sondagi savdo magazinlarni mashinada aylanib chiqish yoki ularga qo‘n-
g‘iroq qilishdan ko‘ra ancha qulay.
7. Kira olish darajasiga ko‘ra.
Har qanday elektron magazinga
xaridorlar dunyoning deyarli har qanday nuqtasidan
kira olishlari mum-
kin. Shuning uchun ham sayohat yoki xizmat safarlari vaqtida zaruriy
tovarlarni tanlash imkoniyati cheklanmagan. Bunday magazinlar kecha-
yu kunduz ochiq bo‘lib, oddiy magazinlarga o‘xshab xaridorlar tiqilinch
bo‘lmaydi. Xaridor o‘zi uchun qulay bo‘lgan vaqtda
xarid qilish imko-
niyatiga ega.
8. Xizmat ko‘rsatish sifatiga ko‘ra.
Oddiy magazinda kerakli to-
var haqida batafsil ma’lumot olish uchun sotuvchiga murojaat qilishga
to‘g‘ri keladi.
Bu holda, tovarni tanlash sotuvchining omilkorlik daraja-
siga, shu
bilan birga, uning xaridor uchun vaqt sarflay olishiga bog‘liq.
Yaxshi tashkil qilingan elektron magazin har bir tovar uchun keng ma’-
nodagi ma’lumotlarni yo‘lga qo‘yilganligini ta’minlash bilan birga, to-
var haqida maslahat olish uchun sotuvchining qo‘li bo‘shashini kutishi
shart emas.