|
Firmada tavakkalchilikni olchash usullari va chetlanishni aniqlash
|
bet | 4/6 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 288,75 Kb. | | #120798 |
Bog'liq kurs ishi yangi2. Firmada tavakkalchilikni olchash usullari va chetlanishni aniqlash Masalan, firma yangi mahsulot ishlab chiqarmoqchi, agar firmaning yangi mahsuloti bozorda muvaffaqiyatga erishsa, har bir aksiyani 10000so`mdan sotish mumkin, agar muvaffaqiyatga erishmasa, bir aksiya uchun 1000 so`m olinadi. Firma mahsulotining bozorda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 0,6 ga teng bo`lsa, kutiladigan dividend qiymati quyidagicha aniqlanadi:
E(x)=0.6*10000+0.4*1000=6400so`m/aksiya.
Chetlanish2 - bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o`rtasidagi farq bo`lib, u tavakkalchilikdan (yo`qotishdan) darak beradi. Ushbu farq qancha katta bo`lsa yo`qotish, ya′ni tavakkalchilik ham shuncha yuqoribo`ladi. Faraz qilaylik tadbirkorning bir oylik soliq to`lovi 400 ming so`m, soliq to`lashdan qochganlik uchun jarima 10 000 ming so`m. Agar soliq inspeksiyasining yashirgan soliqni aniqlash ehtimoli 1/5 bo`lsa, tadbirkor uchun natijaning kutiladigan qiymati:
E (x) = 4/5 × 400 - 1/5 × 10 000 = 320 - 2000 = - 1 680 ming so`m.
Demak, soliqdan qochish tadbirkorga foyda keltirishdan ko`ra zararli ekan.Noaniq holat natijalarining mumkin bo`lgan chegaralari –o`zgaruvchanlik deb ataladi. Faraz qilaylik talaba o`qishdan keyin qo`shimcha ish izlayapti. Uning uchun ikkita variant mavjud. Birinchisi, firmada sotish bo`yicha menedjer bo`lib ishlash, unda sotilgan mahsulotdan % shaklida maosh oladi. Agar tovar aylanmasi yaxshi bo`lsa, oyiga 1 500 ming so`m, yomon holatda esa 800 ming so`m maosh olish ehtimoli bor. Sotish hajmini yaxshi yoki yomon bo`lish ehtimoli 1/2.Ikkinchi variant firma adminstrasiyasida qat'iy belgilangan oklad
bo`yicha maosh olish. Bunda maosh miqdori 900 ming so`m, ammo shtat
qisqarib, talaba ishsiz qolishi va bo`shaganda 700 ming so`m kompensasiya olishi mumkin (ehtimoli 10 %). Quyidagi 1-jadvalda mumkin bo`lgan natijalar va ularning ehtimoli keltirilgan.
1-jadval
Bunda ikkala ish joyidan olinishi kutiladigan daromad miqdori:
Birinchi variantda: E(x) = 0,5×1 500 + 0,5 × 800 = 1 150 ming so`m;
Ikkinchi variantda: E(x) = 0,9× 900 + 0,1 × 700 = 880 ming so`m.Ikkala ish joyi uchun ham mumkin bo`lgan natijalarningo`zgaruvchanligi har xil. Ushbu o`zgaruvchanlikka ko`ra tavakkalchilikni tahlil qilish va uning katta yoki kichikligi to`g`risida gapirish mumkin. Bunday mezonga ko`ra, haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o`rtasidagi farq (u musbat yoki manfiy bo`lishidan qat′iy nazar) qancha katta bo`lsa, bunday chetlanish shuncha katta tavakkalchilik bilan bog`liq ekanligidan darak beradi. Amaliyotda chetlanishni o`lchash uchun bir-biridan farq qiladigan ikkita mezon ishlatiladi. Birinchisi, dispersiya bo`lib, u haqiqiy natijadan kutiladigan natijani ayrilganining o`rtacha o`lchovi miqdori kvadratigateng ya’ni:
Ushbu formuladan foydalanib quyidagi jadvalda ikkita daromad manbai uchun haqiqiy natijalarning kutiladigan natijlardan chetlanishinitopamiz(2-jadval)
Ko`rinib turibdiki, har ikkala variant dispersiyalari keskin farq qiladi. Agar bu dispersiyalarni kvadrat ildizdan chiqarsak standart (o`rtacha kvadrat) chetlanish hosil bo`ladi.
Standart chetlanish (o`rtacha kvadratik chetlanish ham deyiladi), bu dispersiyadan olingan kvadrat ildizga teng, ya′ni: bu yerda -standart chetlanish
Bu shundan darak beradiki, birinchi variantda ikkinchi variantga nisbatan tavakkalchilik (risk) yuqori. Ikkala mezon ham bu yerda bir hil vazifani bajaradi, gap ularning qaysi biri foydalanishda o`ng`ayligida. Ko`rinib turibdiki ikkala holda ham ikkinchi ish joyi birinchiga qaraganda kamroq tavakkalchilikka (yo`qotishga) ega.
Yuqoridagi misoldan ko`rdikki, kim tavakkalchilikka borishga moyil bo`lmasa, ikkinchi ish joyiga boradi, nima uchun deganda bu ish joyida kutiladigan daromad kamroq tavakkalchilak bilan bog`liq. Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bo`yicha uch turga bo`linadi: tavakalchilikga borishga moyil, tavakkalchilikga borishga qarshi, ya′ni moyil emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar.
