• Elektron magazin
  • Elektron univermag
  • Mijozlar – bu xaridorlar yoki iste’molchilar (jismoniy va yuridik  shaxslar).  Moliyaviy institutlar




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/191
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #252938
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   191
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv

    Mijozlar
    – bu xaridorlar yoki iste’molchilar (jismoniy va yuridik 
    shaxslar). 
    Moliyaviy institutlar
    – Internet tarmog‘i orqali o‘zaro hamkorlik 
    qiladigan har qanday tashkilotlardir. Tor ma’noda bu – biznes (yoki sav- 
    do) operatsiyalarini amalga oshiruvchi tashkilotlardir. Bunda ularning 
    qatnashchilari o‘rtasida o‘zaro aloqalarning keng ko‘lami amalga oshi- 
    riladi: tovar ishlab chiqaruvchisi uni yoki o‘z yordamchilari orqali yoki 
    distribyutorlar orqali sotishga intiladi. 
    Hukumat elektron biznes tizimida operatsiyalar qonuniyligini te- 
    gishli huquqiy baza ishlab chiqish bilan ta’minlaydi. 
    Foydalanish mumkin bo‘lgan turli xil tashkiliy shakllarni tavsiflov- 
    chi elektron biznes tizimi elementlarining ikkinchi guruhiga quyidagilar 
    kiradi: elektron magazin, elektron univermag, elektron kiosk, elektron 
    kimoshdi savdosi, elektron magazin-vitrina, hisob-kitoblarning elektron 
    magazini, uchinchi mamlakatlar elektron bozori, virtual hamdo‘stlik (co- 
    munity), konsalting firmasi; brokerlik axborot idorasi yoki alohida bro- 
    ker; tadqiqot xizmatlarini yetkazuvchilari. 
    Elektron magazin
    – bu do‘stona interfeysni ta’minlaydigan, o‘ziga 
    xos savdo vitrinasi yoki tovarlar va xizmatlarni sotish uchun taklif etadi- 
    gan Web-serverdir. 
    Bunday magazin faoliyat ko‘rsatishning samaradorligining yoki 
    muvaffaqiyatliligining bosh mezoni tovarlar yoki xizmatlarga ehtiyoj- 
    ning qondirilishining haqiqatdagi hajmi hisoblanadi. 
    44


    Elektron univermag
    – bu oddiy univermagga o‘xshash bo‘lib, un- 
    ga har xil firmalar o‘z tovarlarini yetkazib beradilar. Uning samarador- 
    ligini baholashda tovar brendi (imiji) bosh mezon hisoblanadi. 
    Elektron kiosk
    (yoki interfaol kiosklar) – bu Internetga ulangan 
    hamda foydalanuvchilarga ma’lumotga, boshqa tovarlar va xizmatlarga 
    interfaol kirishni taqdim etadigan apparat-dasturiy majmualardir. Na- 
    munali kiosk qattiq diskli kompyuter, klaviatura, CD-ROM, monitor 
    hamda video va audikartalardan iborat. Foydalanuvchi ma’lumotni turli 
    usullar bilan kiritishlari mumkin: klaviatura, mikrofon, videokamera 
    yordamida, magnit kartochkadan ma’lumotni o‘qish moslamalari yor- 
    damida kiritilishi mumkin. 
    Ushbu vositalarning kombinatsiyasi ham bo‘lishi mumkin. Elektron 
    kiosk Internet tarmog‘ida to‘laqonli ishlash uchun yordam beradi: izlash 
    tizimlaridan foydalanish, kataloglar va ma’lumotlar bazalaridan, URL 
    ning istalganini chaqirish, elektron pochtani yuborish va qabul qilish, 
    ekran shakllarini to‘ldirishga xizmat qiladi. 
    Frost Sullivan kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga 
    ko‘ra, 1996-yilda elektron kiosklarning aylanmasi 369,7 mln. AQSh dol- 
    larini tashkil qilib, 2007-yilda 4,94 mlrd. AQSh dollariga etgan. 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   191




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mijozlar – bu xaridorlar yoki iste’molchilar (jismoniy va yuridik  shaxslar).  Moliyaviy institutlar

    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish