chiqadi. Tekshiruv natijasida to‘lovni o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik haqi-
dagi qaror shakllanadi.
7. To‘lovga ruxsat olinganda bank pul mablag‘larni Xaridorning hi-
sob raqamidan Magazin hisob raqamiga o‘tkazish bilan birga Magazinga
xizmat ko‘rsatishga (tovar berishga) ruxsat beradi, Magazin esa ushbu
xizmatni ko‘rsatadi (tovar beradi).
8. To‘lov taqiqlangan holda bank Magazinga to‘lovni qaytarish ha-
qida xabar beradi, Xaridorga esa to‘lovning qaytarilishi asoslanadi. Xa-
ridor xarid qilish jarayonini to‘la-to‘kis nazorat qiladi. Amalga oshiril-
gan kelishuvni tasdiqlovchi hujjat sifatida har bir tomonda yuridik kuch-
ga ega bo‘lgan elektron-raqam usulida imzolangan cheklar qoladi.