• Mavzu: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida agrar-iqtisodiy islohotlar
  • Jahon iqtisodiyotining rivojlanish tendentsiyasi.
  • Iqtisod tarmoqlari va sohalari




    Download 386 Kb.
    bet1/6
    Sana03.05.2023
    Hajmi386 Kb.
    #55982
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida agrar-iqtisodiy islohotlar
    ANDROID ILOVALAR DAHOSI BO (1), 24 Маълумотлар базаси маъмури тайёр 2, Elektr apparatlardıń klassifikaciyası., Документ Microsoft Word, 1. Iqtisodiyot nazariyasi, Ilmiy bilishning shаkllаri, eksprimental, dnk-markerlar-texnologiyasining-o-zbekistondagi-yumshoq-bug-doy-triticum-aestivum-l-tadqiqotlarida-qo-llanilishi, Taqsimot logistikasi, Ishlab chiqarish logistikasi-fayllar.org, 14, Marketing tadqiqotlari va ularning uslubiy a~, Hayvonlar psixikasini oʼrganish usullari, Innovatsion iqt Daler, Urol, Lochin

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

    IQTISOD TARMOQLARI VA SOHALARI” YO‘NALISHI
    921.20- GURUH TALABASI ABDURAHMONOV MURODNING
    TARMOQLAR IQTISODIYOTI”
    FANIDAN
    Nazorat ishi
    Mavzu: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida agrar-iqtisodiy islohotlar
    Jizzax 2023
    Reja:

    1. Jahon iqtisodiyotining rivojlanish tendentsiyasi.

    2. Bozor sharoitida innovatsion g’oyalar.

    3. Innovatsion siyosatning strategik maqsadi.

    4. ASMda innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmi

    Jahon iqtisodiyotining rivojlanish tendentsiyasi.
    Jahon iqtisodiyotining rivojlanish tendentsiyasi shundan guvohlik beradiki, kishilik jamiyatining barcha soha va jabhalarida, ayniqsa global iqlim o’zgarishi ta’sirida sayyoramizning ko’plab mintaqalarida tobora avj olayotgan qashshoqlik va ocharchilikka barham berishning asosiy omillaridan biri sifatida qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi, shuningdek ularga turli yo’nalishlarda xizmat ko’rsatuvchi sub’ektlarning xo’jalik yuritish faoliyatlarini innovatsiyalar asosida tashkil etish strategik ahamiyat kasb etib, ushbu jarayonni uzluksiz takomillashtirish davr talabiga aylanib bormoqda.
    Iqtisodiyot globallashuvining yangicha sharoitida iqtisodiy rivojlanishning asosiy belgisi ishlab chiqarishning texnologik usuli va ularning butun jamiyat iqtisodiy salohiyati ta’siridagi o’zgarishlar hisoblanadi. Ko’pchilik zamonaviy tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra, bugungi kunda ro’y berayotgan innovatsion o’zgarishlar nafaqat jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini o’zgartiradi, balki ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tizimidagi markaziy bo’g’inini ham ifodalaydi.
    Darhaqiqat, mamlakatimiz Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853sonli Farmoni bilan “O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo’ljallangan Kontseptsiyasi”da mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, tarmoqda davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish, agrar sektorni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish kabi bir qator vazifalar belgilab berildi.
    Innovatsion rivojlanish tizimining ahamiyatli jihati shundaki, u iqtisodiyot tarkiban deformatsiyalangan, innovatsiya jarayonlarini boshqarish izdan chiqqan, qishloq xo’jaligi darajasida axborot vakumining mavjudligi sharoitlarida qisqa muddat ichida tarmoqni barqaror yuqori sur’atlarda o’sishi uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi. Bu tizimni shakllantirishda davlatning o’rni beqiyosdir. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning ilmiy-texnik imkoniyatlari va ishlab chiqarishdagi ilg’or tajribalari to’g’risida keng ma’lumotlarga ega bo’lish ularni xo’jalik yuritishning innovatsion usullariga o’rgatish, innovatsiya qoidalarini o’zlashtirish, maslahat yordamlari berish orqali ASMning innovatsiya faolligini ko’tarishni ta’minlash uchun sharoitlar yaratadi.
    Biroq, tan olish lozimki, agrar tarmoq o’zining tabiiy-iqlim omillariga ta’sirchanligi va bog’liqligi sababli innovatsiyalarni yaratish va tatbiq etishda boshqa sohalarga nisbatan bir qator murakkabliklarga ega va shuning uchun ham uni innovatsion modernizatsiyalash asosida rivojlantirish o’ziga xos va mos innovatsion yo’nalishlarda chuqur ilmiy-tadqiqot va tajriba-kashfiyotchilik ishlarini (ITTKI) muntazam takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Fikrimizcha, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari, shu jumladan, qishloq xo’jaligi bilan bog’liq fan va texnikatexnologiya yangiliklarini yaratish hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirish jarayonini respublikamiz ichidagi tor doirada emas, balki industrial taraqqiy etgan xorijiy davlatlarning ushbu yo’nalishlardagi innovatsion faoliyat yutuqlari bilan uyg’un tarzda olib borish maqsadga muvofiq.
    Agrar tarmoqdagi innovatsiya jarayoni ilm-fan yutuqlari asosida yaratilgan, sifat jihatidan yangi mahsulotlarni, iqtisodiy mexanizmlar, aniq tashkiliy, texnik yoki texnologik g’oyalarni bevosita ishlab chiqarishda foydalanishgacha yetkazish bilan bog’liq tadbirlar yig’indisi hisoblanadi. Respublika agrar tarmog’ida yuz berayotgan iqtisodiy o’sish asosan, import o’rnini bosadigan mahsulotlar yetishtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga yuz bermoqda. Biroq tarmoqda ilmiy sig’imli agrar texnologiyaga asoslangan yo’nalishlardagi innovatsion jarayonni rivojlantirish talab darajasida emas. Bunga tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda innovatsiyalar samaradorligini oshirish yo’llari, innovatsion xavf va xatarlarni, innovatsion salohiyatning mavjud sharoitlarga mosligini baholash, tarmoqda innovatsion tavakkalchilikni boshqarish borasidagi iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy asoslar yetishmasligi salbiy ta’sir etmoqda.
    Qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi ko’p sonli dehqon va fermer xo’jaliklari faoliyati sharoitida agrar innovatsiya bozori shakllanishi va faoliyati xususiyatlari, yo’nalishlari to’g’risida aniq ma’lumotlarni yig’ish, ularga ishlov berish, olingan xulosalardan foydalanish borasidagi bilimlar yetishmasligi sharoitida, ilmiy ishlanmalarni innovatsion loyiha sifatida amalga oshirishga urinish yuz bermoqda. Bu esa innovatsion g’oyalarning iqtisodiy, texnik va texnologik, ekologik samaradorligi pasayishiga olib keladi. Bizningcha, agrar tarmoqda innovatsion g’oyalar bozori eng avvalo, mamlakatdagi “innovatsion muhitning” shakllanish darajasiga bog’liq holda rivojlanadi.

    Download 386 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 386 Kb.