlovchilar biznesining o‘sib borayotgan sifat
va son ko‘rsatkichlariga mos holda sodda ravishda sozlash imkoniyati.
Aloqa kanallari orqali axborotni jo‘natishda
va saqlashda maxfiy-
likni ta’minlovchi vositalarning, elektron to‘lov hujjatlarida deklaratsiya
qilinmagan axborotni qayd qiluvchi tekshiruv vositalarining, foydala-
nishni cheklovchi vositalarning (to‘lov terminallari menejerlarining bir
necha darajali foydalanish imkoniyati) mavjudligi.
Ishonchliligi – ushbu tizim uzluksiz kecha-yu kunduz to‘xtovsiz
ishlash talablari asosida qurilgan.
Qo‘llashda qulayliligi – tizimning barcha komponentlari maxsus
tayyorgarlikka ega bo‘lmagan oddiy foydalanuvchilarga mo‘ljallangan
(buyurtmalarni rasmiylashtiruvchi mijoz va administratorlar uchun).
Ochiqligi – mazkur tizim har qanday ombor-hisob-kitob dasturlari
bilan muvofiqlashtirilishi hamda axborotni statistik
tahlili modullari bi-
lan to‘ldirilishi mumkin.