MUSTAQIL ISHNI TAYYoRLASH VA BAJARISH TARTIBI
Mustaqil ishni yozish, o’rganilayotgan ob’ekt bo’yicha qonunlarni, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari hamda iqtisodiy adabiyotlar, mahsus monografiyalarni to’plashdan va o’rganishdan boshlanadi. SHuningdek, o’rganilayotgan savollar bo’yicha chet el adabiyotlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Mustaqil ishning birorta savolini chet el tajribasiga bog’lash ishning nufuzini oshiradi.
Mavzu bo’yicha adabiyotlar talabalar tomonidan tanlanadi. SHu bilan birga talabalar o’rganilayotgan ob’ektning rivojlanish jarayoni va undagi o’zgarishlarni tahlil qilish uchun kerakli ma’lumotlarni yig’ishni, ularni tahlil qilishni hamda hulosa va takliflarni asoslashni bilishlari lozim.
Kerakli ma’lumotlar manbalari bo’lib, nashr qilingan statistik to’plamlar, O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi, vazirliklar, ilmiy - tadqiqot institutlari tomonidan to’plangan ma’lumotlar hamda birlashma, korxona, firma va tashkilotlarning hisobot materiallari hisoblanadi.
Yig’ilgan materiallar, ma’lumotlar va adabiyotlarni o’rganib chiqish savollarni aniqlashga va uning asosida mustaqil ish rejasini tuzishga imkon beradi. Reja o’qituvchi tomonidan ko’rib chiqilishi va tasdiqlanishi lozim.
Mustaqil ishni 4-5 savoldan iborat bo’lib, mavzuning eng muhim holatini yoritishi lozim.
Mustaqil ishni bajarish jarayoni rahbar tomonidan muntazam nazorat ostida bo’lishi lozim.
MUSTAQIL ISHNING MAZMUNI
Mustaqil ishning mazmuni «Iqtisodiy xavfsizlik» fani bo’yicha taqdim etilgan biron - bir mavzuga mos kelishi lozim. Qo’yilgan savollar mamlakat iqtisodiyotini turli tahdidlardan himoya qilish, jamiyat hayot faoliyatining bir qancha sohalarida kechadigan jarayonlarni, shu jumladan korruptsiya va xufyona iqtisodiyot bilan bog’liq bo’lgan masalalarni o’rganish va tartibga solishni o’z ichiga olishi kerak.
Unda asosiy e’tibor milliy manfaatlarni himoya qilish, mamlakatda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, real sektor korxonalarini qo’llab – quvvatlash, aholini turmush darajasini pasayib ketishini oldini olishga qaratilishi lozim.
Mustaqil ish mazmuni tanlab olingan mavzudan qat’iy nazar, quyidagilarni o’z ichiga olgan bo’lishi lozim:
mustaqil ishni kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari, nazariy va uslubiy asoslari, tarkibiy tuzilishi bayon etiladi.
mustaqil ishning nazariy qismi o’rganilayotgan mavzuning nazariy jihatlari yoritilib, ob’ektning ijtimoiy-iqtisodiy tavsifi, uning o’rni va ahamiyati, rivojlanishi va tarkib topish tarixi o’rganiladi;
ishning amaliy yoki tahliliy qismida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning rivojlanish holati tahlil qilinib, rivojlanishdagi muvaffaqiyatlar va kamchiliklar aniqlanadi. Bu qism mustaqil ishning muhim va ahamiyatli qismi hisoblanib, talabadan iqtisodiy tahlil usullarini bilishga, amalga oshirilayotgan jarayonlarni baholash qobiliyatiga ega bo’lishni talab etadi.
mustaqil ishning yakuniy qismida talaba o’rganilayotgan ob’ektning rivojlanish dinamikasi, tarkibiy o’zgarishlarni tahlil qilishni bilishi, iqtisodiy tahlil qilish jarayonida ob’ektda amalga oshirilayotgan o’zgarishlardan to’g’ri hulosalar chiqarishi, takliflarini bayon qilish, hamda kelajakdagi rivojlanishiga to’g’ri baho bera olishi lozim.
mustaqil ishning xulosa va takliflar qismida, talaba bajarilgan ishning natijalarini qisqacha bayon qilishi, ya’ni asosiy xolatni tavsiflashi va shu asosda xulosa va takliflarini bayon qilishi kerak.
SHunday qilib, mustaqil ishni tarkiban: kirish, mavzuning mohiyatini ifodalovchi 5-6 ta savol, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lishi lozim.
Ishda kerakli ko’rsatkichlar asosida jadvallar, diagrammalar keltirilib, hisob-kitoblar amalga oshirilishi zarur.
|