Iqtisodiy kategoriyalar va ularning amal qilish mexanizmi




Download 80,18 Kb.
bet10/10
Sana16.05.2024
Hajmi80,18 Kb.
#238616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Iqtisodiy kategoriyalar va ularning amal qilish mexanizmi-hozir.org

Umumiylashtirish iqtisodiy printsiplar iqtisodiyot fani yoki iqtisodiy munosabatlarga oid umumlashgan tushunchalardir. Iqtisodiy printsiplarni muayyan iste’molchilar yoki ishlab chiqaruvchilar to’g’risidagi yondashuv deb qabul qilish mumkin.
Xulosa
Davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida milliy valyutamizning joriy operatsiyalar bo’yicha ayirboshlanishini amalga oshirish uchun respublikamizda zarur shart-sharoit mavjud emas edi. O’tgan yigirma ikki yil davomida esa aynan shu shart-sharoitni yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti IslomKarimovning mamlakatimizni2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ham bunga to’xtalib o’tilgan: “Biz oddiybir haqiqatni doimo esda tutishimiz darkor. Ya’ni, sarmoyasiz taraqqiyot yo‘q, ishlab chiqarishni va umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.


2013-yilda moliya sohasini rivojlantirish va investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida mamlakatimizda 13 milliard dollar qiymatidagi kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi, bu 2012-yilga nisbatan 11,3 foizga ko‘pdir. O‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar umumiy hajmining deyarli yarmini, ya’ni 47 foizini xususiy investitsiyalar – korxonalar va aholining shaxsiy mablag‘lari tashkil etgani alohida e’tiborga loyiqdir.
Jalb etilayotgan investitsiyalarning asosiy qismi – 70 foizdan ortig‘i, birinchi navbatda, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurishga yo‘naltirildi, eng yangi zamonaviy uskunalar xarid qilishga sarflangan investitsiyalar ulushi esa qariyb 40 foizni tashkil etdi.
Umuman olganda, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritish va moliyalashtirish hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizdan iborat bo‘ldi”
Jahon tajribasidan malumki, ko’pgina mamlakatlar bozor munosabatlari ma’lum darajada shakllanib, iqtisodiyotning rivojlanishi muayyan bosqichga etganidagini milliy valyuta konvertatsiyasiga erishishgan. Ushbu davlatlarda amalga oshirilgan barcha islohotlar asosida, shu jumladan, tashqi iqtisodiy aloqalarda ham o’z mamlakati manfaatlari ko’zda tutilgan. Agarda ulardagi islohotlar jarayoni hamda XVF Nizomining 8-moddasini qabul qilish vaqtiga e’tibor qaratsak, ushbu fikrimiz yana bir bor o’z tasdig’ini topadi.
Bundan tashqari, so’mning almashuv kursini barqaror ravishda saqlab turilishi respublikamizning valyuta, pul va moliya bozorlarini mustaxkamlaydi, inflyatsion jarayonlarni hamda valyuta kursi bilan boq’liq xavf-xatarni kamaytiradi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarini yuritish, soliqlar, bojxona hamda boshqa to’lovlarni amalga oshirish jarayonini engillashtiradi.
Shuni ham alohida ta’kidlab o’tish joizki, valyuta rejimining erkinlashtirilishi nafaqat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga, balki aholi uchun ham xorijiy valyutalarga bo’lgan ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirishga keng imkoniyatlar ochib beradi.
Shu bilan birga, valyuta siyosatini erkinlashtirish iqtisodiyotning eksportga yo’naltirilgan tarmoqlarini raq’batlantirishda muxim turtki bo’ladi. Bu esa o’z navbatida, iqtisodiyotning an’anaviy va yangi tarmoqlarida markazlashmagan eksport hajmining oshishiga, kichik va o’rta byuiznes korxonalarining tashqi bozordagi faoliyati jadallashuviga hamda xalqaro bozor konúyunkturasiga moslashib borishiga va oxir-oqibat ularning mamlakat YAIMdagi salmoq’ining ortishiga olib keladi.
Nihoyat milliy ishlab chiqaruvchilar, xususan, xalq istemoli mollari, oziq-ovqat va engil sanoat korxonalarining yanada samarali faoliyat ko’rsatishi uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi. Bunday korxonalarda ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan va xorijdan keltiriladigan xomashyo hamda ehtiyot qismlarni import qilish uchunvalyutamablaq’larinierkinsotibolishimkoniyatiyanadakengayadi. Buesaichkibozornio’zimizdaishlabchiqariladigansifatliiste’molmahsulotlaribilanto’ldirishgaolibkeladi.
Birso’zbilanaytganda, valyutarejiminingerkinlashtirilishiO’zbekistonningxalqaroiqtisodiyhamjamiyatdaginufuziniyanadaoshirish, mamlakatimizdagiinvestitsionmuhitniyaxshilash, mahalliyvaxorijiyinvestitsiyalarniraq’batlantirish, iqtisodiyotimizningeksportsalohiyatinioshirishhamdamaxalliyishlabchiqaruvchilarniraq’batlantirishorqaliiqtisodiyotimizgasalmoqliijobiyta’sirko’rsatadi.
So‘m davlatimizning Bayroq, Gerb, Madhiya kabi ramzlari qatori milliy iftixorimiz timsollaridandir. So‘m biz uchun nafaqat to‘lov vositasi, balki xalqimizning boy tarixi, qadriyatlari, buyuk bunyodkorlik salohiyatini o‘zida aks ettirgan ma’naviy vosita sifatida ham qadrlidir. Samarqanddagi Registon maydoni, Tillakori, Sherdor madrasalari, Go‘ri Amir maqbarasi, Buxorodagi Chashmai Ayyub ansambli kabi tarixiy obidalar, poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri, “Istiqlol” san’at saroyi, shuningdek, shavkatli sohibqiron bobomiz Amir Temurga o‘rnatilgan muazzam haykal tasviri tushirilgan kupuralar nafaqat mamlakatimizning iqtisodiy qudrati, balki xalqimiz ma’naviy salohiyatining yanada yuksalishiga ham xizmat qilmoqda. Qo‘liga o‘zbek so‘mini olgan har bir yurtdoshimizning qalbida unda aks etgan tasvirlar ta’sirida Vatani, bunyodkor xalqi, ajdodlar merosi bilan faxr-iftixor tuyg‘ulari jo‘sh urishi shubhasiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: “O’zbekiston”, 2003


2. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. –T.: “Adolat”, 2012
3. O’zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to’g’risida”gi Qonuni.
//Xalq so’zi, 1997 yil 29 avgust
4. O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida”gi Qonuni. //Soliqlar
va bojxona xabarlari, 2000 yil 14 dekabr
5. O’zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to’g’risida”gi Qonuni. //Xalq
so’zi, 2006 yil 21 sentyab
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi “O’zbekiston
Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va
Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi 1675-sonli Qarori
7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi “O’zbekiston
Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va
Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi 1449-sonli Qarori
8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi “O’zbekiston
Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va
Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi 1245-sonli Qarori
9. Karimov I.A. “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan
yil bo’ladi”. –T.: “O’zbekiston”, 2012
10. Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. –
T.: “O’zbekiston”, 2011
11. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.:
“O’zbekiston”, 2011
12. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “O’zbekiston
mustaqillikka erishish ostonasida” kitobini o’rganish bo’yicha o’quv-uslubiy
qo’llanma. –T.: “O’qituvchi”, 2011
13. Soliqqa oid qonun hujjatlaridagi yangiliklar. –T.: “NORMA”, 2012
14. Vahobov A., Jo’raev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. –T: “Sharq”, 2009
15. Malikov T., Vahobov D. Moliya. O’quv qo’llanma. –T.: “IQTISOD-
MOLIYA”, 2010
16. O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining mustaqillik
yillaridagi (1990-2010 yillari) asosiy tendentsiya va ko’rsatkichlari hamda
2011 -2015 yillarga mo’ljallangan prognozlari: statistik to’plam. –T.:
“O’zbekiston”, 2011
17. Gadoev E. Bilvosita soliqlar: qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i. –T.:
“NORMA”, 2011
18. Jo’raev A., Toshmatov Sh., Abduraxmonov O. Soliqlar va soliqqa tortish.
O’quv qo’llanma, –T.: “NORMA”, 2009.
19. Toshmurodova B. Soliq munosabatlarini optimallashtirish. –T.: “IQTISOD-
MOLIYA”, 2009.
20. Zavalishina I.A. Soliqlar: nazariya va amaliyot. – T.: “Iqtisodiyot va huquq
dunyosi” nashriyot uyi, 2007
21. Almardonov M., Kuzieva N. Soliqlar va soliqqa tortish. –T.: “IQTISOD-
MOLIYA”, 2007
22. Vahobov A. Byudjet-soliq siyosati yaxlitligi. //O’quv qo’llanma. -T.:
“IQTISOD-MOLIYA”. 2005
23. Jo’raev A. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo’llari.
Monogorafiya. – T.: “Fan nashriyoti”, 2004
24. Yahyoev Q. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. //O’quv qo’llanma. -T.:
2003
25. Kosov M. Nalogooblojenie predprinimatelskoy deyatelnosti. Teoriya i
praktika. –M.: “YuNITI”, 2012
26. Golishcheva L. Nalogooblojenie: planirovanie, analiz, kontrol. –M.: “Knorus”,
2012
27. Kozirin A. Nalogovie protseduri. –M.: “Norma”, 2011
28. Kramarenko L., Kosov M. Nalogi i nalogooblojenie. –M.: “YuNITI”, 2011

1 А.Раззоқов, Ш.Тошматов, Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002, 40-бет.



2 А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002, 42-бет.



3 А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002., 89-90-бет.



4 А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002, 147-149-бет.





http://hozir.org
Download 80,18 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 80,18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiy kategoriyalar va ularning amal qilish mexanizmi

Download 80,18 Kb.