|
TAVAKKALCHILIKNI PASAYTIRISH
|
bet | 5/6 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 288,75 Kb. | | #120798 |
Bog'liq kurs ishi yangi3.TAVAKKALCHILIKNI PASAYTIRISH
Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, sug`urtalash, tavakkalchilikni birlashtirish, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash, fyuchers, opsion, xedjerlash va boshqalar.Diversifikatsiya3 usulida tavakkalchilik bir necha tovarlarga taqsimlanadi, ya′ni biror tovarni sotish (sotib olish) yuqori tavakkalchilikbilan bog`liq bo`lishi boshqa bir tovarni sotishdan (sotib olishdan) bo`ladigan tavakkalchilikni kamaytirishga olib keladi.Masalan, biror firma ikki xil mahsulot ishlab chiqaradi. Ma′lumki, bir vaqtning o`zida ikkala mahsulot turiga bo`lgan talabning kamayib ketishehtimoli, ulardan bittasiga bo`lgan talabni kamayib ketish ehtimolidan yuqori. Ko`p hollarda bir turdagi mahsulotga bo`lgan talab kamayganda ikkinchi turdagi mahsulotga bo`lgan talab oshadi. quyidagi 3-jadvalda ikki turdagi mahsulotdan olinadigan daromadlar keltirilgan.
Firma o`z ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilib yoz oyida ikkinchi tur tovar hisobidan yo`qotadigan daromadini birinchi tur tovarni ko`proq sotish hisobidan qoplaydi. Xuddi shunday qish faslidagi yo`qotishlarikkinchi tovar hisobidan qoplanadi. Ko`rinib turibdiki firmadiversifikatsiya yo`li bilan tavakkalchilikni kamaytirdi. Lekin, diversifikatsiya tavakkalchilikni to`liq yo`qotmaydi, u faqat kamaytiradi xolos.
Tavakkalchiliklarni qo`shish - ushbu usul tasodifiy yo`qotishlarni o`zgarmas xarajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishgaqaratilgan. Ma′lumki, mulkning o`g`irlanishi, shaxsning kasal bo`lib ishgachiqmasligi, tabiiy ofatlarning bo`lishi tasodifiy bo`lib ular juda kattaxarajatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu noxush hodisalarning oqibatlarinikamaytirishda sug`urtaning ahamiyati katta.
O`zbekistonda ham hozirgi vaqtda ko`pgina insonlar o`z hayotlarini, mulkini sug`urtalaydilar. Sug`urta ishlarini yo`lga qo`yish uchunrespublikada maxsus qonunlar ishlab chiqilgan va bir qator davlat vanodavlat sug`urtalash firmalari faoliyat ko`rsatmoqda.Sug`urtalashda tavakkalchilikni qo`shish samaradorligi shu bilan belgilanadiki, sug`urtalangan shaxslarning tavakkalchiligi bir-biriga
bog`liq bo`lmasligi kerak.
Tavakkalchilikni taqsimlash - ushbu usulga ko`ra zarar ko`rishehtimoli bilan bog`liq bo`lgan tavakkalchilik bilan qatnashuvchi sub′ektlaro`rtasida shunday taqsimlanadiki, oqibatda har bir sub′ektning kutiladiganyo`qotishi nisbatan kichik bo`ladi.
Ushbu usuldan foydalangan holda yirik moliya kompaniyalari kattamasshtabdagi loyihalarni va ilmiy izlanishlarni tavakkalchilikdan qo`rqmasdan moliyalashtiradilar.Axborot bilan ta′minlash ham tavakkalchilikni kamaytiradi. Nima uchun deganda, axborotning yetishmasligi noto`g`ri qaror qabul qilishga olib keladi. Hozirgi vaqtda axborot asosiy taqchil resurslardan biri bo`lib, uni olish uchun haq to`lash kerak, ya′ni axborot olish xarajat bilan bog`liq,
ba′zi axborotlar nihoyatda qimmat turadi. Shuning uchun ham kerakli bo`lgan axborotdan qancha olish kerak deganda, uning chekli xarajati bilan chekli nafini solishtirib ko`rish kerak bo`ladi.Asimmetrik axborotlashgan bozor. Asimmetrik axborot - bu shunday holatki, bozordagi bozor sub′ektlari o`rtasida bo`ladigan savdosotiqda ularning bir qismi kerakli, muhim axborotga ega, qolgan qismi esa
ega emas.
