Shunday qilib, elektron biznes tizimi infratuzilmasining tarkibi ham-
da loyihalashtirish va iqtisodiy jihatdan asoslashni dastlabki bosqichida-
yoq hal qilinishi kerak bo‘lgan murakkab muammolar
haqida aniq tasav-
vurga ega bo‘lib, Internet tarmog‘ida samarali hamda ishonchli amal qi-
ladigan virtual magazinni tashkil qilishga sarflanadigan mehnat va vaqt
xarajatlarini minimallashtirish mumkin.
Elektron biznes tizimi infratuzilmasi uning barcha subyektlarini ya-
qin hamkorligida samarali amal qilishi mumkin.
Elektron biznes tizimi-
ning asosiy subyektlari sifatida: mijozlar, moliyaviy institutlar (sotuvchi
banki, xaridor banki); biznes-tashkilotlar (ishlab chiqaruvchilar, sotuv-
chilar,
distribyutorlar, dilerlar); hukumat hisoblanadi.
Ularning o‘zaro hamkorligi moliyaviy operatorlar yordamida, pro-
tsessing kompaniyalari, mualliflik markazlari tomonidan to‘lov tizimlari
hamda virtual (raqamli) pullar vositasida amalga oshiriladi.