• Xaridorning to‘lovlari magazindan o‘tganligi haqidagi so‘rovnoma
  • Mijoz operatsiyalari bo‘yicha cheklovlar Hisob raqamni to‘ldirish .
  • CyberPlat tizimining afzalliklari
  • Tizimdagi transaksiyalar bo‘yicha ko‘chirma




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet70/191
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #252938
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   191
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv

    Tizimdagi transaksiyalar bo‘yicha ko‘chirma 
    1. Xaridor CyberPlat tizimida amalga oshirilgan transaksiyalar ha- 
    qidagi ko‘chirmani rasmiy ravishda so‘rab oladi, so‘ng o‘zining so‘rov- 
    nomasini ERI usulida imzolaydi. 
    2. Bank Xaridorning kodi va ERI ni tekshiradi. 
    3. Tekshiruvning ijobiy natijalari olingan holda Bank Xaridorga 
    ERI yordamida imzolangan va kriptografik tarzda o‘zgartirilgan tekstni 
    o‘z ichiga olgan so‘rovnomani yo‘llaydi. 
    4. Xaridor, xabarni olgach, Bank imzosi va ko‘chirmaning aksincha 
    o‘zgartirilganligini tekshiradi. 
    5. Xaridor ko‘chirmani o‘z kompyuterining xotirasida saqlab qoladi. 
    Xaridorning to‘lovlari magazindan o‘tganligi 
    haqidagi so‘rovnoma 
    1. Xaridor CyberPlat tizimidagi o‘z kodini ko‘rsatgan holda mazkur 
    Magazinda amalga oshirilgan to‘lovlari haqida ma’lumotlarni rasmiy 
    ravishda so‘rab oladi. 
    2. Olingan kod asosida Magazin mazkur Xaridor to‘lovlari haqida 
    axborotni taqdim etadi. 
    Mijoz operatsiyalari bo‘yicha cheklovlar 
    Hisob raqamni to‘ldirish . 
    Hozirgi kunda CyberPlat tizimida har qanday bank-emitentning 
    bank kredit kartochkasi bo‘yicha Xaridorning «Platina» bankida ochil- 
    gan hisob raqami orqali tovar yoki xizmatni xarid qilish ko‘zda tutilgan. 
    Bank hisob raqamidagi mablag‘lar yoki joriy to‘lov limitning holatini 
    Xaridor «Platina» bankdan rasmiy ravishda olingan yoki bank kredit kar- 
    tochkasi yordamida amalga oshirgan transaksiyalari haqidagi ko‘chirma- 
    lar orqali nazorat qilishi mumkin (
    http://www.emoney.ru/rospay/ cybe-rod.
     
    asp
     – top). 
    91


    CyberPlat tizimining afzalliklari
    quyidagilarda namoyon bo‘ladi. 
    O‘zaro to‘lovlarni o‘tkazish tezligi: Xaridor, Magazin va Bank ish- 
    tirok etuvchi barcha operatsiyalarning on-line shaklida o‘tkazilishi. 
    Soddaligi: 
    1) tizimga ulanishning yetarlicha soddaligi; 
    2) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish texnologiyasining muay- 
    yan soddaligi; 
    Mijoz hisob raqamining xavfsizligi va konfidensialligi quyidagilar- 
    ga asosan ta’minlanadi: 
    1) o‘zaro munosabatda bo‘lgan tomonlar Elektron-raqam imzolar- 
    dan foydalanadi (ERI); 
    2) mijoz xavfsizligining tegishli darajasi 512-bitli yopiq kalitni qo‘l- 
    lash orqali ta’minlanadi; 
    3) operatsiyani o‘tkazuvchi tomonlarning haqiqiyligini tasdiqlovchi 
    tizimning mukammalligi. 
    Real vaqtda amalga oshirilayotgan to‘lovlar bilan bog‘liq operatsi- 
    yalar va ularni tegishli hujjatlar bilan tasdiqlash ustidan nazorat quyida- 
    gilarga asosan ta’minlanadi: 
    1) to‘lov operatsiyalarining har bir bosqichi rasmiy hujjatlar bilan 
    tasdiqlangan; 
    2) hujjatlar ERI bilan imzolanadi. 
    Hisob raqamni Internet orqali boshqarishdagi qulaylik CyberPlat ti- 
    zimida ochilgan hisob raqami orqali to‘lovni tashqi to‘lov tizimlar orqali 
    har qanday bankning har qanday hisob raqamiga o‘tkazish imkoniyati- 
    ning mavjudligi bilan kafolatlanadi. 
    CyberPlat tizimining kamchiliklari boshqa qator to‘lov tizimlari sin- 
    gari o‘z mijoziga tegishli axborot va transaksiyalari xavfsizligini mutlaq 
    tarzda ta’minlab bera olmasligidir. 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   191




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tizimdagi transaksiyalar bo‘yicha ko‘chirma

    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish