yo‘naltirilgan bo‘limni o‘zida aks ettiradi. Elektron savdoning bu bo‘li-
mi korporativ mijozlar o‘rtasida xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar,
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun yordamchi mahsulotlar sav-
dosi bilan birgalikda savdodagi sheriklarning zaruriy integratsiyasini ta’-
minlovchi ma’lumotlarni yig‘ish va uzatishning maxsus tizimlarini ish-
lab chiqish va ulardan foydalanish bilan ham shug‘ullanadilar. Ushbu
elektron biznes tizimini tashkillashtirishning modeli soddalashtirilgan
tarzda 2.4- rasmda keltirilgan.
2.4- rasm
Elektron biznesni tashkil etishning biznes–biznes modeli
Biznes-biznes ko‘rinishidagi modellarda yetkazib beruvchilarning hi-
sob va to‘lovlari buyurtmalar uchun tarmoqni qo‘llovchi ikki firma (yoki
kompaniya) biznes jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan o‘zaro aloqalar sxe-
masida amalga oshiriladi. Shlyuzlar yordamida biznes jarayonlarining In-
ternet tizimi (tashqi muhit) bilan avtomatik aloqasi ta’minlanadi.
Biznes-biznes modelining ajralib turuvchi belgilari quyidagilardan
iborat:
1. Internetning biznes tizimidan avtomatik ravishda ajralib chiqi-
shini ta’minlovchi shlyuzning mavjudligi;
2. Biznes jarayonida va firma (kompaniya)ning ish jarayonida ki-
rish/chiqish ma’lumotlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiyasi;
3. Berilayotgan ma’lumotlarning yagona standarti - EDI (Electronic
Data InterExchange) dan foydalanish;
4. Firmalar elektron biznes tizimidagi ishtirokchilarning teng hu-
quqlilik xarakterga ega ekanligi (distribyutor–diler, ishlab chiqaruvchi –
yetkazib beruvchi kabi iyerarxiyaning yo‘qligi).
Business-to-Consumer (B2C) modeli kompaniyalar tovar va xiz-
matlarining yakka tartibdagi iste’molchilar bilan ishlashga yo‘naltirilgan
bo‘limni ifodalaydi. Ushbu modelning yetkazib berish katalogi bo‘yicha
an’anaviy savdodan farqi shundaki, mijoz uyi yoki idorasidan chiqma-
gan holda, kompyuter va elektron kredit kartasi yordamida tovarlarni so-
tib olishi yoki xizmatlardan foydalanishi mumkin. Ushbu modelning
amalga oshirilishi salohiyatli xaridorlar uchun yangi imkoniyatlar yara-
tib beradi. Shunday imkoniyatlardan biri kastomayzing (customizing) hi-
48