Bozordagi tovarlarni taqsimlanishi optimal bo`lishi tovarlar narxi va tovar to`g`risida qanchalik to`g`ri axborot berishi bilan bog`liq. Raqobatlashgan bozorni qaraganimizda biz axborotni simmetrik ravishda taqsimlangan, ya′ni sotuvchilar va sotib oluvchilar axborot bilan to`liq ta′minlangan, deb faraz qilgan edik. Bunday holatda narxlar sotiladigan ne′matlarning alternativ xarajatlari to`g`risida to`liq axborot beradi. Aniq va to`liq axborotning bo`lishi bozordagi ne′matlarning optimal taqsimlanishiga yordam beradi. Lekin, bozorda ahvol butunlay boshqacha. Sotuvchilar o`z tovarlari sifatini yaxshi bilsada, ushbu axborotni xaridordan yashiradi. Xuddi shunday xaridorlar ham o`zlarining bozordagi hatti-harakatlarini yashirib, har xil yo`l bilan savdo-sotiqda bir tomonlama yutuqqa erishishga harakat qiladi. Bozor narxi o`zida juda ko`p axbortni mujassamlashtiradi. Ushbu axborotni bozor qatnashchilari qancha to`liq bilsa, savdo-sotiq ikki tomon uchun shuncha samarali bo `ladi, ya′ni ikki tomon ham maksimal foyda ko`radi. Yuqoridagidan kelib chiqib aytish
mumkinki, bozorda axborotlar asimmetrik (to`liq) bo`lmaganligi uchun bozor mexanizmi ham etarli darajada mukammal emas.
Bozor iqtisodiyoti shakllangan dastlabki davrlarda ―iste'molchi ehtiyot chorasini ko`rsin (caveat venditor)‖ qoidasi amalda bo`lgan. Ya'ni sotuvchilar tovarning faqat sifati bilan bog`liq cheklangan xarakteristikasiga javob bergan. Hozirgi kunda ―sotuvchi ehtiyot chorasini ko`rsin (caveat emptor)‖ qoidasi kirib keldi, ya'ni sotuvchi tovarning sifatsizligi yoki xaridorga yetkazgan moddiy va ma'naviy zarari uchun tovon puli to`lashi kerak Mahsulot sifati noaniqligi. Faraz qilaylik, bozorda foydalanilgan avtomobillar sotiladi. Mashinaning holati (sifati) o`rtacha holatdan yuqori bo`lsa yaxshi avtomobil, past bo`lsa - yomon avtomobil (ushbu masalani 1970 yilda birinchi bo`lib amerikalik olim A.Akerlof o`rgangan). Yaxshi avtomobillarning narxini sotuvchilar 5000 doll. va iste'molchilar 5600 doll. baholaydilar. Holati o`rtadan past avtomobillar narxini esa mos ravishda 3000 va 3500 dollarga. Agar bozorda ikkala kategoriyadagi avtomobillar soni bir-biriga teng bo`lsa, avtomobilning o`rtacha narxi 4000 doll. bo`ladi. Ushbu holatda yaxshi avtomobilni ham, yomon avtomobilni ham sotib olish ehtimoli 50 foizga teng.Biroq sotuvchilar o`zlarining avtomobili sifatini yaxshiroq biladi, xaridorlar bunday axborotga ega emaslar. Yaxshi mashina sotuvchilarni 4000 doll. narx qanoatlantirmaydi. Yomon mashina sotuvchilarni esa 4000 doll. narx qanoatlantiradi va bu narx ular kutgan narxdan ancha yuqori.
Bozorda asimmetrik axborot bo`lgan sharoitda avtomobil bozoridagi narx avtomobil sifati to`g`risida to`liq axborotni bermaydi, natijada bozordagi savdo-sotiqlarni noratsional bo`lishiga olib keladi. Yaxshi avtomobil egalari o`z avtomobillarini 4000 dollarda sotishdan voz kechadilar. Oqibatda yaxshi avtomobillar taklifi kamayadi. Yomon avtomobillar narxi yuqori bo`lgani uchun, ularning taklifi oshadi. Bunday holatda yaxshi avtomobil olish ehtimoli 50 foizdan nolga tushib ketadiSug`urtalash bozori. Sug`urtalash bozorida ham avtomobillar bozoridagi holatni kuzatish mumkin. Sug`urta qilinadigan shaxs o`ziningsug`urta ob′ekti to`g`risida sug`urtalovchiga qaraganda ko`proq axborotgaega. Shuning uchun ham, bu yerda zaifroq, sog`ligi yaxshi bo`lmagan shaxslar ko`proq sug`urta kompaniyasi xizmatidan foydalanishga harakat qiladilar. Ushbu holat sug`urta kompaniyalarini sug`urta narxini oshishiga
olib keladi va yuqori sug`urta narxi o`z navbatida sog`ligi yaxshi bo`lgan shaxslarni sug`urtalashga bormasligini kuchaytiradi.Ma′naviy tavakkalchilik (yo`qotish) - yo`qotishlar sug`urta kompaniyasi tomonidan to`liq qoplanishiga ishonib vujudga kelishi mumkin bo`lgan yo`qotishlar ehtimolini ongli ravishda oshirishga intiluvchi shaxslarning hatti-harakati.Insonlar o`z hayotini, mulkini sug`urtalagandan keyin, o`zining hayotiga, mulkining saqlanishiga ko`pincha befarq qaray boshlaydilar. Ular sug`urtalashgacha qilinadigan ehtiyot-choralarni bajarmay qo`yadilar. Bunday holat tavakkalchilikni kuchaytiradi va inson o`zini sug`urta qilgan voqea-hodisalarning sodir bo`lish ehtimolini oshishiga olib keladi.Ba′zi bir nopok insonlar yuqori sug`urta haqi olish maqsadida, ongli ravishda o`zining eski uyini yoqadi, mulkini yaroqsiz holatga keltiradi va hatto o`z qarindoshlarini o`ldirishgacha boradilar.Ma′naviy yo`qotishlarni quyidagi yo`llar orqali kamaytirish mumkin:sug`urtalanadigan shaxslarni yaxshiroq tekshirish, mijozlarni yo`qotishlari bo`yicha klassifikatsiya qilish asosida sug`urta badalini differentsiatsiyalash (ya′ni, yo`qotishi yuqori bo`lgan shaxs uchun yuqori sug`urta badali belgilash);yuqori yo`qotishga ega bo`ladigan shaxslar bilan sug`urta shartnomasini tuzmaslik (narkomanlar, spirtli ichimlik ichib avtomobil haydaydigan shaxslar);yo`qotishni qisman qoplash sharti bilan sug`urtalash.