Tavakkalchilikga qarshi bo`lgan inson deganda shunday inson tushuniladiki, kutiladigan daromad berilganda, u tavakkal chilik bilan bog`liq natijalarga nisbatan, kafolatlangan natijani ustun ko `radi. Agar tavakkalchilikga qarshi insonni iste′molchi deb qarasak va u oladigan daromadiga iste′mol tovarlar majmuasini sotib olib, uni iste′mol qilishdan ma′lum darajada naf oladi deb faraz qilsak, biz iste′molchining tavakkalchilik bilan bog`liq daromadining naflik darajasi bilan qanday bog`liq ekanligini ko`rishimiz mumkin
1-rasm tavakkalchilikka moyil bolmagan holat
Tavakkalchilikka qarshi inson daromadi past darajadagi chekli naflikka ega ekanligini ko`ramiz. Rasmdan ko`rish mumkinki, har bir birlik qo`shimcha daromadga to`g`ri keladigan qo`shimcha naflik daromad oshishi bilan kamayib bormoqda. Masalan, 20-30 ming so`mlik daromadoralig`idagi har ming so`m daromadga 0,8 birlik naf to`g`ri kelsa, 40-70ming so`mlik oralig`ida daromadga 0,13 naf birligi to`g`ri kelyapti. Chekli naflikni kamayishi insonlarda tavakkalchilakka salbiy munosabatini kuchaytiradi. Shuning uchun ham tavakkalchilikga borishga moyillikning yo`qligi ko`pchilik insonlarga xosdir. Tavakkalchilik ular uchun og`irsinovdek hisoblanadi va ular ma′lum kompensatsiya bo`lgandagina tavakkalchilikka borishi mumkin.Tavakkalchilikka befarq qaraydigan inson shunday inson hisoblanadiki, kutiladigan daromad berilganda, u kafolatlangan natija bilan tavakkalchilik bilan bog`liq natijalarni tanlashga befarq qaraydi. Tavakkalchilikka neytral qaraydigan inson uchun o`rtacha foyda muhim hisoblanadi.O`rtacha qiymatga nisbatan cheklanishlar bir-biri bilan qisqarib, umumiy chetlanishlar nolga teng bo`lgani uchun ham ushbu chetlanishlar uni qiziqtirmaydi. Tavakkalchilikka befarqlik koordinata boshidanchiqadigan to`g`ri chiziq sifatida ifodalanishi mumkin (2-rasm).Daromadning bir tekisda o`zgarishi umumiy naflikni to`g`ri chiziq
bo`yicha o`sishga olib keladi. Tavakkalchilikka moyil bo`lgan inson, shunday inson hisoblanadiki, kutiladigan daromad berilganda u kafolatlangan natijaga ko`ra tavakkalchilik bilan bog`liq natijani ustun ko`radi.
2-rasm tavakkalchilikka befarqlik
Tavakkalchilikka qiziqadigan inson undan bahra oladi. Bunday turdagi insonlarga o`z taqdirini sinab ko`rishdan bahramand bo`lish uchun barqaror daromaddan voz kecha oladigan insonlar kiradi. Ular yutish ehtimoliga yuqori baho berib yuboradilar. Tavakkalchilikka moyillik grafigi keskin sur′atda ortib borayotgan parabola grafigi orqali ifodalanishi mumkin (3-rasm).
3-rasm tavakkalchilikka moyillik
Hayotda va umuman barcha bozor sub′ektlari tavakkalchilikni e′tiborga oladi. Ko`chalardagi, bozorlardagi har xil firibgarlar tavakkalchilikka moyil insonlar hisobidan boylik orttirsa, sug `urta kompaniyalari tavakkalchilikka moyil bo`lmagan insonlarni yo`qotishlarini kamaytirishga xizmat qiladilar. Tavakkalchilikdagi xavf darajasini aniqlash, uning oldini olish yo‘llarini izlab topish va oqibatida yuz berishi mumkin bo‘lgan zararlarni pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga oid faoliyatni tavakkalchilikni boshqarish tizimi deb ataladi.
Tadbirkorning tavakkalchilikni boshqarish doirasidagi faoliyati o‘z subyektining daromadligiga tahdid soluvchi tavakkalchiliklarning ta’siridan himoya qilishga yo‘naltirilgan.
Tavakkalchilikni oo‘ilona boshqarish subyektning uzoq muddatli istio‘bolda muvaffao‘iyatga erishish imkoniyatini oshiradi, uning moliyaviy holatining yomonlashish xavfini bir muncha bo‘lsada kamaytiradi.
Tadbirkor uchun paydo bo‘ladigan tavakkalchilikni taxminiy bilish zarurdir, lekin buning o‘zi yetarli emas. Muhimi, tavakkalchilikning aniq turi korxona faoliyatiga o‘anday ta’sir ko‘rsatayotganligi va qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aniqlab, uni to‘g‘ri baholay bilish va shundan so‘ng subyektining iqtisodiy samaradorligiga ta’sirini hisoblab topishdir. Tavakalchilikni boshqarish bir-birini to‘ldirib boruvchi bir nechta bosqichlardan iborat bo‘ladi (13-chizmaga qarang).
Tavakkalchilikni boshqarishda eng avvalo yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uning turlari aniqlanadi, ular tahlil etiladi va zararning kutiladigan darajasi hisoblanadi. Keyingi bosqichda uning oldini olish, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni pasaytirish yoki sug‘urtalash tadbirlari ishlab chiqiladi va uni boshqarish usullari tanlanadi. Oxirgi bosqichda esa ko‘rilgan zararlarni qoplash, oqibatlarini tahlil etish va bartaraf qilish choralari ko‘riladi.
Umuman olganda, tavakkalchilikni boshqarish tadbirkorga resurslardan yanada oqilona foydalanish, javobgarlikni taqsimlash, firma faoliyatining natijalarini yaxshilash va tavakkalchilikning ta’siridan xavfsizligini ta’minlash imkonini yaratiladi.
|
| |