|
Iqtisodiyot” fakulteti moliya va buxgalteriya hisobi kafedrasi mmt21-s-01(D) guruh talabasi Davronova Feruzahon “5+1” tartibidagi malakaviy amaliyot bo`yicha yozgan hisoboti korxona (tashkilot, muassasa) nomi: «orient partners sement»
|
bet | 1/2 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #242883 |
Bog'liq Davronova Feruzahon
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT” FAKULTETI
Moliya va buxgalteriya hisobi kafedrasi
MMT21-S-01(D) guruh talabasi Davronova Feruzahon
“5+1” tartibidagi malakaviy amaliyot bo`yicha yozgan
HISOBOTI
Korxona (tashkilot, muassasa) nomi: «ORIENT PARTNERS SEMENT» MChJ
Amaliyot rahbari: Berdaliyev X.
Toshkent-2024
MUNDARIJA
KIRISH...........................................…………………………….................3
1. «ORIENT PARTNERS SEMENT» MChJ faoliyati haqida..........4
2. «ORIENT PARTNERS SEMENT» MChJ “Buxgalteriya hisobi va moliya” bo`limidagi shaxsiy faoliyatim haqida........…………..…....6
XULOSA(Amaliyot haqidagi fikrim)...........…….................…...............7
KIRISH
Toshkent shahrida qiymati 170 mln dollarlik sement zavodi qurilishi boshlangandi. 2021 yil zavod ishga tushgach, yiliga 1 million tonna sifatli sement ishlab chiqariladi.
«ORIENT PARTNERS SEMENT» MChJ Janubiy Koreyaning NCG Engineerring Co. Ltd. kompaniyasi bilan hamkorlikda qiladi.
Korxona mahsulotlari ichki bozor talbalarini to‘ldildirish bilan birga xorijga ham eksport qilinadi. Korxonada 600 dan ortiq mahalliy aholining bandligi ta’minlanadi. Nafaqat Toshkent shahri, balki, mamlakatimiz iqtisodiyotida alohida o‘rin tutishi kutilayotgan sement zavodi 2021 yilda foydalanishga topshirildi.
1. «ORIENT PARTNERS SEMENT» MChJ faoliyati haqida
«ORIENT PARTNERS SEMENT» MChJ — katta xom ashyo zaxirasiga ega. «ORIENT PARTNERS SEMENT» MChJ loyihaning umumiy qiymati 170 million dollarni tashkil etadi. Sement zavodida yiliga 1,5 millon tonna sifatli portland sement ishlab chiqariladi. Sherobod sement zavodida 600 ta mahalliy aholi ish bilan taʼminlangan.
«ORIENT PARTNERS SEMENT» MChJ yillik ishlab chiqarish salmogʻi 1.5 mln tonna. Qish mavsumida gaz va tok taqchilligi tufayli sement zavodi toʻliq kuch bilan ishlay olmaydi. Elektr toki yetarlicha boʻlgan vaqtlarda zavod toʻliq kuch bilan ishlaydo va soatiga 6.000 kilovatt energiya ishlab chiqara oladi. «ORIENT PARTNERS SEMENT» MChJ Markaziy Toshkent-500 stansiyasidan soatiga 20-25.000 kilovatt elektr energiyasini olib kelmoqda. Zavodning yangi energoblogi ishga tushsa tashqaridan olinadigan elektr energiyasi miqdori 14-19.000 kilovatgacha kamayishi mumkin. Buning natijasida eletr energiyasi 30%gacha tejalishi mumkin. Buning natijasida zavod 60.000.000 soʻmgacha elektr energiyasining oʻzidan tejab qoladi. «ORIENT PARTNERS SEMENT» MChJda qurilayotgan energoblok balandligi 50 metr va eni 32 metrni tashkil qiladi. «ORIENT PARTNERS SEMENT» MChJda eng zamonaviy va ilgʻor texniklardan, fan yutuqlaridan oʻrinli tarzda foydalanish mumkin. «ORIENT PARTNERS SEMENT» MChJ toʻliq Yevropa standartlariga javob bera oladigan Markaziy osiyodagi sement zavodlaridan biri xisoblanadi«ORIENT PARTNERS SEMENT» MChJda chiqadigan mahsulot nafaqat ichki bozorda balki qoʻshni Afgʻonistonga ham eksport qilinadi.
Hozirda «ORIENT PARTNERS SEMENT» MChJda ishlatilgan gazdan elektr energiyasi olinmoqda.
«ORIENT PARTNERS SEMENT» MChJda ikkilamchi chiqindi issiqlik gazidan elektr energiyasi olinishi yoʻlga qoʻyildi.
Yillik ishlab chiqarish quvvati yiliga 1,5 mln tonnani tashkil etadigan mazkur zavoddagi ushbu yangilik 2021-yilning dekabr oyining boshida amalga oshirilgan edi. Qish mavsumida gaz bosimining pastligi bois zavoddagi elektr energiya ishlab chiqaruvchi energoblok toʻla quvvat bilan ishlay olmadi. Markaziy Osiyodagi sement zavodlari orasida faqat «ORIENT PARTNERS SEMENT» MChJ mavjud boʻlgan ushbu energoblokning bir tomoni dekabr oyida ishga tushirilgan edi. Kuni kecha esa ushbu energoblokning ikkinchi tomoni ishga tushirildi.
- Gaz bosimining yuqori boʻlishi bilan mazkur energoblok toʻla quvvat bilan ishlay boshlaydi. Natijada soatiga 6 ming kilovat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Zavod ayni paytda Markaziy Toshkent-500 podstansiyasidan soatiga 20-25 ming kilovatt elektr energiyasini oladi. Yangi energoblok ishga tushishi bilan bu tashqaridan olinadigan elektr energiyasi miqdori 14-19 ming kilovatgacha kamayishiga olib keladi. Bundan koʻrinib turibdiki, natijada isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi 30% foizgacha tejaladi. Bu oʻz-oʻzidan sement zavodida yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilishiga sabab boʻladi. Sutkasiga hisoblaydigan boʻlsak elektr energiya hisobidan 60 mln soʻmdan oshiq mablagʻ tejash imkonini beradi, deydi biz bilan suhbatda zavod bosh energetigi Temur Xolnazarov. Ishlab chiqarilayotgan sementning tannarxi ham kamayadi. Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi doimiy mijozlarga ham arzon narxda mahsulot yetkazib beriladi.
Mazkur energoblok obyektining boʻyi 50 m va eni 32 metrli uch qavatli binoda joylashgan asosiy uskunalar hamda tashqarida aylanuvchi pech atrofida joylashgan 2 ta qozonlardan tashkil topgan. Binoda ixcham holda zamonaviy texnologilar asosida suvni kimyoviy tozalash va bunda suvning yuqori tejamkorligida ishlovchi qayta foydalanish yopiq suv tizimi mavjud.
«ORIENT PARTNERS SEMENT» MChJ zamonaviy va ilgʻor texnik, fan yutuqlarini oʻzida jamlagan boʻlib, mavjud zamonaviy, Yevropa standartlariga mos boʻlgan texnologik uskunalar atrof-muhitga zarar yetkazmaslikni taʼminlaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Iqtisodiyot” fakulteti moliya va buxgalteriya hisobi kafedrasi mmt21-s-01(D) guruh talabasi Davronova Feruzahon “5+1” tartibidagi malakaviy amaliyot bo`yicha yozgan hisoboti korxona (tashkilot, muassasa) nomi: «orient partners sement»
|