nallaridan foydalanib. Bu holda kerakli raqamli va boshqa ma’lumotni
(masalan, dasturiy mahsulotlarni, jurnallar, gazetalar, musiqa
asarlarini
elektron nashrlarini) yetkazish ko‘zda tutiladi.
Marketing xizmati. Marketingning asosiy vazifalarini yechish yuk-
latilgan bo‘limlari quyidagilardir: sotuv bo‘limi, narxni shakllantirish
bo‘limi, shaxsiy Web-sahifalar dizayni hamda reklama bo‘limi. Internet
tarmog‘ida marketing faoliyati ikkita asosiy turga bo‘linadi:
1. Internetning oddiy foydalanuvchisi sifatida faoliyat yuritish. Bu
usul uchun ma’lum cheklashlar xos bo‘lib, ular ushbu muhitni kommu-
nikatsiya imkoniyatlarini faqatgina qisman qo‘llashga ruxsat beradi.
2. Internet tarmog‘i imkoniyatlarini qo‘llashda eng faol va bevosita
qatnashish. Eng kamida bu Web-sahifa yoki shaxsiy Web-server bo‘lishi
mumkin, ko‘pi bilan esa – imkoniyatlar cheksiz. Internetda firma vako-
latini amalga oshirish yoki interfaol magazin tashkil qilish mumkin.
Internetdan elektron bozorning marketing
tadqiqotlari uchun sama-
rali foydalanish mumkin. U birlamchi ma’lumotlarga bevosita asoslan-
gan (tarmoqda firma tomonidan olib borilayotgan tadqiqot doirasida
olingan), shuningdek, Internetda e’lon qilingan ma’lumotlarga asoslan-
gan ikkilamchi marketing tadqiqotlarini ham
olib borish imkoniyatini
beradi. Internet tarmog‘idan tovar bozorlarini tadqiq qilish uchun, ular-
ning tuzilmasini o‘rganish uchun yoki xaridorlarni real hamda salohi-
yatli guruhlari tarkibini o‘rganish uchun foydalanish mumkin.
Internetdagi reklamaning o‘ziga xosligi shundaki,
uning bosh ele-
menti firma web-serveri hisoblanadi. Uning asosida reklama tadbirla-
rining butun majmuyi shakllantiriladi. Web-server egasining asosiy mu-
him vazifasi reklama olib borishdan iborat. Internetda reklamaning eng
keng tarqagan elementi bannerlar hisoblanadi. Bannerli reklama web-
sahifa yoki web-serverga tashrif etuvchilarni jalb
qilishning eng ommaviy
va samarali usullardan biri hisoblanadi. U, shuningdek, imij reklamasini
olib borishning qudratli instrumenti hisoblanadi. Banner GIF yoki JPG
formatidagi to‘rtburchak tasvirdan iborat. Undan tashqari, JAVA, Shock
Ware va boshqa texnologiyalar yordamida yaratilgan
bannerlar ham uch-
raydi. Banner, odatda, noshirning web-sahifasida joylashtiriladi hamda
reklama beruvchining serveriga giperishoraga ega bo‘ladi.
Internet muhitida firma faoliyatini reklama qilishning asosiy usul-
lari quyidagilardir:
– web-sahifani yaxshi tayyorlangan, demak jozibali dizaynini ta’-
minlash;
– serverni izlash mashinalarida ro‘yxatga olish;
42