• Birinchi toifa
  • Ikkinchi toifa
  • Uchinchi toifa
  • Elektron biznesning asosiy ko‘rinishlari tasnifi




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/191
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #252938
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   191
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv

    3.2. Elektron biznesning asosiy ko‘rinishlari tasnifi 
    Elektron biznes asosiy ikki model: V2V va V2S doirasida shaklla- 
    nadi. Bular “huquqiy shaxslarning huquqiy shaxslarga xizmat ko‘rsati- 
    shi” va “huquqiy shaxslarning jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatishi” 
    tushunchalariga mos keladi. 
    Xorijda, elektron biznes modellari tarixida V2S toifasidagi model 
    birinchilardan hisoblanadi. Internet muhitida esa ilk mexanizm MoTo 
    (Mail order – telephone order) paydo bo‘lgan. Xaridor buyurtmasi so- 
    57 


    tuvchining web-saytida tegishli hujjatni to‘ldirish yo‘li bilan, tovar 
    uchun to‘lov esa plastik kartochka yordamida amalga oshirilgan. Shun- 
    dan keyin tovar pochta orqali yoki kuryerlik xizmati orqali yetkazib be- 
    rilgan. Elektron biznes rivojlanishining bu bosqichida Internet orqali to‘- 
    lov tizimlari haqida umuman so‘z ham bo‘lmagan. 
    G‘arb mamlakatlarida to‘lov kartochkalar yordamida to‘lanadigan 
    tijoriy operatsiyalar yuqori mavqega ega. Bir bankning o‘zida sotuvchi- 
    ning ham, xaridorning ham shaxsiy hisob raqamlariga ega bo‘lishlari 
    asosidagi to‘lovlar amalga oshirishning bu sxemasi bunchalik keng ko‘- 
    lamda bo‘lishi o‘ylanmagan ham edi. Bunday sxema “to‘lov tizimi” deb 
    yuritiladi. Internetda to‘lov kartalarining hisob-kitob vositasi sifatida us- 
    tun bo‘lishi uning rivojlangan mamlakatlar aholisi o‘rtasida keng tarqal- 
    gani bilan izohlanadi. 
    Bugungi kunda elektron biznesning eng rivojlangan bozori – AQSh 
    bozori hisoblanadi. Shuning uchun elektron biznes sohasida yig‘ilgan 
    tajribalar tahlilini asosan AQSh, shuningdek, G‘arbiy Yevropa misolida 
    keltirib o‘tamiz. 
    Amerika ekspertlari fikriga ko‘ra, Internetda amalga oshirilayotgan 
    savdo jarayonlarini 8 toifaga ajratishi mumkin. 
    Birinchi toifa:
    Internetda an’anaviy MoTo kelishuvlari mexanizm- 
    lari, to‘lov va yetkazib berishning shakllangan yo‘nalishlari yordamida 
    to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo modellariga ko‘ra bevosita sotadigan yirik cha- 
    kana savdo korxonalari. 
    Ikkinchi toifa:
    O‘zining web-saytlarida bozorning turli sohalarida 
    tur-licha tijoriy xizmatlarini keng iste’molchilarga taklif qiluvchi katta 
    massh-tabdagi Internet portallar(AOL, Yahoo va boshqalar). Bunda, bir 
    tomonda mijoz o‘ziga zarur tovarlar ro‘yxatini olish imkoniyatiga ega 
    bo‘lsa, ikkin-chi tomondan portal bu faoliyatdan komissiya puli ishlab 
    oladi. 
    Uchinchi toifa
    : Bozorning ma’lum sohasida ishlovchi kompaniya- 
    lar xizmatlarini taklif qiluvchi bir turdagi portallar (bir qator web- 
    saytlar-dan iborat kataloglar) 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   191




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron biznesning asosiy ko‘rinishlari tasnifi

    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish