d. tovarlar va xizmatlar sifatiga salbiy ta’sir etmaydigan, barcha turdagi
resurslarni tejash imkonini beruvchi zamonaviy turdagi texnika va
texnologiyalardan foydalanishi kabilar.
Texnik taraqqiyotining barcha bosqichlari (oddiy kooperatsiya,
manufaktura, mashinali ishlab chiqarish) oxirgi 250-300 yilga tо‘g‘ri keladi,
ya’ni, tovar xо‘jaligining rivojlanish davriga teng keladi. Bu esa, kо‘pgina
iqtisodchilarning jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy tizimlarga bо‘lib
о‘rganishni boshlashiga sabab bо‘ldi.
Ijtimoiy rivojlanish bosqichlarini tushunish va ularni davrlashtirishga
bо‘lgan barcha yondashuvlar orasida eng keng tarqalgani - iqtisodiy tizimlar
nuqtai nazaridan yondashuv edi.
Iqtisodiy tizim ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol
qilishning iqtisodiy jarayonlari, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari, mulkiy
munosabatlar va iqtisodiy jarayonlarga ta’sir qilishning iqtisodiy mexanizmidir.
Iqtisodiyot
nazariysida
iqtisodiy
tizimlar
iqtisodiy
tizimning
maqsadlariga, ishlab chiqarish vositalariga egalik shakllariga kо‘ra, xо‘jalik
yuritish shakllari bо‘yicha, iqtisodiy faoliyatni tartibga solish usullari kabi
mezonlarga kо‘ra tasniflanadi. Neoklassik yondashuv vakillari iqtisodiy
tizimlarning quyidagi modellarini ajratadilar: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy-
buyruqbozlikka asoslangan yoki rejali iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti (3.1-rasm).