va ulardan foydalanish bilan bog‘liq operatsiyalarda
hisob-kitoblarni
amalga oshirish to‘g‘risida” gi nizomini qanoatlantiradi.
Kredit kartalari bilan hisob-kitoblar: biron VISA, Eurocard/MasterCard,
Diners Club, JCB bank kredit kartochkalari egasi (keyinchalik “Xaridor”)
elektron magazinlarda xaridlarini to‘lashi mumkin.
ASSIST to‘lov tizimiga asoslangan kredit kartochkalar bilan hisob-
kitoblar sxemasi 4.1. rasmda keltirilgan.
ASSIST to‘lov tizimidan foydalanuvchi ishtirokchilar o‘rtasidagi
munosabatni tushuntirib beramiz:
1. Xaridor Internet orqali magazinning web serveriga ulanadi,
tovarlar
to‘plamini shakllantiradi va to‘lov uchun tegishli
kredit kartochkasini tanlaydi;
2. Magazin buyurtmani tayyorlaydi va xaridorni ASSIST tizimi avto-
rizatsiyalashgan serveriga qayta jo‘natadi; bir vaqtning o‘zida magazin kodi,
buyurtma raqami va uning summasi avtorizatsiyalashgan serverga beriladi;
3. Xaridor Internet orqali magazinning web serveriga ulanadi, tovarlar
to‘plamini shakllantiradi va to‘lov uchun tegishli kredit kartochkasini tanlaydi;
4. Magazin buyurtmani tayyorlaydi va xaridorni ASSIST tizimi avto-
rizatsiyalashgan serveriga qayta jo‘natadi; bir vaqtning o‘zida magazin kodi,
buyurtma raqami va uning summasi avtorizatsiyalashgan serverga beriladi;
5. ASSIST avtorizatsiyalashgan serveri himoyalangan protokol (SSL
3.0) bo‘yicha xaridor bilan aloqani tiklaydi va undan kredit kartochkasi pa-
rametrlarini qabul qilib oladi (ya’ni kartochka raqami, uning amal qilish
muddati, kartochkada ko‘rsatilgandek, kartochka egasining ismi-sharifi).
Kartochka haqidagi ma’lumot himoyalangan ko‘rinishda avtorizatsiyalash-
gan serverga beriladi. U xaridor bilan operatsiyalarda magazinga berilmaydi.
6. ASSIST avtorizatsiyalashgan serveri olingan ma’lumotlarni av-
val qayta ishlaydi va uni tizimning hisob-kitob bankiga (keyinchalik
“Bank” deb yuritiladi) beradi.
7. Bank tizimda bunday ma’lumot mavjudligini
tekshiradi va ope-
ratsiyaning belgilangan tizim cheklanishlari doirasida ekanini aniqlaydi.
Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra transaksiya avtorizatsiyasini o‘tkazishni ta-
qiqlaydi yoki unga ruxsat beradi.
Avtorizatsiya taqiqlangan sharoitda Bank ASSIST avtorizatsiya-
lashgan serveriga to‘lov o‘tkazishni bekor qilish to‘g‘risida xabar beradi.
Avtorizatsiyalashgan server xaridorga sababini ko‘rsatgan holda rad ja-
vobini beradi. Bundan tashqari, avtorizatsiyalashgan
server magazinga
buyurtma raqamini ko‘rsatib, uning inkor etilganini xabar qiladi.
83
Avtorizatsiya
Avtorizatsiyaga ruxsat berilganda esa, uni qabul qilish uchun so‘-
rovnoma yopiq bank tarmog‘i orqali xaridor kredit kartochkasi bank-
emitentiga yoki bank-emitent vakil bo‘lgan to‘lov tizim kartalari jara-
yonlari markaziga uzatiladi. Karta to‘lov tizimlari markazidan
olingan
avtorizatsiyadan ijobiy natija olingan holatda:
a) Bank ASSIST avtorizatsiyalashgan serveriga avtorizatsiyaning
ijobiy natijasi haqida xabar beradi;
b) Avtorizatsiyalashgan server xaridorga ijobiy natija haqida xabar beradi.
v) Avtorizatsiyalashgan server avtorizatsiyaning ijobiy natijasini
buyurtma
raqami bilan Magazinga uzatadi;
g) Bank va Magazin o‘rtasidagi mavjud shartnoma munosabatlariga
muvofiq bank magazin hisob raqamiga mablag‘ o‘tkazadi;
d) magazin xizmat ko‘rsatadi (tovarni berib yuboradi).