Bozordagi asimmetrik axborotlarni yo`qotish yo`llari.Bozor signallari. Bozorda sotiladigan tovar to`g`risida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning nomi to `g`risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obro`i, tovar sifati va kafolati to`g`risidagi axborotlar bozor signallari bo`lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi. Masalan, siz sotib olmoqchi bo`lgan tovar siz bilgan, sifatli mahsulot ishlab chiqaradigan firmaningmahsuloti bo`lsa, siz mahsulotni yo`qotishsiz sotib olasiz.Auksionlar. Auksionlar ham axborotlardagi asimmetriyani yo`qotadigan bozor hisoblanadi. Noyob san′at namunasiga, tez buziladigan mahsulotlarga (sabzavot, meva, baliq) narxlar sotish vaqtida o`rnatiladi. Auksionlarning asosan ikki turi mavjud: Ingliz va Golland Auksionlari.Ingliz auksioni - bu auksionda stavka pastdan yuqoriga qarab oshib boradi va bu oshish taklif qilingan maksimal narxda tovar sotilguncha davom etadi. Ushbu auksionda asosan san′at namunalari, zebu-ziynatlar va hokazolar sotiladi.Golland auksionida stavkalar yuqoridan pastga qarab, toki tovar minimal mumkin bo`lgan narxda sotilgunga qadar tushib boradi. Ushbu auksionda vaqt muhim ahamiyatga ega, nima uchun deganda auksionda asosan tez buziladigan tovarlar sotiladi: gullar, sabzavotlar, mevalar, baliq va hokazolar sotiladi.
Golland auksionida minimal mumkin bo`lgan narx - birinchi e′lon qilingan narxning 20 foizi hisoblanadi. Agar tovar ushbu narxda ham sotilmasa, u sotuvdan olinadi.
Yopiq auksion - bu auksionda qatnashuvchilar bir-biriga bog`liq bo`lmagan holda tovar uchun stavkalar qo `yadi va tovar kim ko`p stavka qo`ygan bo`lsa, unga beriladi.Hozirgi vaqtda iste′molchi huquqini himoya qiluvchi qonunlar ishlab chiqilgan. Bu qonunga ko`ra iste′molchi sotib olingan tovardan foydalanishi davomida ko`rgan jismoniy hamda ma′naviy yo`qotishlarini qoplashni sotuvchidan talab qilishga haqi bor. Lekin, iste′molchi huquqini himoya qilishda ob′ektiv chegara bo`lishi lozim. Rivojlangan davlatlarda iste′molchining yo`qotishini qoplash sotib olingan tovar qiymatining uch barobaridan oshmasligi kerak.Ma′lumki, iste′molchi huquqini himoya qilish sotiladigan tovar va ko`rsatiladigan xizmat to`g`risida to`liq axborotga ega bo`lishni taqozo qiladi. Lekin, bunday axborotni olish mumkinmi, degan savol tug `iladi. Bu yerda iste′molchilar jamiyati va ommaviy axborot vositalari (gazeta, radio, televidenie), qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari muhim
rol o`ynaydi. Axborot berishda firmalarning o`zi ham katta rol o`ynaydilar. Lekin, axborot uchun haq to`lash kerak.Ma′lumki, axborotlarning juda katta qismi reklama shaklida keladi. Lekin, reklamalar to`g`ri axborot beradimi yoki yo`qmi uni aniqlash qiyin. Shuning uchun ham bu yerda asosiy mezon mahsulot sifati bilan uning narxi o`rtasidagi nisbatning optimal bo`lishidadir. Ma′lumki, mahsulot sifatining oshishi, uning narxini oshiradi.Olib sotarlik va uning iqtisodiyotdagi o`rni. Olib sotarlik (savdogarlar) deganda, foyda olish maqsadida biror tovarni sotib olib, uni yuqori narxda sotish faoliyati tushuniladi. Olib sotarlar bozor sharoitida muhim rol o`ynaydilar, ular ortiqcha tovarni sotib olib, qaerda unga talab ko`p bo`lsa, o`sha yerga etkazib beradilar. Bu o`z navbatida tovarga bo`lgan narxni butun fazo bo`yicha ma′lum darajada tekis bo`lishini ta`minlaydi. Savdogarlar iste′molni vaqt bo`yicha siljishini ta′minlaydilar. Ular qishloq xo`jalik mahsulotlarini yoz faslida sotib olib , qish faslida sotadi, yoki serhosil yilda sotib olib, qurg`oqchilik kelgan yilda sotadilar. Ushbu holat iste′molni mo`l-ko`lchilik vaqtidan tovarlar cheklangan vaqtga ko`chiradi va shu bilan narxlarning tekislashuvini ta′minlaydilar.Savdogarlar bo`lmaganda, serhosil va hosildorlik yaxshi bo`lmagan yillarda talab D va taklif S1bo`lganda, muvozanat holat E1nuqtada o`rnatilgan bo`lar edi (4- a) va b) -rasmlar).
a.serhosil yil b.serhosil bo’lmagan yil
Savdogarlar serhosil yilda mahsulot sotish hajmini dan ga qisqartirib, muvozanat narxni dan ga ko`taradi. Shu bilan birga jamg`arilgan mahsulot zahirasi hosildor bo`lmagan yildagi taklifni Q1dan Q2 ga oshirib, muvozanat narxni P1dan P2ga tushiradi. Shunday qilib, savdogarlar iste′molni serhosil yildan hosil kam bo`lgan yilga siljitib narxni tekislaydilar. Savdogarlargina qishloq xo`jaligidagi mavsumiy tebranishlarni tekislashga yordam beradilar. Savdogarlar tavakkalchilikka
bormaydiganlardan yo`qotishlarni sotib olib, foyda olish maqsadida o`zlari tavakkalchilikka boradilar.
Tavakkalchilikni pasaytirshda fyucherslar, opsion va xedjirlashtirishlar ham muhim rol o`ynaydilar.
Fyucherslar - bu oldindan belgilangan narxlarda ma′lum miqdordagi tovarlarni kelajakda ma′lum kunda etkazish uchun tuzilgan muddatli shartnoma.
Fyuchers bozori yordamida qishloq xo`jalik mahsulotlari, kofe,
shakar va boshqa tovarlar sotiladi. Fyuchers bozori yordamida ishbilarmon ma′lum miqdordagi tovarni bugungi narxda kelajakda ma′lum muddatga qo`yish uchun shartnoma tuzadi.
Opsion yoki mukofotga ko`ra savdo-sotiq - bu Fyuchersning bir turi bo`lib, unga ko`ra bir tomon komission to`lov asosida biror tovarni kelajakda sotib olish yoki sotish huquqini oldindan kelishilgan narxda sotib oladi. Shuni aytish kerakki, Fyuchers ham, opsion ham tovarlar narxini vaqt bo`yicha tekislashga yordam beradi.
Xedjirlashtirish - bu operatsiya bo`lib, unga ko`ra fyucherslar bozori va opsionlar bozori yordamida bir tavakkalchilik boshqa bir tavakkalchilik bilan qoplanadi. Ushbu operatsiyaning mohiyati shundan iboratki, narxlar o`zgarishi bilan bog`liq tavakkalchilik (yo`qotishlar) savdogar zimmasiga yuklatiladi.
Shunday qilib, savdogarchilikning ahamiyati shundaki, ular axborotlarni axborot egalaridan olib axborotga muxtoj bo`lganlarga yetkazadilar.
Korxona qancha katta kapitalga egalik qilsa, ishlab chiqarish samaradorligi, rentabellik darajasi va joriy aktivlar likvidligi yuqori bo‘lsa, uning tavakkalchilikka ta’siri shuncha kam bo‘ladi va tadbirkor tavakkalchilik vaziyatlarida qo‘rqmasdan masalalarni hal qilishi mumkin.
Tavakkalchilikni baholash har bir tadbirkorning aql-idrokiga bog‘liq. Konservativ toifadagi tadbirkorlar, odatda, yangiliklarga ko‘p intilmasdan, mumkin bo‘lgan har qanday tavakkalchilikdan o‘ochishga harakat qiladilar. Boshqa toifadagi tadbirkorlar esa, agar tavakkalchilik me’yor darajasida bo‘lib, uni baholash va oldini olish yoki oqibatlarini pasaytirish mumkin bo‘lsa, tavakkal qilish yo‘lini tanlaydilar. Ko‘pchilik mutaxassislar fikriga ko‘ra, tavakkalchilikka bormasdan biznesda muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi.
