• Ilmiy abstraksiya usuli
  • Iqtisodiy kategoriyalar va ularning amal qilish mexanizmi




    Download 80,18 Kb.
    bet8/10
    Sana16.05.2024
    Hajmi80,18 Kb.
    #238616
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Iqtisodiy kategoriyalar va ularning amal qilish mexanizmi-hozir.org

    Dialektika ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. Uning iqtisodiyot nazariyasi fanida qo‘llaniladigan asosiy qoidalari quyidagilar:
    • iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda bo‘lgan o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir organizm deb hisoblanadi;


    • iqtisodiy hodisa va jarayonlarning kelib chiqishi, amal qilishi va barham topishi, uning sabablari va oqibatlari ichki aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda ro‘y berishi tan olinadi;


    • iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkablikka, quyidan yuqoriga rivojlanishida deb qaraladi. Bu erda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat jihatidan o‘zgarishga olib kelishi hisobga olinadi.


    Iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari ham mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar:


    Ilmiy abstraksiya usuli - voqea hodisalarningtahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali belgilari e’tibordan chetlashtirilib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga tegishli belgilarga e’tiborni qaratishdir.
    Tahlil va sintez usuli. Tahlil — bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratib ularning xususiyatini ochib berishdir. U ikki darajada amalga oshiriladi.
    Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona va boshqa iqtisodiy sub’ektlarning yuqori pirovard natijaga erishishga qaratilgan xattiharakati, xulqi tadqiq qilinadi.
    M akroiqtisodiy tahlildamilliy iqtisodiyotning holati, faoliyat qilishi va natijalari tadqiqot qilinadi. Iqtisodiy resurslarni to‘liq band qilish, inflyasiyani jilovlash va iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash orqali iqtisodiy o‘sishga erishish muammolari bu tahlil obyektdir. Qisqacha aytganda, makro-iqtisodiy tahlilda milliy xo‘jalik, uning alohida sektorlari (davlat, kooperativ, xususiy) va jahon xo‘jaligi o‘rganiladi.
    Sintez – bu hodisa va jarayonlarning umumiy ta’siri asosida umumiy xulosalar chiqarishdir.

    Download 80,18 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 80,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy kategoriyalar va ularning amal qilish mexanizmi

    Download 80,18 Kb.