• Material va jihozlar
  • II. Yangi mavzu rejasi
  • Yangi mavzu qisqa bayoni
  • Bu yo`l ijtimoiy adolat tamoyillariga mos kelar edi.
  • Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. Oʻzbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi




    Download 25.11 Kb.
    bet1/2
    Sana08.01.2023
    Hajmi25.11 Kb.
    #37748
      1   2
    Bog'liq
    Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O zbe
    AKADEMIK YOZUV 2-mavzu 2023, Bio UMP, gcb[jkjybz 2, Reja, Berdimuratov Abdibay siz, Bandixon tuman kasb-hunar maktabi tasdiqlayman , Shaxsiy kompyuterlar, serverlar, periferiya uskunalarining appar, @Multilevel master (1), (@impact school sources) Navigate Beginner A1 Workbook, “Raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmatlar sohasini rivojlantirish, “Raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmatlar sohasini rivojlantirish, Merge Sort - Vikipediya, tarmoq, 2 5206170373355212669

    7- seminar: MAVZU: Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. Oʻzbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi.
    Maqsad:Talabalarda quyidagi muammolar boyicha bilim va tushunchalar hosil qilish:
    Kutilayotgan natija: Talaba, O‘zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi, iqtisodiy islohotlar haqida ma‘lumotlarga ega bo‘ladi.
    Material va jihozlar: Qo’llanmalar, topshiriqli kartochkalar, maruza matni, mavzuga oid manba va adabiyotlar ko’rgazmasi, rasmlar, doska, bo’r.
    Eng muhim tushunchalar va atamalar:
    I. Tashkiliy qism: Talabalarni mashg’ulotga jalb qilish va darsga tayorligini aniqlash: “Jahon hafta ichida” yoki “O’zbekiston hafta ichida” ruknida xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish.
    II. Yangi mavzu rejasi:
    1.O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilining amal oshirilish mexanizmi.
    2.Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo‘nalishlari.
    3.Sanoat, avtomobilsozlik sohasini rivojlanishi. Moliya-bank tizimi, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish.
    4.Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanish bosqichlari va rivojlantirilishi. Nodavlat, notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoyani amalga oshirishdagi ishtiroki.
    Yangi mavzu qisqa bayoni:
    1.O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilining amal oshirilish mexanizmi.

    • O‘zbekiston Respublikasi bu davrda o‘z valutasiga ega emasligi, muomalada esa 1961–1992-yillarda chiqarilgan rublning bo‘lganligi, ayrim oziqovqat va sanoat mahsulotlariga o‘zining tannarxiga qaraganda arzon narx belgilanganligi uchun ularni respublikadan tashqariga olib chiqib ketish avj ola boshladi va mamlakatimizda aholini asosiy iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlashda qiyinchiliklar yuzaga keldi.

    • O‘zbekiston 1991–1993-yillarda sobiq Ittifoqdan qolgan rubl zonasida bo‘lib turdi. 1992-yildayoq muomalaga chiqarishga mo‘ljallangan so‘m – kupon nusxalari tayyorlandi va 1993-yil 1-noyabrdan O‘zbekistonda so‘m – kupon muomalaga kiritildi.

    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 1994-yil 1-iyulidan boshlab respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy to‘lov vositasi sifatida milliy valuta – so‘m muomalaga chiqarilgan.

    • Muomalaga 1994-yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik, 1997-yildan 200

    • so‘mlik, 2000-yildan 500 so‘mlik, 2001-yildan 1000 so‘mlik, 2013-yildan

    • 5000 so‘mlik, 2017-yildan 10000 va 50000 so‘mlik banknotlar chiqarildi.

    2.Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo‘nalishlari. Milliy istiqlol yillarida mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida mamlakat qishloq xo‘jaligida agrar islohotlar amalga oshirildi.

    • Milliy istiqlol yillarida mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida mamlakat qishloq xo‘jaligida agrar islohotlar amalga oshirildi.

    • Qishloqda amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida mamlakatda ko‘p ukladli xo‘jaliklar shakllantirildi. 1990-yilda aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan g‘allaning

    • 82%, kartoshka, go‘sht va go‘sht mahsulotlarining 50%, sut va sut mahsulotlarining 60 foizi chetdan keltirilar edi. Mamlakatda suv tanqisligi hisobga olinib, 1998-yildan boshlab paxtachilikda Isroil texnologiyalari asosida tomchilatib sug‘orish usuli joriy etildi. Andijonlik paxtakorlar tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi

    joriy etildi.

    • 1995-yildagi “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy

    tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul
    qilindi.
    O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida fermer xo‘jaliklarining tashkil topishi agrar islohotlarning asosiy mazmunini tashkil etdi. 1992-yil O‘zbekiston Respublikasi “Dehqon
    (fermer) xo‘jaligi to‘g‘risida” qonunning qabul qilinishi uning dastlabki bosqichini belgilab berdi. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi mazkur sohaning to‘laqonli rivojlanishi uchun huquqiy asos bo‘ldi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yerlarning suv ta’minoti va meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha 2003–2009-yillarda 801,5 ming AQSh dollari qiymatidagi 21 ta loyiha amalga oshirildi. Amalga oshirilgan bunday tadbirlar natijasida qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi birmuncha oshdi, fermer xo‘jaliklarining daromadini ko‘paytirish imkoniyati kengaydi. 2008–2012-yillarda mamlakatimizda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi doirasida umumiy uzunligi 10 ming 500 kilometrdan ziyod xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichidagi kollektor-drenaj tarmoqlarida jami 60 milliard so‘mga yaqin ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirildi. 2008-yildan boshlab mamlakatimizda qariyb 1 million 500 ming gektar sug‘oriladigan yerning meliorativ holati yaxshilandi, yerosti suvlari yuqori bo‘lgan maydonlar 415 ming gektarga yoki salkam 10 foizga qisqardi, kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan maydonlar 113 ming gektarga kamaydi.
    Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash mazkur soha tarmoqlarining samaradorligini oshirishga yordam bermoqda.
    2010-yili Respublika rahbarining tashabbusi bilan Ukraina va Polsha davlatlaridan olib kelingan, intensiv texnologiyalar asosida parvarishlanadigan pakana va yarim pakana olma, nok, olxo‘ri, gilos, shaftoli ko‘chatlari, asosan Toshkent va Samarqand viloyatlarining fermer xo‘jaliklari maydonlariga ekildi. Bunday bog‘larni yildan yilga kengaytirish, ularni dehqon fermer xo‘jaliklarida barpo etish maqsadida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. 2017-yil holatiga ko‘ra Respublikamiz hududida jami 5,5 ming gektardan ortiq maydonda mana shunday intensiv bog‘lar barpo qilingan. Hozirda yetishtirilayotgan mevalar, nafaqat qo‘shni mamlakatlarga, balki Yevropa mamlakatlariga ham eksport qilinmoqda.
    3.Sanoat, avtomobilsozlik sohasini rivojlanishi. Moliya-bank tizimi, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish.

    • Respublika mustaqillikka erishganidan keyin transportning iqtisodiyotga va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash va soha boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (1992-yil) tashkil etildi

    • “O‘zbekiston avtomobil transporti” (“O‘zavtotrans”) davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1993-yil, 1998-yildan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi), “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik kompaniyasi (1994-yil) va boshqa idoralar tashkil etildi.

    • O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyoda tutgan o‘rni, sanoat va boshqa sohalarning taraqqiyoti, qo‘shni davlatlar bilan

    • iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish maqsadida 1996-yildan Toshkent–Andijon–O‘sh magistralining 100 kmdan ortiq tog‘li uchastkalarida qurilish ishlari boshlandi. Qamchiq va Rezak tunnellari foydalanishga topshirildi.

    • «Oʻzbekiston havo yoʻllari» — xalq xoʻjaligi va aholini aviatsiya xizmati (yuk, yoʻlovchi tashuvlari, maxsus aviaishlar) bilan taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi milliy aviakompaniyasidir. Aviakompaniya 1992 yil 28-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti IslomKarimov Farmoniga binoan tashkil etilgan

    • O‘zbеkistonning zamonaviy, qulay avialaynеrlari Yevropa va Osiyoning 50 dan ortiq shaharlariga parvoz qiladi hamda Alyaskadan tortib Yangi Zеlandiyagacha chartеr qatnovlarini bajaradi. 

    • O‘zbеkiston uchuvchilari A320, Boeing-757/767 kabi havo kеmalarini o‘zlashtirib, bugun yangi avlod samolyotlari – Dreamlinerlarni ham boshqarmoqdalar. Ularning mahorati va salohiyati butun dunyoga yaxshi tanish va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholanmoqda.

    4.Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanish bosqichlari va rivojlantirilishi. Nodavlat, notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoyani amalga oshirishdagi ishtiroki.

    • Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo`nalish – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o`rtacha darajasini muntazam oshirib borishi hisoblanadi.

    • Aholining ijtimoiy himoyasini ta`minlash davlat siyosatining bosh yo`nalishi hisoblanadi

    • Mamlakatda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo qilishda davlat tomonidan kuchli ijtimoiy himoya siyosati olib borildi

    • Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo`nalishi – ichki iste`mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste`molini muayyan darajada saqlab turish bo`ldi.

    • Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo`nalishi – aholining kam ta`minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo`llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar o`tkazilganligi bo`ldi. Bu yo`nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari – pensionerlar, nogironlar, ko`p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o`quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo`llar bilan himoya qilib borildi.

    • 1992–2017-yillar mobaynida ish haqi va pensiyalarning, oliy o`quv yurtlari talabalarining, aspirantlarning,doktorantlarning stipendiyalari miqdori bir necha bor oshirildi. Pensionerlarning ijtimoiy ahvolini e`tiborga olib, eng kam pensiyaning mutlaq miqdori ish haqining eng kam miqdoridan oshiqroq bo`lishi muttasil ta`minlanib kelindi. Bu yo`l ijtimoiy adolat tamoyillariga mos kelar edi.

    • 1994-yilga kelib, O`zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi

    • tubdan o`zgartirildi. Ijtimoiy ko`mak berishning mutlaqo yangi ilg`or tizimi shakllantirildi. Bu tizimning mohiyati shundan iboratki, bolalar va kam daromadli oilalar bu yordamdan bahramand bo‘luvchi asosiy kishilar bo`lib qoldi.

    • 1994-yilning sentabridan boshlab barcha bolali oilalar uchun yagona nafaqa joriy etildi. Bunday yordam odamlarga yaqin turadigan mahalla fuqarolar yig`inlarida amalga oshiriladigan bo`ldi

    • “Aholi bandligiga ko‘maklashish nodavlat tashkilotlari (rekruting agentliklari) to‘g‘risida”gi qonuni. Qonunda mehnat bozori infratuzilmasini oshirish, aholi bandligini ta'minlash imkoniyatlarini, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.


    Download 25.11 Kb.
      1   2




    Download 25.11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. Oʻzbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi

    Download 25.11 Kb.