Tavakkalchilikni boshqalarga o‘tkazish yoki tavakkalchilik transferti – tadbirkorlik tavakkalchiligini kamaytirishning yana bir usuli hisoblanadi. Bunda tavakkalchilik xatarlari shartnoma asosida ikkinchi bir yuridik shaxs zimmasiga o‘tkaziladi.
Tavakkalchilikni boshqalarga o‘Tavakkalchilikni boshqalarga o‘tkazishning ikki tomon uchun ham foydali sabablari mavjud:
Tavakkalchilikni o‘ziga olishda ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarning miqdori tavakkalchilikni o‘tkazishdagiga nisbatan ko‘p bo‘lishi mumkin.
Tavakkalchilik o‘tkaziladigan tashqi subyekt xatarlarni kamaytirishning samarali usullarini bilishi va ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Tavakkalchilikni o‘tkazuvchi ma’lum to‘lov evaziga ehtimol tutilgan zararlardan o‘zini himoyalashga erishsa, tavakkalchilikni oluvchi o‘tkazuvchilar badali hisobidan daromad ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tavakkalchilikni o‘tkazishning quyidagi shakllari uchraydi:
urilish shartnomalari – bunday shartnomani tuzish orqali tadbirkor turli obyektlarni qurish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tavakkalchilikni qurilish firmasining bo‘yniga o‘tkazadi.
Yuklarni asrash va jo‘natish shartnomasini imzolash orqali tadbirkor mahsulotlarni tashish va asrash davrida yuz berishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar va buzilishlar bo‘yicha xatarin ma’lum to‘lov evaziga transport kompaniyasining zimmasiga o‘tkazadi.
Sotish, xizmat ko‘rsatish va ta’minlash shartnomasi tadbirkorga tovar va xizmatlarni tarqatish bilan bog‘liq tavakkalchilik xatarlarini distribyutorlar zimmasiga o‘tkazish orqali, ehtimol tutilgan yo‘qotishlarni kamaytirishga imkon yaratadi. Bu yo‘l bilan subyekt iste’molchi sifatida asosiy vositalar va asbob-uskunalarning buzilishi, ishdan chiqishi xatarlarini kafolat muddati davomida ularni ishlab chiqargan yoki sotgan kompaniyaning zimmasiga o‘tkazadi.
Ijara – tavakkalchilikni o‘tkazishning keng qo‘llaniladigan usullaridan biri. Keyingi paytlarda keng tarqalayotgan ijara turlaridan biri moliyaviy ijara yoki lizingdir. Ijaraga beruvchi o‘z mulkini ma’lum bir davr oralig‘iga ijaraga berib, uning saqlanishi va ishlatilishi bilan bog‘liq tavakkalchilikni ijaraga oluvchining zimmasiga o‘tkazadi.
5. Faktoring – debitor qarz majburiyatini faktor vositachiga o‘tkazayotgan subyektning qarz undirish tavakkalchiligini kamaytirish maqsadida tuziladigan shartnomadir. Subyektlar o‘rtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari muammosi paydo bo‘lganda, ya’ni tovar-moddiy qiymatliklarni jo‘natgan subyekt xaridordan mahsulot haqini o‘z muddatida undirolmasa yoki bunday qarzlar shubhali, ularni undirish ehtimoli kam bo‘lsa faktoring vositasida qarzni undirish amaliyoti qo‘llaniladi.
