IQTISODIY TIZIMLAR VA ULARNING MODELLARI
Iskandarov Bekzod Abdijalilovich
SamISI, “Iqtisodiyot nazariyasi”
kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqola jahon amaliyotida iqtisodiyot nazariyasini
o‘rganish, iqtisodiyot tizimlarning rivojlanish bosqichlarini tahlil etish,
iqtisodiy
tizimlar va ularning modellari
muallif tomonidan o’rganilgan hamda fikr-
mulohazalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiy tizimlar, klassik va
neoklassik,
iqtisodiy sektor, iqtisodiy tizim modellari.
ECONOMIC SYSTEMS AND THEIR MODELS
Iskandarov Bekzod Abdizhalilovich
senior teacher of department
“Economic theory”, SamIES
Abstract:
This article examines the
theory of economics in world
practice, analyzes the stages of development of economic systems, economic
systems and their models are studied by the author, and comments are presented.
Key words:
economic theory, economic systems,
classical and
neoclassical, economic sector, economic system models.
Insoniyat tarixi – bu ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning sodda - bir quyi
bosqichidan keyingi, tarixiy taraqqiyotning
yuqori bosqichiga bosqichma-
bosqich о‘tishi tarixidir. Ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishning turli bosqichlari uchun
maxsus iqtisodiy tizimlar mos keladi. Kishilik jamiyatining rivojlanish
bosqichlarini va har bir bosqichga xos bо‘lgan iqtisodiy tizimlarning umumiy
xususiyatlarini о‘rganish iqtisodiy jarayonlar va ularning rivojlanish sabablarini
tushunishda muhim ahamiyatga ega.
________________________________________________________________
"Экономика и социум" №6(121) 2024 www.iupr.ru
Ijtimoiy rivojlanish bosqichlarini tushunishda
turlicha yondashuvlar
mavjud bо‘lib, ularning asosiylari: о‘zgaruvchan iqtisodiy tizimlar nuqtai
nazaridan: formatsion, sivilizatsion(taraqqiyot), texnologik yondashuvlardir.
Formatsion yondoshuvni idrok etish – bu ijtimoiy rivojlanish
bosqichlarini bilishni insoniyat tarixini ishlab chiqarish
usullari yoki ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyalarga bо‘lishdan kelib chiqadi va ular quyidagilarga
bо‘linadi:
-
ibtidoiy jamoa;
-
quldorlik;
-
feodal,
-
kapitalistik;
-
sotsialistik.