bog‘liq emasligidadir. Ma’lumki, xususan telefon so‘zlashuvlarida qo‘n-
g‘iroqlarning davomiyligi va masofasi oshishi bilan uning bahosi ortib
boradi. Biroq ma’lum hamkorlar bilan tez-tez aloqada bo‘luvchi
savdo
tashkilotlari o‘zaro xarajatlarni sezilarli ravishda qisqartirishi mumkin.
Buning uchun, kelajakda ma’lum ishtirokchilar o‘rtasida aloqada bo‘lish
maqsadida telefon liniyasi ijaraga olinadi. Ma’lumki, ijaraga olingan te-
lefon liniyasidan foydalanish uchun to‘lov uning intensivligiga bog‘liq
bo‘lmaydi, balki foydalanganlik uchun belgilangan oylik to‘lov sifatida
olinadi.
Nazorat savollari
1. Elektron biznes tizimida qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar va
kategoriyalarni tavsiflang.
2. Elektron savdo deganda nimani tushunasiz va
uning elektron biz-
nesdan farqi nimada?
3. “Elektron magazin” tushunchasiga ta’rif bering.
4. Elektron biznes faoliyati va uning asosiy qo‘llanilish sohalari
qaysilar?
5. Biznes jarayon nima?
6. Transaksiya nima? Internet-magazinning asosiy tamoyillarini
tavsiflang.
7. Elektron biznes tizimi qurilishining
asosiy tamoyillariga tavsif
bering.
8. Elektron biznes infratuzilmasining asosiy elementlarini ta’riflang.
9. Elektron biznesning asosiy modellarini ta’riflang.
54