• Hujjat va uning turlari.
  • Ish qogʻozlarini qanday yozish mumkin
  • - Ish qog‘ozlarining har bir turi umum qabul qilingan shaklda va muayyan izchillikda tuziladi.
  • - Arab raqamlari bilan ifodalangan tartib sonlardan so‘ng qo‘shimcha yozilmay, uning o‘rniga defis (-) qo‘yiladi: 3-chorak
  • - Turli belgi va son ifodalari bir xil shaklda yoziladi. Masalan №, §, %, (telegrammalarda bular so‘z bilan – raqamli, band, foiz kabi ifodalanadi.)
  • Ariza shakli: Ariza shakli
  • Sodda hujjatlar. Murakkab hujjatlar. Hujjatlarning zaruriy qismlari




    Download 0.6 Mb.
    Sana11.05.2023
    Hajmi0.6 Mb.
    #58520
    Bog'liq
    sodda va murakkab hujjatlar
    mustaqil ish 7, Sharigin.21, фонетика саласы

    Soddа hujjatlar. Murakkab hujjatlar. Hujjatlarning zaruriy qismlari

    Reja:

    1.Hujjatlarning turlari va uning xususiyatlari

    2. Sodda va murakkab hujjatlarga xos jihatlar

    3. Hujjatning zaruriy qismlari

    Idoraviy yozishmalarga oid qog‘ozlar, chunonchi, ma’lumotnoma, tilxat, chaqiriq hati, tushuntirish xati, taklifnomalar qisqa va aniqligi bilan ajralib turadi. Tildagi muayyan nutqiy shtamplar, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllar idoraviy yozishmalarga xos xususiyatlar sanaladi. Bu holat idoraviy ish qog‘ozlarining vazifasi va xarakteridan kelib chiqadi. Nutqiy shtamplar matnga rasmiylik tusini kiritadi. Rasmiy e’lon va xabarlar ham qisqa, sodda, ravon va tezda anglashilarli bo‘lishi talab qilinadi.

    Hujjat va uning turlari.

    Нujjatlar tuzilishiga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlar sifatida farqlanadi. Agar hujjat muayyan muassasaning o‘zida tuzilib, undan shu muassasaning o‘zida foydalanilsa, ichki hujjat hisoblanadi. Ayni muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar esa tashqi hujjatlar sanaladi.

    Shaxsiy hujjatlar alohida shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (shaxsiy ariza, shikoyat, tavsiyanoma kabi).Bundan tashqari hujjatlar quyidagi jihatlarga ko‘ra ham tasnif qilinadi.Mazmuniga ko‘ra: sodda hujjatlar (bir masalani o‘z ichiga oladi), va murakkab hujjatlar (ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi).Mazmun bayonining shakliga ko‘ra: xususiy (individual) hujjatlar – matn o‘ziga xos, betakror, erkin bayon; namunali (tipovoy) hujjatlar – bir–biriga o‘xshash va takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi; qolipli (trafaretli) hujjatlar – oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi.

    Shaxsiy hujjatlar alohida shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (shaxsiy ariza, shikoyat, tavsiyanoma kabi).Bundan tashqari hujjatlar quyidagi jihatlarga ko‘ra ham tasnif qilinadi.Mazmuniga ko‘ra: sodda hujjatlar (bir masalani o‘z ichiga oladi), va murakkab hujjatlar (ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi).Mazmun bayonining shakliga ko‘ra: xususiy (individual) hujjatlar – matn o‘ziga xos, betakror, erkin bayon; namunali (tipovoy) hujjatlar – bir–biriga o‘xshash va takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi; qolipli (trafaretli) hujjatlar – oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi.

    Ish qogʻozlarini qanday yozish mumkin?

    - Ish qog‘ozlari, odatda siyohli, sharikli ruchkada aniq dastxat bilan yoziladi. Ariza, tarjimayi hol kompyuterda yozilmay, faqat qo‘l bilan yoziladi. Boshqa hujjatlar kompyuterda terilishi mumkin.

    - Hujjatlarda o‘chirish yoki tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    - Ish qog‘ozlarining har bir turi umum qabul qilingan shaklda va muayyan izchillikda tuziladi.

    - Hujjat matni qisqa, ravon, aniq va mantiqli (ortiqcha so‘z va iborasiz) bayon qilinishi kerak. Hujjat tili juda lo‘nda bo‘lishi lozim. Ish qog‘ozlarida biror shaxsga murojaat etilganda “Siz ” olmoshi (shuningdek, uning turlangan shakllari – “Sizga”, “Sizning”, “Sizdan” va sh.k) bosh harf bilan yoziladi.

    • - Son, odatda, raqam bilan yoziladi. Pul hujjatlari (dalolatnoma, ishonchnoma, tilxat)da raqamdan so‘ng qavs ichida shu raqamning so‘zdagi ifodasi ko‘rsatiladi.

    - Arab raqamlari bilan ifodalangan tartib sonlardan so‘ng qo‘shimcha yozilmay, uning o‘rniga defis (-) qo‘yiladi: 3-chorak,

    - Arab raqamlari bilan ifodalangan tartib sonlardan so‘ng qo‘shimcha yozilmay, uning o‘rniga defis (-) qo‘yiladi: 3-chorak,

    4-bosqich. Rim raqamidan so‘ng defis (-) qo‘yilmaydi: I chorak, II bosqich.

    - Turli belgi va son ifodalari bir xil shaklda yoziladi. Masalan №, §, %, (telegrammalarda bular so‘z bilan – raqamli, band, foiz kabi ifodalanadi.)

    - Ish qog‘ozlarda ularning imzolanishiga rioya etiladi: avval hujjatga imzo chekadigan mansabdor shaxs lavozimining nomi, so‘ng shaxsiy imzosi va familiyasi ko‘rsatiladi. Tavsifnoma, dalolatnoma kabi hujjatlarda, odatda, 3-shaxs imzo chekadi. Ishonchnomada uni beruvchi shaxs imzosidan tashqari ushbu imzoni tasdiqlovchi shaxs imzosi ham bo‘ladi.

    - Hujjatlarda sanalar arab raqami bilan yoziladi. Bunda ruscha shaklda – 15.11.2020; 02.08.2020 tarzida emas, balki quyidagi o‘zbekcha gap tuzilishidan kelib chiqqan shaklda berish kerak: 2020.04.09; 2020.10.01. Bunda dastlabki to‘rt raqam yilni, keyingilari kun va oyni bildiradi.

    Ariza muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ariza amaliyotda eng ko‘p qo‘llanadigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, menejer va agronom yoki fermer, muhandis va olim, tadbirkor va mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va lavozimi, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar g‘oyat xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, jamoa xo‘jaligi boshqaruviga, tuman rahbariyatiga - xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin.

    Ariza shakli:

    Ariza shakli:

    • Qayerga yoki kimga
    • Ariza yozuvchining turar joyi, lavozimi,to‘liq nomi
    • ARIZA
    • Ariza matni (mazmuni)
    • Ilova
    • Sana (yil, kun, oy)
    • Imzo
    • I.O.va familiyasi

    Download 0.6 Mb.




    Download 0.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sodda hujjatlar. Murakkab hujjatlar. Hujjatlarning zaruriy qismlari

    Download 0.6 Mb.