belgilarini, xizmat ko‘rsatish belgilarini, tovarlarning
kelib chiqish joy-
lari, biznes siri, ishbilarmonlik obro‘sini) hamda ma’lumotning maxfiy-
ligini (masalan, xaridorning kredit kartochkasining raqamini) ta’min-
lashga yordam beradilar.
Internet tarmog‘ini tashkil qilishning yuqorida keltirilgan tamoyil-
lari uni faqatgina hozirgi vaqtda shu yerda mavjud bo‘lgan
va mazmuni-
ga ko‘ra cheksiz virtual (xayoliy) haqiqat sifatida ta’riflaydi.
Yuqorida qayd etilganidek, har qanday yirik tizim odatda bir qator
kichik tizimlar (lokal tizimlar) dan iborat. Elektron
biznes tizimini yetarli
darajada katta va bir vaqtning o‘zida integratsiyalashgan tizimlar kategori-
yasiga kiritish mumkin. Shuning uchun ushbu tizim infratuzilmasidan ko‘-
rinadiki, u bir qator lokal tizimlardan iborat (to‘lov tizimi, yuridik ta’minot
tizimi, tovarlarni yetkazish tizimi, oldi-sotdi harakatlari xavfsizligini ta’-
minlash tizimi, dasturiy ta’minotni
boshqarish tizimi, moliyaviy institutlar
va boshq.)
Bu holda umumiy tamoyillar guruhi umuman integratsiyalashgan
tizimga taalluqli bo‘lishi, lokal tamoyillar esa – uning tarkibiy qismlari-
ga (kichik tizimlarga) tegishli bo‘lishi kerak.
Bugungi kunda B.V. Kristalskiy va M.Ya. Yakushevlar
tomonidan