|
Instant to‘lov tizimi quyidagilardan tashkil topganBog'liq A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quvInstant to‘lov tizimi quyidagilardan tashkil topgan:
1) mijozlarning virtual hisob raqamlari bo‘yicha operatsiyalarni
amalga oshiruvchi va o‘tkazilgan operatsiyalar bo‘yicha mijozlarni xa-
bardor qiluvchi protsessing osttizim;
2) plastik kartochkalari egalarini ro‘yxatga oluvchi va protsessing
markaziga plastik kartochkalari bilan bajariladigan operatsiyalar bo‘yi-
cha xavfsiz transaksiyalarni generatsiya (ishlab chiquvchi) qiluvchi pro-
tsessingoldi osttizim;
3) sotuvchilariga avtomatik holda real vaqt rejimida o‘z tovar va
xizmatlarini sotish imkoniyatini yaratib beruvchi elektron magazin
(CyberMall);
4) to‘lov tizimi va avtomatlashgan bank tizimi orasidagi o‘zaro
bog‘liqlikni amalga oshiruvchi dasturiy interfeys;
5) to‘lov tizimi bir vaqtning o‘zida bir necha bank tomonidan foy-
dalanayotgan holda banklararo o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshiruv-
chi kliring osttizim;
Instant to‘lov tizimining afzalligi quyidagilardan iborat:
– real vaqt rejimida plastik kartochkalar haqidagi ma’lumotlarni mi-
jozdan sotuvchiga yuborishni ham o‘z ichiga olgan holda tovar va xiz-
matlar uchun to‘lovlarni xalqaro plastik kartochkalari orqali amalga
oshirish imkoniyati;
– bankdagi xaridorlarning hisob raqamlari yordamida real vaqt
rejimida har qanday xizmat va tovarlarni sotib olish imkoniyati;
94
– tovar va xizmat sotuvchisining talabiga binoan real vaqt rejimida
to‘lovning kelib tushganligi yoki kartochkadagi transaksiyaning mav-
judligini tekshirish va to‘lov tushganidan so‘ng zudlik bilan xaridorga
tovarni yetkazib berish imkoniyati;
– bankda yangi hisob raqamni ochmasdan tovar va xizmatlarni sot-
ganligi evaziga pul mablag‘larini o‘zining mavjud hisob raqamiga kelib
tushishi;
– tovar va xizmatlar uchun haqni bank mijozlari hisobraqamlari
hamda plastik kartochkalar egalaridan sotuvchining hisob raqamiga o‘t-
kazilishi;
– tovarnining Internet orqali tezda sotilishi maqsadida elektron ma-
gazindan foydalanish;
– elektron magazinning boshqa dasturiy ta’minoti bilan integratsi-
yalanuvchi oddiy interfeysni qo‘llash;
– sotuvchilar manziliga to‘lovlarning tushishini ta’minlash maqsadida
mustaqil ravishda xalqaro plastik kartochka egalarini ro‘yxatga olish;
– bank o‘z mijozlari va boshqa banklar tomonidan emissiya qilingan
xalqaro plastik kartochkalari egalarini ro‘yxatga olish. Bu plastik kar-
tochkalar orqali amalga oshirilgan operatsiyalar hajmini oshirish imko-
nini beradi va xaridor va sotuvchilarga xizmatlarning yangi ko‘rinishida,
ya’ni internet orqali xavfsiz ravishda operatsiya olib borish imkoniyatini
beradi;
– mijozning o‘ziga tegishli bo‘lgan hisob raqamining maxfiyligini
ta’minlash;
– Internet orqali xavfsiz hisob-kitoblarni yurgizish, shu jumladan
bevosita mijozlardan ushbu kartochkalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘t-
kazish.
To‘lov tizimi hisob raqam Identifikatori (Account Id) hamda Parol
(shartlashilgan maxfiy so‘z – Password) taqdim etilgan holdagina Xari-
dorning shaxsiy hisob raqami (Customer Account), Xaridor Kartasi
(Customer Card Info) va Sotuvchining Hisob raqamini (Merchant Ac-
count) qo‘llashga asoslangan.
Internet orqali o‘z tovarlarini sotmoqchi bo‘lgan har qanday kompa-
niya (Internet-provayderlar, uyali aloqa provayderlari, axborot agentlik-
lari, davriy nashrlar, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari) o‘z xizmat
va tovarlarini xaridorlarga sotishda ushbu to‘lov tizimi imkoniyatlaridan
foydalanishi mumkin. Har qanday xizmatlar, telekommunikatsiya xiz-
matlari yoki axborot mahsulotlarini taqdim etuvchi Sotuvchi ushbu xiz-
matlar va mollarni CyberMalldan xarid qilib olish uchun ularning ta’rifi
95
|
| |