moqning hajmi o‘sgani tufayli unga jalb qilingan
tadbirkor va biznes-
chilar soni o‘sib boradi.
Natijada tovarlar (xizmatlar) sotuv hajmi o‘sib, biznes-jarayonlar qat-
nashchilari oladigan foydaning hajmi oshadi. Qayd etish joizki, Internet-
iqtisodiyot an’anaviy iqtisodiyotdan bir qator prinsipial farqlarga ega. Bi-
rinchidan, an’anaviy iqtisodiyotda bozorga yetkaziladigan tovar
bir chiziqli
qonunga bo‘ysunadi, Internet-iqtisodiyotda mahsulot tannarxi pasayishi-
dan kompaniyalarning cheklangan miqdori (yoki bittasi) manfaatdor bo‘lsa
(qo‘shimcha foyda olish hisobiga), Internet-iqtisodiyotda barcha qatnash-
chilar iqtisodiy manfaat ko‘rib, olingan foydani tegishlicha o‘rtalarida bo‘-
lishadilar. Shubhasiz, hamma ham bir xil foyda olmaydi. Biroq
uning katta
qismi tarmoqni rivojlantirishga sarmoya qilinadi.
Narxni teskari shakllantirish tamoyili.
Uning mohiyati shundan
iboratki, Internet-iqtisodiyotda uchraydigan barcha eng yaxshi tovarlar-
ning narxlari yildan yilga pasayish tendensiyasiga ega.
Internet-iqtisodi-
yotda tovar (xizmat) ning qimmatligi taklifning ortiqchaligi bilan ham,
uning jahon miqyosida keng tarqalganligi bilan ham shartlangan. Bosh-
qacha aytganda, “faks effekt” paydo bo‘ladi. Ya’ni
tarmoqda tovar qan-
cha ko‘p bo‘lsa, u shuncha qimmat bo‘ladi. Biroq ushbu tamoyil an’-
anaviy iqtisodiyotning tegishli qonuniyatlarini rad etadi. Birinchi aksio-
ma: qimmatlik tovarning noyobligi (olmoslar, oltin va h.k.) bilan belgi-
lanadi, chunki uning miqdori cheklangan. Ikkinchi aksioma:
tovarlarni
ortiqcha ishlab chiqarish (masalan, talabdan ko‘p bo‘lgan) ularning
qiymati pasayishiga olib keladi. Biroq Internet-iqtisodiyotda qimmatlik
ham taklifning ortiqchaligi, ham tovarlar va xizmatlar
keng tarqatilishi
bilan shartlanadi.
Internet-iqtisodiyotni rivojlantirish sur’atlari har yili joriy qilina-
yotgan WEB-serverlar soni bilan izohlanishi mumkin (2.2.-jadval).
WEB-server
– bu WEB-tugunda ma’lumotlarni boshqaradigan,
mazkur ma’lumotga kirishni nazorat qiladigan va WEB-brauzer so‘rov-
lariga javob beradigan dasturiy ta’minotdir.
WEB-brauzer
– bu HTML – hujjatlarga hamda jahon o‘rgimchak
to‘ridagi tegishli fayllarga kirish uchun server bilan bog‘lanishga, shu-
ningdek, hujjatga yoki bir betdan boshqasiga zanjir bo‘ylab o‘tishga rux-
sat beradigan dasturiy ta’minotdir.
HTML
– (Hyper Text Makkup Language) – WEB-hujjatlarni
tash-
kil qilish uchun qo‘llanadigan kodlarni andozaviy to‘plami.