Faktoringda vositachi korxona (odatda bank) qarz bergan subyektdan ma’lum bir komission to‘lov evaziga qarzdordan mablag‘ni undirish huquqini qo‘lga kiritadi. Faktoring shartnomasi tuzilishi bilan subyekt undirolmay turgan qarzning aksariyat qismini faktoring subyektidan (yoki bankdan) oladi. So‘ngra faktoring korxonasi qarzdor korxonaga qarzni undirish bo‘yicha da’vo qo‘zg‘atadi.
Faktoringning afzalligi shundaki, u noto‘lovlar muammosini qisman bo‘lsada yechishga imkon beradi.
6. Subyektning faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchilikni o‘tkazish-ning eng samarali usullaridan biri – sug‘urtadir. Sug‘urtalashda subyektning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy faoliyati yoki tabiiy omillar ta’sirida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarninng tavakkalchiligi ma’lum haq to‘lash evaziga, shartnoma asosida sug‘urta kompaniyasining zimmasiga o‘tkaziladi. Tavakkalchilikning biror turi natijasida subyekt zarar ko‘rsa, zararning katta qismi sug‘urta shartnomasiga asosan sug‘urta kompaniyasi tomonidan o‘oplanadi.
kreditorlik qarzlari muammosi paydo bo‘lganda, ya’ni tovar-moddiy qiymatliklarni jo‘natgan subyekt xaridordan mahsulot haqini o‘z muddatida undirolmasa yoki bunday qarzlar shubhali, ularni undirish ehtimoli kam bo‘lsa faktoring vositasida qarzni undirish amaliyoti qo‘llaniladi.
Faktoringda vositachi korxona (odatda bank) qarz bergan subyektdan ma’lum bir komission to‘lov evaziga qarzdordan mablag‘ni undirish huquqini qo‘lga kiritadi. Faktoring shartnomasi tuzilishi bilan subyekt undirolmay turgan qarzning aksariyat qismini faktoring subyektidan (yoki bankdan) oladi. So‘ngra faktoring korxonasi qarzdor korxonaga qarzni undirish bo‘yicha da’vo qo‘zg‘atadi.
Faktoringning afzalligi shundaki, u noto‘lovlar muammosini qisman bo‘lsada yechishga imkon beradi.
6. Subyektning faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchilikni o‘tkazish-ning eng samarali usullaridan biri – sug‘urtadir. Sug‘urtalashda subyektning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy faoliyati yoki tabiiy omillar ta’sirida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarninng tavakkalchiligi ma’lum haq to‘lash evaziga, shartnoma asosida sug‘urta kompaniyasining zimmasiga o‘tkaziladi. Tavakkalchilikning biror turi natijasida subyekt zarar ko‘rsa, zararning katta qismi sug‘urta shartnomasiga asosan sug‘urta kompaniyasi tomonidan qoplanadi.
XULOSA
Kelajakka taalluqli har qanday harakat noaniq natijaga ega. Noaniqlik sharoitida iste'molchilar tomonidan ham, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham sotuvchi va xaridorlar sifatida qaror qabul qilishga to`g`ri keladi va bu qabul qilingan qarorlar albatta, ma'lum darajadagi risklar (tavakkalchilik) bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Noaniqlik cheklangan resurslarni samarasiz taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni yo`qotishga olib keladi.
Tadbirkorlikka yoki daromad olish uchun tikilgan kapitalningqiymati kelgusida undan olinadigan daromad qiymatiga bog`liq ekan, demak u noaniqlik va risk (tavakkalchilik) bilan b o`langan ekan.
Risk (tavakkalchilik) – bu har qanday usul bilan baholangan ehtimollik, noaniqlik esa baholab b o`lmaydigan holat.Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to`liq axborot bo`lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to`g`risida axborot to`liq bo`lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya′ni ma′lum yo`qotishlarga olib keladi. Ushbu yo`qotishlar
tavakkalchilikni bildiradi. Tavakkalchilikni o`lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog`liq. Ehtimol ikki turga bo`linadi: matematik, ya′ni oldindan aniqlashmumkin bo`lgan ehtimol va statistik ehtimol.
