Iqtisodiyot va uning bosh masalasi




Download 80,18 Kb.
bet2/10
Sana16.05.2024
Hajmi80,18 Kb.
#238616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Iqtisodiy kategoriyalar va ularning amal qilish mexanizmi-hozir.org

1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi.


Iqtisodiyot nazariyasi fanini, uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyotning o’zi nima, uning vazifasi nimalardan iborat, degan savolga javob berish lozimdir. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko’’ qirrali va g’oyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari ko’’ayib, rivojlanib hamda ularning o’zgarib borishi natijasida vujudga keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo’lgan narsaga o’xshab ko’rinadi.

Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim bilan shug’ullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari kerak. Buning uchun esa oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va turli xizmatlardan iborat hayotiy vositalar zarur. Har bir kishi, o’zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari – kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro’zg’or buyumlariga ega bo’lish, bilim olish kabi ehtiyojlar uchun zarur bo’lgan ‘ul daromadlarini qaerdan, nima hisobiga to’ish kerak degan muammolarga duch keladi.


Shu muammolarni echish va o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli yo’nalishlarda, sohalarda faoliyat ko’rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol to’ishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishdan iborat bo’lgan iqtisodiy faoliyatdir.
Iste’mol tovarlari va xizmat ko’rsatish sohalari turli tuman bo’lganligi uchun iqtisodiy faoliyat ham turlichadir, ularning turi va soni juda ko’’dir.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol to’ishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga etkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so’z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, ‘laton, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot - uy xo’jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Masalan, Quroni Karimda shunday oyat bor: «Englar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar».1 Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki individual xo’jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot - yirik xususiy xo’jalik, jamoa xo’jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo’jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo’jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, kor’orastiyalar, konsternlar, qo’shma korxonalar, davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat o’ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.
Buning ustiga barcha resurslarimiz - ‘ul mablag’lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan miqdordadir. Mana shu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to’xtovsiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini to’ish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, jahon iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, funkstional iqtisodiyot, mintaqa iqtisodiyoti; korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti.
Ba’zan ularni yaxlitlashtirib, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari qanday bo’lishidan qat’iy nazar ularning hammasi bir maqsadga bo’ysungan: u ham bo’lsa insoniyatning yashashi, ko’’ayishi va kamol to’ishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson hayotining asosini, uning ‘oydevorini tashkil etib, uning o’zi ham insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud bo’lmaydi va mazmunga ham ega emas. Insonning iqtisodiyotdagi juda katta va keng rolini qisqacha qilib quyidagicha ko’rsatish mumkin:
1. Inson tabiatning bir bo’lagi, uning ajralmas qismi sifatida harakat qiladi, tabiat ashyolarining shaklini o’zgartirib, iste’molga yaroqli holga keltiradi, boshqacha qilib aytganda, inson iqtisodiyotning harakatga keltiruvchi kuchi, hamma tovar va xizmatlarining iste’molchisi, ularning ishlab chiqaruvchisi va yaratuvchisidir.
2. Inson hamma tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchilarga etkazib beruvchi, bozor iqtisodiyoti sharoitida esa sotuvchisi rolini bajaradi. Bunda u ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasidagi aloqaning bajaruvchisi sifatida namoyon bo’ladi.
3. Inson tovar va xizmatlarning sotib oluvchisi va binobarin, ularning iste’molchisi hamdir.
4. Inson iqtisodiyotning hamma darajalarida uning tashkilotchisi, boshqaruvchisi bo’lib, uning turli omillari, bo’laklari, sohalari o’rtasidagi uyg’unlikni, aloqalarning bir-biriga mosligini ta’minlovchi sifatida harakat qiladi. Insonning iqtisodiyotdagi roli uning hayotning turli davrlarida va bosqichlarida turlicha namoyon bo’ladi. U yoshligida va qariganida ko’’roq iste’molchi bo’lib, ya’ni boshqalar yaratgan tovarlar va xizmatlardan foydalanuvchi sifatida ko’zga tashlansa, ishlab turgan davrida ishlab chiqaruvchi, tashkilotchi, boshqaruvchi sifatida ish ko’radi, o’zi uchun, bolalarga va qariyalarga hayotiy ne’matlarni yaratadi va etkazib beradi. Sodda qilib aytganda, inson mehnat qobiliyatiga ega bo’lib, ishlab turgan vaqtida yoshlikda olgan qarzini uzadi, o’zini-o’zi ta’minlaydi, qarigan chog’i uchun zamin tayyorlaydi va yosh avlodga qarz beradi. Insoniyatning iqtisodiyotdagi roli uning tabiatdagi eng oliy tirik mavjudot ekanligi bilan, ya’ni, ongli ravishda ma’lum maqsadga qarata ijodiy mehnat qila olish qobiliyati bilan belgilanadi. Insonning boshqa tirik mavjudodlardan farqi ham uning ongli va ijodiy mehnat qila olishida, o’z faoliyati uchun zaruriy mehnat qurollarini yaratish qobiliyatiga egaligidadir.
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati bo’yicha takror ishlab chiqarish turli fazalardan - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida eng asosiysi va boshlang’ichi ishlab chiqarish jarayonidir. Chunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo’lmaydi (ishlab chiqarish nima va qanday sodir bo’lishi haqida keyingi mavzuda so’z boradi).
Ikkinchi muhim faza esa taqsimot jarayonidir. Bu bosqichda, eng avvalo, ishlab chiqarish vositalari, ka’ital va ishchi kuchi, tovar va xizmatlarning alohida turlari, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o’rtasida taqsimlanadi. Undan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo’lgan tovar va xizmatlar, ularning ‘ul holidagi ko’rinishi bo’lgan daromadlar ham taqsimlanadi. Bunda ishlab chiqarish qanchalik rivojlangan bo’lsa taqsimlanadigan tovar va xizmatlar hajmi, binobarin daromadlar hajmi ham shuncha katta bo’ladi hamda daromadlar kishilarning qilgan mehnatining miqdori va sifatiga yoki qo’shgan ka’italining (‘ul, ishlab chiqarish vositalarining) miqdoriga qarab ular o’rtasida taqsimlanadi. Taqsimot qancha adolatli va to’g’ri bo’lsa, ishlab chiqarishning yuksalishiga shuncha ijobiy ta’sir ko’rsatadi, uni rag’batlantiradi.

Download 80,18 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 80,18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyot va uning bosh masalasi

Download 80,18 Kb.