1. Xaridor (agar u tizimda ro‘yxatga olingan bo‘lsa) o‘z kodi va pa-
rolini ko‘rsatgan holda avtorizatsiya serveriga kiradi
hamda ASSIST ti-
zimi amalga oshirilgan ko‘chirma to‘g‘risidagi ma’lumotni so‘raydi.
2. Avtorizatsiyalashgan server (avtorizatsiya serveri) xaridorning
kodi va uning parolini tekshiradi.
3.
Tekshiruv ijobiy natija bersa, avtorizatsiya serveri xaridor talabi-
ni Bankka yuboradi.
4. Bank ko‘chirma yozadi va uni avtorizatsiya serveriga beradi.
5. Xaridor avtorizatsiya serveridan ko‘chirmani oladi.
ASSIST tizimining
kamchiligi shundan iboratki, u tashqaridan begona
aralashuvdan to‘liq himoya qilishni kafolatlamaydi.
4.1-rasmdagi ASSIST to‘lov tizimiga muvofiq
kredit kartalari bilan
hisob-kitoblar sxemasi ishlashi to‘g‘risidagi ma’lumot olingan manzil.
Russian Shopping Club (Rossiya bozor qilish klubi/jamoasi)
(http://www.russianshopping.com/).
Tizim turi: to‘lov vositasi odatiy/an’anaviy plastik kartochka (VISA,
Master Card, American Express,
discover, Euro Card) biznes yoki shaxsiy
chek hisoblanadi.
Pulni o‘tkazish sotib olish vaqtida yoki
debet rejimida amalga oshi-
rilishi mumkin. Ko‘p valutalik: kartochka/chekda AQSh dollarida mab-
lag‘ni (bank-emitent tomonidan) konvertatsiya qilish imkoniyati bo‘l-
ganda yuzaga keladi. Transaksiya qiymati: xaridor uchun – bepul. Ma-
gazin uchun – sotish hajmiga nisbatan hisoblanadigan
alohida kelishil-
gan foiz. Kirish badali yuk. To‘lov tizimining asosiy parametrlari 4.4-
jadvalda keltirilgan.