Kutiladigan miqdor - bu mumkin bo`lgan barcha natijalarning o`rtacha o`lchangan qiymatlari. Chetlanish - bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o`rtasidagi farq bo`lib, u tavakkalchilikdan (yo`qotishdan) darak beradi.Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bo`yicha uch turga bo`linadi: tavakalchilikga borishga moyil, tavakkalchilikga borishga qarshi, ya′ni moyil emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar.Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, sug`urtalash, tavakkalchilikni birlashtirish, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash, fyuchers, opsion, xedjerlash va boshqalar.
Bozorda sotiladigan tovar to`g`risida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning nomi to`g`risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obro`i, tovar sifati va kafolati to`g`risidagi axborotlar bozor signallari bo`lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi.
Biz rus lug’atida qabul qilingan «Risk»-so’zini «tavakkalchilik» deb tarjima qildik. Bu terminga yana ekvivalent o’zbek tilida «qaltislik» va «risk»ning o’zini ishlatish kerak degan fikrlar bor. Chunki «Tavakkalchilik» so’zi «Risk»ni to’la mazmunini o’zbek tilida ifodalay olmaydi. Kelajak o’zbek tilida qaysi so’zni tanlashni ko’rsatib berar. «Vaziyat» tushunchasi u yoki bu faoliyat uchun imkoniyat yaratuvchi turli holat va shart-sharoitlar jamlamasining birikuvi deb tarif berish mumkin. Bunday holda vaziyat mazkur faoliyatini amalga oshirish uchun imkoniyat yaratish yoki unga to’sqinlik qilishi mumkin.
Shuni qayd etish lozim-ki, tavakkalchilik vaziyati sifat jihatdan noaniqlik (mavhumlik) vaziyatidan keskin farq qiladi.
Noaniqlik vaziyati-amalda o’rnatish imkoni bo’lmagan hodisa va qarorlar natijalarini hosil bo’lish ehtimoliyatidir.
Shunday qilib, tavakkalchilik vaziyatini aniqlanishi mumkin bo’lgan va amalga oshuvchi hodisalar ehtimoliyatidagi noaniqliklar xilma-xilligi deb tarif berish mumkin.
Ya’ni bu holda taxminan sheriklarning ishlab chiqarishdagi hamkorligidagi faoliyati, raqiblarni qarshi harakati, iqtisodiyot taraqqiyotiga tabiiy muhitning ta’siri, ishlab chiqarishga ilmiy texnik yutuqlarni joriy etish natijasida paydo bo’luvchi hodisalar ehtimolini ob’ektiv baholash imkoniyati mavjud bo’ladi.
Tavakkalchiliik vaziyatlardan «chiqish uchun», sub’ekt tanlov o’tkazadi va uni amalga oshirishga harakat qiladi. Tavakkalchilik tushunchasini anglash aynan shu jarayonda o’z ifodasini topadi. Sub’ektning faoliyat rejasi esa bu jarayon tavakkalchilik tushunchasini anglashda o’z ifodasini topadi. Amalga oshirishga harakat qilish uchun qaror tanlovi bosqichida bo’lganidek, amalga oshirish bosqichida ham mavjud bo’ladi.
Bu va boshqa hollarda tavakkalchilik aniq ziddiyatlarni noaniq vaziyatda rivojidagi qarama-qarshi intilishlari orqali amaliy yechimini topish usuli bilan sub’ekt tomonidan noaniqliklarni olish modelini ifodalaydi. Tavakkalchilik-bu omadsizlik holatida vaqtincha tanlovga qadar bo’lgan holdan ham yomon vaziyatda bo’lish imkoniyati mavjud bo’lganida tanlov sharoitida amalga oshiriluvchi faoliyat (hatti-harakat)dir. Bu tarifda omadsizlik xavf-xatar holati bilan bir qatorda, alternativlik (muqobillik) kabi xislat ham ishtirok etadi.
|
| |